Referat mavzu: Korxonalarida asosiy fondlarni modernizatsiyalash asosida
Download 0.5 Mb. Pdf ko'rish
|
2-MUSTAQIL ISH.docx
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishlab chiqarish quvvatining mohiyati va hisoblash usullari
К = F xV
k e bu yerda: Ek - kapital qo'yilmalarni tej ash, so'm; F e - hisobot yilida mahsulot fond sig'imining o'tgan yildagiga nisbatan o'zgarishi, so'm. Korxona asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanishni yaxshilashning asosiy yo'nalishlari sifatida quyidagilarni ko'rsatish mumkin: • smena davomida uskunalar bekor turib qolishini qisqartirish va uning oldini olish; • uskunalarning smenalik koeffitsientini oshirish; • bekor turuvchi uskunalarni qisqartirish va tugatish; • ta'mirlash va profilaktika tadbirlarini o'z vaqtida va sifatli ravishda amalga oshirish; • uskunalarni ekspluatatsiya qiluvchi xodimlarning malakasini oshirish; • ishlab chiqarishni tashkil etishni va resurslar bilan ta'minlashni yaxshilash. 15 Ishlab chiqarish quvvatining mohiyati va hisoblash usullari Asosiy ishlab chiqarish fondlari hajmi va ulardan foydalanish darajasi korxonaning ishlab chiqarish quvvati kattaligini belgilaydi. U ishlab chiqarish dasturini asoslashda katta rol' o'ynaydi hamda korxonaning belgilangan nomenklatura va sifatli mahsulot ishlab chiqarish bo'yicha potentsial imkoniyatlarini tavsiflaydi. Bundan kelib chiqadiki, ishlab chiqarish quvvati - bu, ma'lum bir vaqt davomida ilg'or texnologiyalardan foydalanish, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil qilishning ilg'or sharoitlarida ishlab chiqarish mumkin bo'lgan mahsulotlarning maksimal darajasidir. U qoidaga ko'ra, ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmining natural ko'rinishda, ushbu korxonaning ixtisoslashganligi va mahsulotning alohida turlari o'rtasidagi o'zaro nisbatiga ko'ra aniqlanadi. Paxta tozalash korxonalari ishlab chiqarish quvvati tayyorlanadigan paxta xom ashyosi miqdori, foydalai ish vaqti va asosiy uskuna sanalgan jin mashinalari soni bog'liq bo'ladi. Taqvimiy yil mobaynida ikki hosil yilida yetishtirilgan paxta qayta ishlanishi munosabati bilan paxta tozalash korxonasining bir yillik ish davri ikkita ekspluatatsiya davriga bo'linadi. Ana shu ikki davr orasidagi vaqt ekspluatatsiya qilinmaydigan davr bo'ladi. Ekspluatatsiya davrining uzunligi asosan, paxta tozalash korxonasi hududida yetishtiriladigan paxtaning hajmiga va uskunaning ish rejimiga bog'liq. 64 Birinchi ekspluatatsiya davri uchun mahsulot ishlab chiqarish hajmi o'tgan yildan qolgan paxtaning miqdoriga belgilanadi, paxta zavodidagi mavjud uskunalardan foydalanish darajasi ham anna shunga qarab belgilanadi. Yangi paxta hosili tayyorlanadigan ikkinchi ekspluatatsiya davrida esa, aksincha, uskunalardan foydalanishdarajasiga qarab ishlanadigan paxta hajmi belgilanadi. Uskunalardan foydalanish rejasini tuzishda jinlarning texnik jihatdan asoslangan ish unumi me'yori asosiy ko'rsatkich bo'lib xizmat qiladi. Korxonaning ishlab chiqarish quvvati ilg'or (asosiy) tsexlar quvvati bilan, sexlar quvvati bosh uchastkalar quvvati bilan, uchastkalar quvvati esa bosh uskunalar 16 quvvatiga asosan aniqlanadi. Korxona ishlab chiqarish quvvati kattaligini belgilab beruvchi ko'rsatkichlar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: ✓ uskunalar tarkibi va turlar bo' yicha soni; ✓ uskuna, agregat va dastgohlardan foydalanishning texnik-iqtisodiy norma (normativ) lari; ✓ uskunalarning ishlash vaqti fondi; ✓ ishchilar soni; ✓ ishlab chiqarilayotgan mahsulot nomenklaturasi va assortimenti (turlari va xilma-xilligi). Korxona ishlab chiqarish quvvatining boshlang'ich (yil boshida), yakuniy (yil oxirida), o'rtacha yillik hamda loyiha quvvati turlari mavjud. Loyiha quvvati qurilish loyihasida ko'zda tutilgan bo'ladi. Qayta tiklash, kengaytirish va texnik jihatdan qayta qurollantirish davomida loyiha quvvati kattalashtirilishi mumkin. Shu sababli amaliyotda loyiha quvvati ko'pincha korxonaning amaldagi quvvati bilan solishtiriladi. Korxonaning amaldagi quvvati korxona ishlab chiqarish dasturini tayyorlash uchun asos bo'lib xizmat qiladi. Korxona ishlab chiqarish quvvatini aniqlashda zahiradagi uskunalardan tashqari, barcha o'rnatilgan uskunalar hisobga olinadi. Ba'zi bir sexlarda (yig'uv, quyuv va boshqa sexlarda) ishlab chiqarish quvvati ishlab chiqarish maydonlariga asosan hisoblanadi. Ishlab chiqarish quvvatini aniqlashda mahsulot birligiga sarflanuvchi vaqt normasi yoki har bir uskunaning unumdorlik normalari muhim ahamiyatga ega bo'lib, ular ilg'or hamda progressiv bo'lishi talab qilinadi. Korxona bosh bo'g'inining (asosiy tsexining) ishlab chiqarish quvvati quyidagi formula asosida hisoblanadi: n x F M = M m bu yerda: M - sex yoki uchaskaning qabul qilingan o'lchov birligidagi ishlab chiqarish quvvati; n - sex yoki uchastkadagi a k s 17 ilg'or uskunalar soni; F maks - bosh uskunadan foydalanish mumkin bo'lgan maksimal muddat, soat; Mm - bosh uskunada mahsulot tayyorlashning progressiv mehnat sig'imi, soat. Amaliyotda ishlab chiqarish quvvati va uskunalarning yuklanishini hisob- lashda ba'zida xatolar, ular o'rtasidagi farqni sezmaslik hollari ham uchrab turadi. Korxona quvvati asosiy ishlab chiqarish fondlari, yangi texnika va aniqlangan zahiralardan foydalangan holda mahsulot ishlab chiqarish mumkin bo'lgan maksimal darajani tavsiflaydi, uskunalarning yuklanishni hisoblash natijalari esa, ushbu quvvatlardan rejadagi davrda foydalanishning darajasini aniqlaydi. Ishlab chiqarish dasturining korxonada mavjud bo'lgan quvvatlarga mos kelishini aniqlash uchun, o'rtacha yillik ishlab chiqarish quvvati hisoblab topiladi. Uni hisoblash uchun quyidagi formuladan foydalaniladi: л j , , M v x n 1 M t x n 2 M . ., = M + — v --------- 1 ---- l ----- 2 ory n 12 12 bu yerda: M o y yil - korxonaning o'rtacha yillik quvvati; Mn - korxonaning yil boshidagi quvvati; M v - yil mobaynida kiritiluvchi quvvati; Ml - yil davomida ishlab chiqarishdan chiqariluvchi (yo'q qilinuvchi) quvvat; n1, n2 - ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirishdan yoki tugatilgan ishlab chiqarish quvvatlari yo'q qilingandan to yil oxirigacha o'tgan to'liq oylar soni. Asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanishni yaxshilash bilan bog'liq bo'lgan mazkur chora-tadbirlar, ko'pincha ishlab chiqarish quvvatlari balansini tuzish yo'li bilan amalga oshirilib, korxonaning ishlab chiqarish quvvatlari va ularni ta'minlash manbalariga bo'lgan ehtiyoji aniqlanadi. Paxta tozalash korxonalarida quvvatni hisoblashda asosiy uskuna sifatida jin uskunasi olinadi. Asosiy ishlab chiqarish bo'limi sanalgan jin bo'limida o'rnatilgan 18 asbob-uskunalar ishi rejasini tuzishda quyidagi boshlang'ich ma'lumotlardan foydalaniladi: ■ Km - o'rnatilgan jinlar soni; ■ T ch - tola me'yoriy chiqishi (ushbu ko'rsatkich paxtaning selektsion navi, paxta yetishtiriladigan hududni hisobga olgan holda tarmoq bo'yicha o'rnatilgan me'yoriy ko'rsatkichdan kam bo'lmagan holda qabul qilinadi; ■ P r - o'rnatilgan jin uskunasi o'rtacha ish unumi (ko'p hollarda bu ko'rsatkich ilg'or korxonalar erishgan ko'rsatkich doirasida olinadi); ■ K a - o'rnatilgan jin uskunasidagi arralar soni (masalan 3XDDM rusumli jin uchun - 80 ta arra, DP-130 rusumidagi jinlar uchun 130 tarra va h.k.); ■ T - ish vaqti yillik fondi; ■ Ufr - ushbu korxona uchun foydali ish koeffitsienti. Ushbu ma'lumotlar asosida ishlab chiqariladigan tola miqdori quyidagi formula orqali aniqlanadi. Q = K x K x P x T x U * , 2>T m a r f k 5 bu yerda: K m - o'rnatilgan j inlar soni, dona; K a - jindagi arralar soni, dona; Pr - o'rnatilgan jin uskunasi o'rtacha ish unumi, kg. arra/soat (quvvatni hisoblashda ushbu ko'rsatkich uskuna pasportidagi ma'lumot asosida olinadi); T - ish vaqti yillik fondi, soat; 67 Ufk - foydali ish koeffitsienti. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling