Referat mavzu: Ma’lumotlarni infografik ko’rinishda tayyorlovchi dastur: Photoshop Bajardi: Po’latov s qabul qildi: Alimov O


Web-sahifa, Web-sayt va Web-dizayn haqida tushuncha. Web-dizaynning dasturiy ta'minoti


Download 0.94 Mb.
bet3/4
Sana24.12.2022
Hajmi0.94 Mb.
#1053120
TuriReferat
1   2   3   4
Bog'liq
Referat

Web-sahifa, Web-sayt va Web-dizayn haqida tushuncha. Web-dizaynning dasturiy ta'minoti

WWWda hujjatlar aniq bir kompyuter platformalariga mo'ljallangan yoki qaysidir format bilan saqlanishini oldindan aytib bo'lmaydi. Ammo kompyuterda ishlayotgan foydalanuvchi qaysi terminalda ishlashidan qat'i nazar yaxshi formatlangan hujjatni olishi kerak. Bu muammoni HTML andoza tili hal qiladi. HTML (Hyper Text Markup Language — gipermatnni belgilash tili) WWW dagipermatn hujjatlarni tayyor­lash vositasidir. HTML hujjat ning tuzilishini ifodalovchi uncha murakkab bo'lmagan buyruqlar majmuyidan iborat. HTML buyruqlari orqali matnlar shaklini istagancha o'zgartirish, ya'ni matnning ma'­lum bir qismini ajratib olib, boshqa faylga yozish, shuningdek, boshqa joydan turli xil rangli tasvirlami qo'yish, audio va video ma'lumotlarni joylashtirish mumkin. U boshqa hujjatlar bilan bog'laydigan gipermatnli aloqalarga ega.


Odatda, HTML tilida tahrirlash uchun dasturiy vosita talab qilin-maydi, lekin tahrirlash uchun qulay vositalar ko'p. Ba'zi dasturiy vositalarda yaratilgan veb-saytlarni ayrim brouzerlar o'qimasligi mumkin. Shuning uchun, odatda, veb-ma'lumotlar HTML tili qoidasi bo'yicha kiritiladi.
HTML internet texnologiyalarida ishlash uchun yaratilgan bo'lib, uning hujjatlari (ASCII kodlarida yozilgan) oddiy matnli fayllardan iborat. Ular maxsus belgilangan kodlami o'z ichiga oladi. HTML— hujjatlarni oddiy foydalanuvchi tomonidan yaratish va tahrirlash uchun MS FrontPage, Macromedia Dreamweaver va shun­ga o'xshash bir qancha maxsus dastur vositalaridan foydalanish mumkin.
MS Windows Notepad yoki Wordrad tahrirlagichida ishlaganda HTML — hujjatlarni matn ko'rinishida saqlash uchun »Soxranit как» buyrug'idan foydalanish kerak.
Oddiy matnli fayldan HTML — hujjatlar maxsus belgilar kodi (teglar) bilan farqlanadi. Bu kodlar hujjatni formatlash, tayyor maketni aniqlash, boshqa hujjatlarga taalluqli murojaatlarni ifodalash va boshqa ko'pgina amallarni bajaradi. HTML — kodlar, odatda, bosh harflar bilan yoziladi. Bu esa, o'z navbatida, ularni asosiy matndan farqlashni va tahrirlashni osonlashtiradi.
Maxsus kodlar (teglar)da yozilgan HTML — hujjatning natijasini ko'rish brouzer (browser) deb nomlanuvchi dastur orqali amalga oshiriladi. Bu kategoriyadagi dastur vositalariga HTML formatdagi elektron hujjatlarni ko'rish uchun mo'ljallangan vositalar kiradi. Zamonaviy brouzerlar nafaqat matn va grafikani, balki musiqani, inson nutqini, Internetda radio to'lqinlarini eshitishni, videokonfe-rensiyalarni ko'rishni. elektron aloqa xizmati bilan ishlashni, telekon­ferensiyalar xizmati bilan tanishish va shunga o'xshash ko'pgina im-koniyatlarni yaratadi. HTML — hujjatlar uchun eng ko'p qo'llaniladigan brouzerlarga Internet Explorer va Operalarni misol qilib keltirish mumkin. Brouzerda HTML — hujjatni tahrirlash imkoniyati bo'lmay, u faqat namoyish etadi. Brouzerdan chiqmas-dan turib, undagi buyruqlardan foydalanib, MS Windows Notepad yoki joriy kompyuterda mavjud bo'lgan boshqa dasturiy vositalar yordamida HTML — hujjatni tahrirlash mumkin.
Windows muxitidagi matn muxarrirlari: Notepad, TextPad, UltraEdit, EdutPlus. Ko’rsatilgan hamma matn muharrirlari yordamida HTML kodlarni yozishda qo’llash mumkin.
Ko’pgina matn muharrirlarida HTML kodlarni hatto programmalashtirish tillarida kodlarni yozish juda qulay. Ba'zilari avtomatik ravishda opеratorlar, funktsiyalarni tanish va ularni xar-xil ranglarda tasvirlash imkoniyatiga ega. Ba'zi matn muxarrirlarida HTML hujjatni wеb brauzеrda sinab ko’rish tugmasi mavjud.
HTML xujjatni yaratishga mo’ljallangan maxsus programmalar (HTML muxarrirlar) ham mavjud: FrontPage, Adobe GoLive, Macromedia Dreamweaver, Nestcape Composer. Muharrirlar 2 turga bo’linadi:

  • kod muxarrirlari;

  • WYSIWYG tеxnologiyasi (What You See Is What You Get – nimani yordamida foydalanuvchi HTML komandasi va elеmеntlarini yozmaydi, oddiy matn muxarrirlaridеk matn yozadi, tasvirlarni kеrakli joyga joylashtiradi, formatini o’zgartiradi va x.k. xolos.

Wеb animatsiyalar turlicha bo’ladi. Masalan GIF Animator dan foydalanib, tasvirlarni «Jonlantirish» mumkin. Bu wеb rеklamalarda ko’p qo’llaniladi.
GIF animatsiyalarni Ulead GIF Animator (http://www.ulead.com) va Animagic GIF Animator (http://www.rtlsoft.com/animagic/index.html) programmalari yordamida hosil qilish mumkin. GIF tasvirlardan yuqorirok o’rinda Macromedia Flash yordamida yaratilgan animatsiyalar turadi. Bu animatsiyalar intеraktiv bo’lganligi sababli Flash tеxnologiyalar ommalashib borayapti. Bu tеxnologiyani ayniqsa avtomobil ishlab chiqaruvchilar, wеb-biznеschilar, umuman, multimеdiya-prеzеntatsiya yaratmoqchi bo’lganlar kеng qo’llaydilar.
Macromedia (http://www.macromedia.com/flash/) dan tashqari CoffeeCup Firestarter (http://www.coffeecup.com) dan foydalanib animatsiyalar yaratish mumkin.
Agar foydalanuvchi multimеdia saxifasina yatarmoqchi bo’lsa, qo’shimcha instrumеntlardan foydalanishiga to’g’ri kеladi, masalan, Quick Time, Windows Media yoki boshqa multimеdia programmalari.
Microsoft kompaniyasi Windows ME va undan kеyingi chiqargan OS larida Windows Movie Maker programmasini qo’shib chiqarayapti. Bu programma yordamida vidеo roliklarni tahrirlash mumkin bo’ladi. Yana Sound Forge XP (http://www.soniefoundry.com)programmasidan tovushlarni tahrirlash va konvеrtatsiya qilishda foydalanish mumkin.
Wеb sahifalar yaratishda fayllarni joylashtirishning quyidagi usullari mavjud:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling