Referat mavzu: kuzatish va eksperiment rivojlanish psixologiyasining asosiy metodi sifatida toshkent 2022
Download 0.54 Mb.
|
Referat mavzu kuzatish va eksperiment rivojlanish psixologiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati G`oziyev E.G`. Umumiy psixologiya. 1-kitob. Psixologiya bo`limi talabalari uchun o`quv qo`lanma. T. O`zMU. 2003 y.
- G`oziyev E.G`. Xotira psixologiyasi. –ToshDu , 1994.
2.2. EKSPERIMENT METODI
Eksperiment (lot. yexreptepgshp — tajriba, sinab koʻrish) — fanda narsa va hodisalarni sezgipredmet faoliyati bilan tadqiq qilish, oʻrganish. Kuzatishga qaraganda yuksakroq bilish usuli. Mohiyateʼtibori bilan tajriba tushunchasini ifodalasada, Eksperiment fanga nisbatan ishlatiladi. Eksperiment zarur shartsharoit yaratishni, turli vositalar bilan obʼyektni qayd etishni yoki hodisani sunʼiy ravishda yuzaga keltirishni, tegishli texnika va moslamalarni tatbiq etish va oʻlchash ishini oʻz ichiga oladi. Eksperiment bilish obʼyektini takror hosil qiladi, farazlarni tekshiradi. Eksperiment insonning obʼyektga moddiy taʼsir koʻrsatishiga, voqelikni amaliy oʻzlashtirishiga, bilimlarni boyitish va rivojlantirishga yordam beradi. Tabiiy va texnika fanlarida eksperimentdan haqiqatni bilish va uni isbotlash vositasi sifatida foydalaniladi. Eksperiment ijtimoiy hodisalarni, xususan, ijtimoiy fanlarni tadqiq etishda ham keng qoʻllaniladi. Eksperiment metodi Kuzatish metodining ijobiy tomoni shundaki, bu metod yordami bilan psixik hayot faktlari ularning tabiiy sur’atda ro‘y berishida va o‘zgarishida o‘rganiladi, ya’ni haqiqatda, kishilarning kundalik turmushida qanday ro‘y bersa, o‘shanday holida tekshiriladi. Ammo bu metoddan foydalanganda ba’zi bir o‘ng‘aysizlik va qiyinchiliklarni uchratishga to‘g‘ri keladi, masalan, bu yerda tadqiqotchi psixologning tekshirishi uchun qaysi psixik hodisalarning yuzaga chiqishi kerak bo‘lsa, o‘sha hodisalar yuzaga chiqqan kishilarni qidirishga yoki biron kishida, ba’zan psixologning o‘zida shu hodisalarning yuzaga chiqishini kutib turishga to‘g‘ri keladi. Eksperiment metodidan foydalanganda bu o‘ng‘aysizlik va qiyinchiliklar barham topadi yoki kamayadi. Psixologiyada eksperimentning ikki turi: laboratoriya eksperimenti va tabiiy eksperiment tafovut qilinadi. Laboratoriya eksperimenti. Laboratoriya eksperimentining mohiyati shundaki, tekshiruvchi kishi tekshiriladigan psixik hodisani qachon kerak bo‘lsa o‘sha vaqtda ataylab vujudga keltiradi. Bunda tekshirilayotgan psixik hodisa tabiiy sharoitda birgalikda sodir bo‘ladigan boshqa psixik hodisalar kompleksidan ajratib olinishi mumkin. Tekshiriladigan psixik hodisalar eksperiment davomida o‘zgartirilishi, boshqa psixik hodisalar bilan muayyan bir sur’atda bog‘lanishi, kuch, tezlik, hajm va boshqa shu kabi jihatlari o‘lchab ko‘rilishi mumkin. Bu yerda muayyan bir psixik hodisani vujudga keltirgan sharoit sun’iy yo‘l bilan o‘zgartirilishi, psixik hodisa davom etadigan sharoit o‘zgartirilishi mumkin. Shuning uchun ham psixik hodisalarning qonuniyatlari metodi bilan tekshirishda yaxshiroq ochiladi. Eksperimental tadqiqotlar o‘tkazishda maxsus metodik materiallar – narsa, rasm va so‘zlar, shuningdek, maxsus asboblar qo‘llaniladi. Tekshiriladigan hodisalar shu material va asboblar yordami bilan vujudga keltiriladi, shuningdek, psixik hodisalarning tezligi, kuchi, hajmi va shu kabilar qayd qilinadi. Texnika juda taraqqiy etgan hozirgi zamonda psixologik tadqiqotlar uchun (ayniqsa, mehnat psixologiyasi sohasida) elektron asboblar va kibernetik metodlar, masalan, modellashtirish usuli qo‘llanilmoqda. Eksperimental tadqiqotlar asosan maxsus laboratoriya va institutlarda o‘tkaziladi. Ayrim psixik hodisalarni mukammal va aniq o‘rganish maqsadida psixologiyaga doir ilmiy tekshirish muassasalarida maxsus binolar, masalan, tovushni va yorug‘likni o‘tkazmaydigan kabinetlar, yorug‘lik ta’sirini o‘zgartirishga moslangan kabinetlar va shunga o‘xshash xonalar quriladi. Yosh psixologiyasi bilan pedagogik psixologiyaga doir masalalar yuzasidan ko‘pgina eksperimental tadqiqotlar, odatda, bolalar bog‘chalari va maktablarda o‘tkaziladi. Bu tadqiqotlarda bolalar o‘rganiladi. Xotira jarayonlarini tekshirishda qo‘llaniladigan quyidagi usul laboratoriya eksperimentiga misol bo‘la oladi: eksperiment qilayotgan kishi tekshirilayotgan kishining oldida o‘n ikki so‘z qilib beradi. Tekshirilayotgan kishi ana shu eshitgan so‘zlarini belgilangan vaqtdan keyin aytadi. Ana shu so‘zlarning qanchalik to‘liq, aniq va tez aytib berilishi tekshirish natijalaridan bilinadi. Xuddi shunday eksperimentlar qilib, so‘zlarni, raqamlarni yoki qanday bo‘lmasin boshqa materialni yodlash tezligi, esda nechog‘li mahkam saqlash, unutish tezligi va shu kabilarni aniqlash mumkin. Eksperimental metodni birinchi marta fiziolog Veber (1795–1878) va fizik Fexner (1801–1887), sezgilarni tekshirishda qo‘llanilgan eksperimental tadqiqot usullarini Vilgelm Vundt (1832–1920) mukammal ishlab chiqqan. 1879-yilda V. Vundt Leypsig universiteti huzurida eksperimental psixologiya bo‘yicha birinchi laboratoriyani ochgan. XIX asrning oxirida Rossiyada eksperimental psixologiya bo‘yicha bir qancha laboratoriyalar vujudga keltirildi. Tokarskiy – Moskvada, Bexterev – Qozonda, N. N. Lange – Odessada shunday laboratoriya ochishgan. 1911-yilda Moskva universiteti huzurida professor Chelpanov rahbarligi ostida eksperimental psixologiya instituti ochildi. Maxsus qurilgan binoga joylashtirilgan va yaxshi jihozlangan bu institut hozirgi vaqtda Rossiya Federatsiyasi Pedagogika fanlari akademiyasi sistemasiga kiradi. Toshkentda birinchi laboratoriya P. I. Ivanov rahbarligida TDPU da tashkil etildi. 1-rasm. Xronoskop. Endilikda texnika taraqqiy etishi munosabati bilan laboratoriya eksperimenti tekshirilayotgan psixik hodisalarga aloqador bo‘lgan fiziologik jarayonlarni, masalan, yurak va qon tomirlari, ichki sekretsiya bezlari faoliyatidagi o‘zgarishlarni, amaliy ish vaqtida miyadagi elektr toklarining o‘zgarishini ham nazarda tutish imkonini beradi. Ayniqsa, I. P. Pavlovning shartli reflekslar metodi psixologiya uchun g‘oyat samarali metoddir. Laboratoriya eksperimenti psixologiyani taraqqiy ettirishda katta ahamiyatga ega. Yuqorida aytilganidek, bu metod tekshirilishi lozim bo‘lgan psixik hodisalarni qachon kerak bo‘lsa, shu vaqtda vujudga keltirish va o‘zgartirishga, tajribani ko‘p marta takrorlash yo‘li bilan shu hodisalarni sinchiklab tahlil qilishga imkon beradi. Eksperiment bir xil psixik hodisalarning ikkinchi xil psixik hodisalar bilan bog‘lanishini aniqroq bilishga imkon beradi. Jumladan, psixik jarayonlarning fiziologik mexanizmlari ko‘proq eksperiment yo‘li bilan aniqlanadi. Laboratoriyada qilinadigan eksperiment metodlari bilan olib borilgan, tekshirib chiqqan natija va xulosalarni tekshirib ko‘rishga ham imkon beradi. Hozirgi zamon psixologiyasining ko‘pgina muvaffaqiyatlari laboratoriya eksperimenti tufayli qo‘lga kiritilgan. Eksperiment metodining psixologiya sohasida qo‘llanishi psixologiya ma’lumotlarini pedagogikaga keng tatbiq etishga imkon beradi. Ammo psixologiyadagi laboratoriya eksperimentining kamchiliklari bor. Shu kamchiliklardan eng muhimi shuki, bu metodda sun’iylik bor. Eksperiment o‘tkaziladigan sharoitning o‘zi tekshirilayotgan kishilarning psixik holatiga, demak, tekshirilayotgan hodisalarga va tekshirish natijalariga salbiy ta’sir etishi mumkin. Masalan, o‘quvchining o‘ziga berilgan o‘quv materialini nima uchun xotirada qoldirish kerakligini bilib, maktabda yoki uyda dars tayyorlashi uning uchun odatdagi bir ishdir, ammo xuddi shu o‘quvchining laboratoriya sharoitida, maxsus asboblar qo‘llaniladigan odatdan tashqari eksperiment sharoitida, ataylab tayyorlangan eksperiment materialini esda olib qolish jarayoni boshqacha tusda o‘tishi mumkin. Shuning uchun ham laboratoriya eksperimenti psixik hodisalarni o‘rganishda psixologiyaning boshqa metodlari bilan birga qo‘llaniladi. Laboratoriya eksperimenti metodidan foydalanganda tekshiriluvchi kishilarning psixikasiga va eksperimentning natijalariga ta’sir eta oladigan sharoitni nazarda tutmoq kerak. Laboratoriya eksperimentining natijalarini boshqa metodlar yordami bilan tekshirib ko‘rish kerak. Tabiiy eksperiment metodi oddiy obyektiv suratda kuzatish metodi bilan laboratoriya eksperimenti metodi o‘rtasida turadi. Bu metodni professor A. F. Lazurskiy kuzatish va tajriba metodlarining kamchiliklaridan saqlanish va ikkala metodning foydali tomonlarini qo‘shish maqsadida yaratgan. Tekshiriluvchi kishilar shundan keyin tekshiruvchi kishi tomonidan maxsus ravishda, lekin tekshiriluvchi kishilar uchun tabiiy bo‘lgan sharoitga, darsga yoki bu o‘rinda o‘yinga jalb qilinadi. Tekshiruvchi kishi bolalarning faoliyatini kuzatib turadi va tekshiriluvchi bolalar uchun tabiiy sharoitda kelib chiqadigan psixik jarayonlarni va bolalarning individual xususiyatlarini qayd qiladi. Ammo tekshirilayotgan bolalar, yuqorida aytilganidek, o‘z faoliyatlari maxsus suratda kuzatib turilganligini sezmasliklari lozim. Shu shartga rioya qilingandagina, tekshirilayotgan bolalar kundalik hayot va faoliyatda o‘zlarini qanday tutsalar, maxsus yo‘l bilan atayin vujudga keltirilgan tabiiy sharoitda ham o‘zlarini o‘shanday samimiyat bilan tutadilar. Bunday eksperimentning tabiiy eksperimentligi ham shundadir. Tabiiy eksperiment metodining tashqi kuzatish metodidan farqi shuki, tekshiruvchi kishi tekshiriladigan psixik hodisalarni zarur bo‘lganda maxsus yo‘l bilan ataylab vujudga keltiradi. So‘ngra bu psixik hodisalarni boshqacha bir tarzda vujudga keltirish mumkin va bunda shu psixik hodisalarning tabiiy suratda ro‘y bermog‘i uchun eksperiment yangi bir sharoitda o‘tkaziladi. Tajriba (eksperiment) metodi. Bu metod turli yoshdagi va kasbdagi odamlar (chaqaloq, bola, o`spirin, balog`atga yetgan va qarilar)ning psixikasini chuqurroq, aniqroq tadqiq qilish metodlari ichida eng muhimi hisoblanadi. Eksperiment metodi yordamida sun`iy tushun-chalarning shakllanishi, nutqning o`sishi, favqulodda holatdan chi-qish, muammoli vaziyatni hal qilish jarayonlari, shaxsning his-tuy-g`ulari, xarakteri vatipologik xususiyatlari o`rganiladi. Inson psi-xikasining nozik ichki bog`lanishlari, munosabatlari, murakkab mexanizmlari tekshiriladi. Buning uchun eksperiment materialini tekshiruvchi sinchkovlik bilan tanlashi, obyekt tarzda har xil holat va vaziyatlarni yaratishi, bunda sinaluvchining yoshi, aql-idroki, xa-rakter xususiyati, his-tuyg`usi, qiziqishi va saviyasiga, turmush taj-ribasiga, ko`nikma va malakalariga e`tibor berishi lozim. Eksperiment metodi o`z navbatida tabiiy va laboratoriya metodla-riga ajratiladi. Tabiiy metod psixologik-pedagogik masalalarni xal qilishda qo`llanadi. Bu metodning ilmiy asoslarini 1910 yilda rus psixologi A.F. Lazurskiy ta`riflagan. Tabiiy metoddan foy-dalanishda ishlab chiqarish jamoalari a`zolarining, ilmiy muassa-salar xodimlarining, o`qituvchilar, keksaygan kishilarning psixo-logik o`zgarishlari, o`zaro munosabatlari, ishchanlik qobiliyatlari, mutaxassislikka yarokdiligi muammolarini hal qilish nazarda tu-tiladi. Tabiiy sharoitlarda inson psixikasini o`rganishda sina-luvchilar (bog`cha bolalari, maktab o`quvchilari, ishchilar, dehqonlar, ziyolilar, biznesmenlar, fermerlar, ilmiy xodimlar va hokazolar)-ning o`zlari bexabar bo`lishi, ta`lim jarayonida berilayotgan bilim-lar tadqiqot maqsadi muvofiqlashtirilishi, katta yoshdagi odamlar-ga tarbiyaviy ta`sir o`tkazish (interaksiya) kundalik mehnat tarzi doirasida amalga oshirilishi, zavod va fabrikada esa moddiy mahsu-lot ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga qaratilishi lozim. Eksperimental psixologiya — psixik hodisalar va jarayonlarni ilmiy metodlar yordami bilan tadqiq qilish. Psixologiyaning fan sifatida falsafadan ajralib chiqishida eksperimental tadqiqotlar oʻtkazish asosiy rol oʻynagan. 19-asrning oʻrtalarida ilk bor sezgi, idrok yuzasidan tadqiqotlar olib borilgan. Eksperimental psixologiyaning fan sifatida ajralib chiqishiga nemis olimi V. Vundt katta hissa qoʻshgan. Ilk eksperimental tadqiqotlar oʻzini oʻzi kuzatish uslubi yordami bilan shaxsning ichki mayllari, motivlari, fikr yuritishiga bagʻishlangan. Keyinchalik tekshirishlar turli hayvonlarda oʻtkazila boshlagan. Koʻp tadqiqotlarni AQShlik T.L.Morgan, E. L. Torndayk va boshqalar olib borganlar. Eksperimental psixologiya murakkab tadqiqot (koʻp shkalali, koʻp bosqichli) metodlari, metodikalari (ishonchliligi, kafolatliligi, test yoki retest xususiyatiga egaligi)dan tashqari elektron hisoblagichlar, texnik asboblar va moslamalar, sodda yoki murakkab tuzilgan maxsus apparatlar, zamonaviy texnika va texnologiyalarga asoslanadi. Eksperimental psixologiya yordamida psixik funksiyalargina emas, shu bilan birga shaxs hissiyoti, emotsiyasi, individual xususiyati, diqqat, xotira, idrok singari bilish jarayonlari ham tadqiq qilinadi. Eksperimental psixologiya tadqiqotlari natijalari psixologiya sohalari nazariyasini ishlab chiqishda asos boʻlib xizmat qiladi. Olimlardan F. Galton (1822- 1911), D. Kettel (18601944), E. Tolmen (1886-1959), G.Rorshax (1884-1984), A. Bine(1857-1911), P.Jane (1859-1947), J. Piaje (1896—1980) va boshqalar Eksperimental psixologiyaning rivojlanishiga muhim ulush qoʻshganlar. Eksperiment metodi yordamida sun’iy tushunchalarni shakllantirish, nutq o’sishini tekshirish, favquloddagi holatdan chiqish, muammoli vaziyatni hal qilish, bilish jarayonlari, shaxsning his tuyg’ulari, xarakteri va tipologik xususiyatlari o’rganiladi. Xullas, inson psixikasining nozik ichki bog’lanishlari, munosabatlari, qonuniyatlari, qonunlari, xossalari, murakkab mexanizmlari tajriba yordamida tekshiriladi. Buning uchun eksperiment material tekshiruvchi tomonidan sinchkovlik bilan tanlanishi, ob’ektiv tarzda har xil holat va vaziyatlar yaratilishi, sinaluvchi yoshiga, aql-idrokigsha, xarakter xususiyatiga, his-tuyg’usiga, qiziqish va saviyasiga, turmush tajribasiga, ko’nikma va malakasiga e’tibor berilishi lozim. Psixologik eksperimentning mohiyati shundaki, unda ataylab shunday sun’iy bir vaziyat shakllantiriladi va tashkil etiladiki, aynan shu vaziyatda qiziqtirayotgan psixik jarayon yoki hodisa ajratiladi, o’rganiladi, ta’sir ko’rsatiladi va baholanadi. Agar tabiiy eksperiment o’sha qiziqtirayotgan 13 fenomen tekshiriluvchi uchun tabiiy hisoblangan sharoitlarda (masalan, mehnat jarayonida, kaniqulda yozgi lagerda, litsey auditoriyasida va shunga o’xshash) maqsadli tashkil etilib, o’rganilsa, laboratoriya eksperimenti maxsus joylarda, maxsus asbob - uskunalar vositasida ataylab o’rganiladi. Masalan, diqqatingizning xususiyatlarini bilish kerak bo’lsa, psixologiya laboratoriyasida maxsus taxistoskop deb atalgan moslama yordamida yoki «Landolьt halqachalari» deb nomlangan jadvallar yordamida o’rganish mumkin bo’ladi. Hattoki, ijtimoiy munosabatlar borasida ham o’zaro hamjihatlik, liderlik va konformlilik hodisalarini tekshirish uchun gruppaviy integratorlar va gomeostat deb nomlanuvchi moslamalar yaratilgan va ular yordamida guruhdagi turli xil hodisalar o’lchangan. Eksperiment metodi. Yangi psixologik faktlarga ega bo`lishning ob’ektiv usullaridan biri - eksperiment metodidir. U murakkab xarakterdagi psixik xodisalarni o`rganish uchun qo`llaniladi. Bu metodning afzalligi shundaki, tadqiqotchi bu metod yordamida o`rganayotgan psixik xodisani o`zi istagan vaqtda vujudga keltiradi va uni maxsus asboblar yordamida alohida xonada o`rganadi. Kuzatishdan farqi, eksperiment o`tkazuvchi sinalayotgan faoliyatga faol aralashuvi, sun’iy vaziyat paydo qilinishi mumkin. Bu metod inson psixikasini chuqur, aniq tadqiq qilinganda eng muhimi hisoblanadi. Eksperiment metodi yordamida sun’iy tushunchalarning shakllanishi, favqulodda holatdan chiqish, muammoli vaziyatni hal qilingan jarayonlari, shaxsning his-tuyg`ulari, xarakteri va tipologik xususiyatlari o`rganiladi. Inson psixikasining nozik ichki bog`lanishlari, munosabatlari, qonuniyatlari, qonunlari, xossalari, murakkab mexanizmlari tekshiriladi. Eksperiment metodining ikkita asosiy turi farqlanadi: tabiiy eksperiment va laboratoriya eksperimenti. Tabiiy eksperiment pedagogik-psixologik masalalarni hal qilinganda qo`llaniladi. (Sinfda sun’iy, odatdagidan boshqacha vaziyat va muhit yaratib kuzatish). Bu metodning ilmiy asoslarini 1910 yilda Aleksey Fedorovich Lazurskiy (1874-1917) ishlab chiqqan. Tabiiy sharoitda inson psixikasini o`rganishda sinaluvchilarning o`zlari bexabar bo`lishi, kundalik mehnat tarzi doirasida amalga oshirilishi, mumkin. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati G`oziyev E.G`. Umumiy psixologiya. 1-kitob. Psixologiya bo`limi talabalari uchun o`quv qo`lanma. T. O`zMU. 2003 y. G`oziyev E.G`. Psixologiya. –T., O`zMU «Universitet», 2003. G`oziyev E.G`. Tafakkur psixologiyasi. Toshkent: Universitet ,1990. G`oziyev E.G`. Xotira psixologiyasi. –ToshDu , 1994. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling