III. Ifloslantiruvchi moddalar tashlamalarini atmosferaga chiqarishning yo‘l qo‘yiladigan cheklangan ekologik normativlari loyihalarini ishlab chiqish tartibi
11. Atmosferani ifloslantirish manbalarini xatlovdan o‘tkazish ushbu Nizom talablariga muvofiq amalga oshiriladi va quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
atmosfera havosini ifloslantirish manbalarini, changdan tozalash va gazni tutib qolish asbob-uskunalarini tekshirish, ularning parametrlarini (balandligini, diametrini) va tashlamalar tavsiflarini (haroratini, tezligini) aniqlash;
tashkilotning sanoat maydonchalari koordinatlarining lokal tizimidagi tashlamalar har qaysi manbalarining joylashgan joyini aniqlash;
ifloslantiruvchi moddalarning atmosferaga ajralib chiqadigan moddalari va tashlamalari miqdori va tarkibini aniqlash;
changdan tozalash asbob-uskunalarining ishlashi va tashkilotning boshqa havoni muhofaza qilish tadbirlari samaradorligini baholash.
Do'stlaringiz bilan baham: |