Referat mavzu: Korxonalarida asosiy fondlarni modernizatsiyalash asosida


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/11
Sana13.12.2022
Hajmi0.5 Mb.
#999723
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2-MUSTAQIL ISH.docx

Texnik to'xtashlar asbob-uskunalarning buzilishi, texnik nosozligi, avariyaga 
uchrashi natijasida rejadan tashqari ular to'xtashi hisoblanadi. 
Texnologik to'xtashlarga texnologik ohimni tozalashdagi tanaffuslar
texnologik oqim va transport uskunalaridagi tiqilishlardagi to'xtashlar hisoblanadi. 
Ko'pincha, paxtaning navi qanchalik yuqori bo'lsa, tolaning paxtadan chiqishi 
ham oshib boradi. Paxtaning namligi qancha yuqori bo'lsa, uning metall bilan 
ishqalanish koeffitsienti oshib boradi va bu ko'rsatkich uskunaning unumdorligiga 
salbiy ta'sir ko'rsatadi. Paxtaning ifloslik darajasi qancha ko'p bo'lsa, asbob-
uskunalarda tiqilish orqali to'xtab turish ko'payadi. 
Tashkiliy to'xtashlarga xom-ashyo elektro-energiya yetishmasligi, asbob- 
uskunalar yuklanish darajasining to'g'ri tashkil etilmaganligi sababli asosiy oqimning 
to'xtab turishidir. 


20
Paxta tolasining mashina (yoki arra) soatda ishlab chiqarilishi miqdori jin 
uskunasidan foydalanish intensivligini ifodalaydi. 
Ishlab chiqarish intensivligini oshirish korxona ishlab chiqarish quvvatidan 
oqilona foydalanishning eng muhim amali hisoblanadi. 
Paxta tozalash korxonalarida asbob-uskunalardan intensiv foydalanishni 
oshirish imkoniyatlariga jin bo'lishi ishlab chiqarish quvvati bilan boshqa bo'limlar ish 
quvvati o'rtasidagi yuklanishning muvofiq kelmasligini bartaraf etish, sermehnat 
jarayonlarni mexanizatsiyalashtirish, asbob-uskunalar holatini yaxshilash va mehnatni 
tashkil etishni takomillashtirish sanaladi. 
Har bo'limlardagi o'rnatilgan asbob-uskunalarning yuklanishi o'rtasidagi tafovut 
jin mashinasi unumdorligiga salbiy ta'sir qiladi. Ko'p hollarda bu kabi tafovut ishlab 
chiqarishga paxta xom-ashyosini uzatishda ro'y beradi. 
Asbob-uskunalar unumdorligini oshirish tadbirlarini amalga oshirish paxta 
tolasi va boshqa qo'shimcha mahsulotlar sifatining doimiy oshib borishini ta'minlash 
bilan uyg'un ravishda bo'lmog'i lozim. Ushbu paxta tozalash korxonalari texnologik 
jarayonini 
takomillashtirish, 
texnologik 
asbob-uskunalar 
asosiy 
qismlari 
konstruktsiyasini yaxshilash paxta xom-ashyosini qurilish va tozalash hamda tola 
tozalash uskunalarining zamonaviy turlarini yaratish orqali erishiladi. Shunday qilib, 
paxta tozalash korxonalari ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishni yaxshilash 
quyidagilar orqali erishiladi. 
• asbob-uskunalarni modernizatsiyalash va yangilash; 
• texnologiyalarni takomillashtirish; 
• xom-ashyo va elektroenergiya bilan to'liq ta'minlash; 
• ishlab chiqarishga me'yor darajasidagi namlik va ifloslikka ega bo'lgan xom- 
ashyoni uzatish; 
• doimiy ravishda reja-ogohlantirish ta'mirlash ishlarni tashkil etish va to'g'ri arra 
xo'jaligi ishini tashkil etish; 
• texnik iqtisodiy rejalashtirish va boshqaruvni takomillashtirish; 
• ishlab chiqarishni tashkil etishga keng miqyosda ilg'or ilmiy ishlab chiqarishni 
usullarini qo'llash ishchilar va muxandis-texnik xodimlar malakasini oshirish. 


21
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 
https://www.google.com/search?q=Korxonalarida+asosiy+fondlarni+modernizatsi
yalash+asosida+mehnatning+fond+bilan+qurollanish+holatini+yaxshilash+yo%E
2%80%98llari&oq=Korxonalarida+asosiy+fondlarni+modernizatsiyalash+asosida
+mehnatning+fond+bilan+qurollanish+holatini+yaxshilash+yo%E2%80%98llari
&aqs=chrome..69i57j69i59.3774j0j7&sourceid=chrome&ie=UTF-8
 
https://fayllar.org/sanoat-korxonalarida-asosiy-fondlarni-modernizatsiyalash-
asosi.html
 

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling