foydalanishdan iborat ekanligini ta’kidlaydi. Yakuniy natijada bu ma’lumotlarni
boshqarishning rivojlangan tizimlarini yaratilishiga olib keldi, ular hisoblash
texnikasi
vositalaridan foydalanish asosida qurilgan har qanday axborot tizimining asosi bo’ladi.
Ma’lumotlar banklari tamoyili asosida loyihalashtirilgan boshqarishning
avtomatlashtirilgan tizimlari bir qator o’ziga
xos xususiyatlarga egaki, ular asoslari belgilangan
vazifalar majmuini hal qilishga mo’ljallangan, ma’lumotlar massivlarining tizimi bo’lgan
oldingi ishlanmalardan alohida farqlanadi. Ma’lumotlarning avtomatlashtirilgan
banklaridan
foydalanishi o’zaro bog’langan ma’lumotlar majmuiga ko’p jihatdan kirishni, amaliy
dasturlarning ma’lumotlarni jismoniy va mantiqiy tashkil qilish o’zgarishlaridan,
mustaqilligining
ancha yuqori darajasini, ma’lumotlarni boshqarishning integrasiyalashishi va
markazlashishini, ortiqcha ma’lumotlarni bartaraf qilishni, paketlarni birga bo’lishlik
imkoniyatini va ma’lumotlarni teleprosessorli ishlab chiqishni ta’minlaydi.
Shu bois ham qo’llanishning har qanday sohasi uchun ABTni ishlab chiqish eng avvalo
ma’lumotlarning avtomatlashtirilgan bankini tashkil qilish bilan bog’liqdir.
Obyektning holati haqidagi axborot har qanday boshqaruvning asosi bo’lgani uchun, xuddi
avtomatlashtirilgan tizimlardagi ma’lumotlar,
ularning tashkil qilinishi, mukammal olib
borilishi, saqlanishi, foydalani-lishi tizimning markazi bo’ladi.
Texnik va dasturiy vositalar
vaqt o’tishi bilan o’zgaradi, ammo ma’lumotlar qoladi, ular bilan ishlash ancha qimmatli ish
bo’ladi va xuddi shu bois
ham ularni tashkil qilishning, ma’lumotlar bankini yaratishning asosi-
da tizimli tamoyillar yotadi.
Do'stlaringiz bilan baham: