Referat mavzu: Ma'lumotlar bazasi va banki haqida ma'lumotlar. Ekspert sistemalari haqida ma'lumotlar. Multimedia texnologiyalari. Tarmoq texnologiyalari. Internet texnologiyasi va uning xizmatlari. Distansion (masofaviy)


Access ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimida ma’lumotlar bazasini yaratish texnologiyalari


Download 175.15 Kb.
Pdf ko'rish
bet17/27
Sana10.10.2023
Hajmi175.15 Kb.
#1696684
TuriReferat
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   27
Bog'liq
malumotlar bazasi va banki haqida malumotlar. ekspert sistemalari haqida malumotlar. multimedia texnologiyalari. tarmoq texnologiyalari. internet texnologiyasi va uning xizmatlari. distan

Access ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimida ma’lumotlar bazasini yaratish texnologiyalari
Access
Ma’lumotlar bazasining asosini unda saqlanuvchi ma’lumotlar tishkil qiladi va ular
obyektlar orqali boshqariladi. Obyektlarning asosiy turlari quyidagilar:
«Jadvallar»  – ma’lumotlarni saqlash uchun xizmat qiladi;


«Tablitsalar» – ma’lumotlarni tanlash shartlarini berishni ularga o’zgarishlar kiritish uchun
xizmat qiladi;
«Formalar» – ma’lumotlarni ko’rish va tahrirlash uchun xizmat qiladi;
«Sahifalar» – HTML (gipermatn) formatidagi fayllar, ular Access ma’lumotlarini Internet
Explorer brauzeri yordamida ko’rish uchun ishlatiladi;
«Xisobotlar» – ma’lumotlarni umumlashtirish va chop qilish imkonini beradi;
«Makroslar» – bir yoki bir qancha operasiyalarini avtomatik ravishda bajaradi.
Access ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimiga (MBBT) kiritilgan har qanday ma’lumot
jadvallarda saqlanadi. Jadvallarning qatorlari yozuvlar deb, ustunlari esa maydonlar deb
ataladi.
So’rovlar jadvallardan ma’lumotlarni bir yoki bir necha kriteriylar (ko’rsatgichlar) asosida
tanlab olish uchun ishlatiladi. Jadvallar soni ham bir yoki bir nechta bo’lishi mumkin.
Access MBBTni ham barcha dasturlar kabi ish stolining «Pusk» tugmasi yordamida ishga
tushirish mumkin.
Bu dastur ishga tushganidan so’ng ekranda hosil bo’lgan oynada ma’lumotlar bazasini
yaratish yoki mavjud bazani ishga tushirish imkonini tanlash mumkin (4-rasm).
4-rasm. Microsoft Access MBBTning asosiy oynasi
Ushbu oynadagi ko’pgina tugmachalar o’zini ko’rinishi va mohiyati jihatidan matn
muharriri Word va jadval prosessori Excelning tugmachalariga o’xshab ketadi. Haqiqatdan
ham ular xuddi Siz o’ylagandek ishlarni va funksiyalarni bajarish imkonini beradi. Masalan,
faylni ochish, matnni chop qilish, orfografiyani tekshirish, qaychi va hokazolar. Boshqa
tugmachalar esa ma’lumotlar bazasini tuzish va unda ishlash bo’yicha maxsus aniqlanilgan
masalalarni yechish uchun xizmat qiladi.
Access MBBTda ma’lumotlarni standart usul bilan olish imkoniyati amalga oshirilgan.
Ushbu imkoniyat mos drayverlar orqali xilma xil formatlardagi axborot massivlari bilan
ishlaydigan ma’lumot bazalari bilan ish olib borishga qulay sharoitlar yaratadi.

Download 175.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling