Oldingi tahrirga qarang.
4. Ekologik normativlar loyihalari tashkilotlar tomonidan ishlab chiqiladi hamda ekologik ekspertizadan o‘tkazish va tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda Davlat ekologiya qo‘mitasi deb ataladi) organlariga taqdim etiladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-noyabrdagi 949-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2018-y., 09/18/949/2214-son)
5. Atrof-muhitni ifloslantiruvchi moddalar tashlamalari, oqovalari manbalari, chiqindilar paydo bo‘lishi va joylashtirilish joyi hududiy jihatdan bir-biridan uzoqdagi sanoat maydonchalarida joylashgan taqdirda loyihalarni ishlab chiqish har qaysi sanoat maydonchasi uchun alohida-alohida ishlab chiqiladi. Maydonchalarda joylashgan atrof-muhitni ifloslantiruvchi manbalarning o‘zaro ta’sir ko‘rsatmasligi maydonchalarning bir-biridan uzoqdalik mezoni hisoblanadi.
II. Ekologik normativlar loyihalarini ishlab chiqish tartibi
Umumiy qoidalar
6. Ekologik normativlar loyihalarini ishlab chiqish quyidagi ikki bosqichdan iborat bo‘ladi:
tashlamalar, oqovalarning manbalarini, chiqindilarning paydo bo‘lishi va joylashtirilishini xatlovdan o‘tkazish;
tashlamalar, oqovalar, chiqindilarning paydo bo‘lishi va joylashtirilishini normalash.
Do'stlaringiz bilan baham: |