Referat Mavzu: Mahsulot elementi, xomashyo va material tavsif ko‘rsatkichlarini bog‘lash va kelishish


Download 62.42 Kb.
bet9/25
Sana02.01.2022
Hajmi62.42 Kb.
#190656
TuriReferat
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25
Bog'liq
Hujjat (7)

Oldingi tahrirga qarang.

13. Atmosferani ifloslantiruvchi ajralmalar va tashlamalarning miqdori va tarkibini aniqlash Davlat ekologiya qo‘mitasi bilan kelishilgan metodikalarga muvofiq hisoblash metodlari yoki kelishuviga mos keladigan hisoblash usulida yoki Davlat ekologiya qo‘mitasi bilan kelishilgan, amal qilinuvchi tarmoq hujjatlari tarzida rasmiylashtirilgan metodikalar bilan, zarurat bo‘lganda, instrumental o‘lchashlarni jalb qilgan holda amalga oshiriladi.

(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-noyabrdagi 949-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2018-y., 09/18/949/2214-son)

14. Ifloslantiruvchi moddalarning nomlari, ularning ekologik normativlari miqdori KChMning tasdiqlangan standartlariga muvofiq bo‘lishi kerak. Ifloslantiruvchi moddaning KChM mavjud bo‘lmagan taqdirda TXTDni hisobga olish zarur.

15. Ifloslantiruvchi moddalar tashlamalari manbalari uchun xatlovni o‘tkazish tartibida ortib boruvchi oraliq tartib raqami joriy etiladi.

Xatlovni aniqlashtirishda tashlamalarning tugatilgan manbalari tartib raqami tushirib qoldiriladi, yangidan joriy etilganlariga oxirgisidan keyingi tartib raqami qo‘yiladi.

16. Aholi salomatligi va ekologik tizimning asosiy tashkil etuvchilari uchun ulardagi ifloslantiruvchi moddalarning yo‘l qo‘yiladigan cheklangan miqdorini, shuningdek tashkilotning yoki uning sanitariya-himoya zonasi chegarasidan tashqaridagi ekologik tizimga yuklamaning yo‘l qo‘yiladigan cheklangan (eng yuqori) yuklamasi ta’minlanadigan sharoitlarni reglamentlovchi atmosfera havosi sifati mezonlariga rioya qilinishini ta’minlash tashkilotdan atmosferaga chiqadigan ifloslantiruvchi moddalar tashlamalarini normalashning maqsadi hisoblanadi.

17. Ushbu Nizomga 3-ilovada keltirilgan turli ekologiya-xo‘jalik tumanlari uchun ifloslantiruvchi moddalar kvotalari TChMni belgilash uchun asosiy mezon hisoblanadi.

18. Atmosferaga ifloslantiruvchi moddalar tashlamalarini normalash ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha, ifloslantiruvchi moddalarning tarqalishini hisoblash uchun boshlang‘ich ma’lumotlar sifatida qabul qilinadigan, iqlim va meteorologik tavsiflarni hisobga olgan holda olingan ularning sanoat maydonchasidan tashqaridagi yer usti konsentratsiyalarini hisoblash natijalari bo‘yicha, keyinchalik olingan natijalarning har bir ifloslantiruvchi modda uchun belgilangan normalarga muvofiqligini aniqlash hamda ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha ifloslantiruvchi moddalar ro‘yxatini tuzgan holda belgilanadi.


Download 62.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling