Referat mavzu: Moliyaviy boshqaruv. Bajardi: 3 kurs ijtimoiy ish (pensiya ta`minoti) yo`nalish talabsi Toshtemirov Suhrob


Download 65.81 Kb.
bet2/5
Sana16.02.2023
Hajmi65.81 Kb.
#1203777
TuriReferat
1   2   3   4   5
Bog'liq
TS moliya bozori

Referatning maqsad vazifalari; Moliyaviy boshqaruv tizimini o`rganish, ushbu maqsadga erishish uchun quydagi vazifalar qo`yildi.

  • Moliyaviy boshqaruvning mazmuni va mohiyatini o`rganish.

  • Moliyaviy boshqaruv organlari va ularning vazifalari aniqlash.

  • Moliyaviy oqimlarni boshqarish jarayonlarini tahlil etish.

Referatni tarkibi; Referat kirish, asosiy qisim, xulosa va adabiyotlar ro`yhati va 20 varoqdan iborat.


1. Moliyaviy boshqaruvning mazmuni va mohiyati.
“Boshqaruv” atamasi umumiy tarzda ob’ektni rivojlantirish va takomillashtirish maqsadida unga ongli ravishda ta’sir ko’rsatishni anglatadi. Moliyaviy tizim doirasida moliyaviy resurslarni tashkil etish, taqsimlash va ulardan foydalanish har doim muayyan bir maqsadlarga erishishga mo’ljallangan bo’ladi. Bu esa o’z navbatida ma’lum bir tarzda boshqaruv tizimini tashkil etishni taqozo etadi. Shu ma’noda va eng umumiy ko’rinishda boshqaruv sub’yektining boshqaruv ob’yektiga maqsadga yo’naltirilgan ta’siri boshqaruv deyiladi.
Davlat jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti uchun zarur bo’lgan moliyaviy resurslarni tashkil etish va foydalanishga qaratilgan munosabatlar tizimini boshqarishi, tartibga solishi va bu resurslardan samarali hamda oqilona foydalanish ustidan nazoratni amalga oshirishi kerak. Ana shu vazifani bajarish moliyaviy boshqaruvning zimmasiga yuklatilgan.
Moliyaviy boshqaruv murakkab jarayon bo’lib, boshqa- riladigan (ob’ektlar) va boshqaruvchi (sub’yektlar) tizim-larning yagonaligidan iboratdir. Boshqaruvchi tizim, bu yerda moliyaviy institutlarning (tashkilotlarning) to’plamidan (majmuidan) iborat bo’lgan moliyaviy tizimni nazarda tutsa, boshqariladigan tizim esa pul munosabatlari to’plamidan (majmuidan) iborat bo’lgan moliyaviy tizimni o’z ichiga oladi. Bunda moliyaviy boshqaruv jarayoni bir xil tarzda bo’lmasdan, u bir tomondan, faqat ob’ektlarni boshqarishni emas, balki ikkinchi tomondan, boshqaruv sub’yektlarini tashkil qilishni va ular faoliyatini takomillashtirishni ham o’z ichiga oladi.
Moliyaviy boshqaruvning ob’yekti sifatida moliyaviy munosabatlarning turli ko’rinishlari, shu jumladan, davlatning ijtimoiy tuzilishi, mamlakatdagi siyosiy kuchlarning mavqei (nisbati) va qayta taqsimlash jarayonlariga ta’sir ko’rsatadigan boshqa omillar bilan belgilanadigan o’ziga xos bo’lgan moliyaviy munosabatlar maydonga chiqadi. Davlat moliyasi, mahalliy moliya va xo’jalik yurituvchi sub’yektlar moliyasida moliyaviy boshqa-ruvning sub’yekti bo’lib moliyaviy apparat deb nomlanuvchi maxsus xizmatlar hisoblanadi.
Davlatning xo’jalik yurituvchi sub’yektlar va uy xo’jaliklari bilan moliyaviy munosabatlar sohasidagi o’zaro munosabatlari soliq tizimi, kredit munosabatlarini boshqarish (tartibga solish), moliya bozorini tartibga solish, davlatning qo’llab-quvvatlash tizimi, pensiya ta’minoti tizimi, ishlovchi aholining daromadlarini tartibga solish mexanizmi va h.k.lar orqali amalga oshiriladi.
Moliyaviy boshqaruvning maqsadi makroiqtisodiy muvozanatda, byudjet profitsitida, davlat qarzining kama-yishida, milliy valyutaning barqarorligi va mustahkamligida va, nihoyat, davlat va jamiyat barcha a’zolari iqtisodiy manfaatlarining yagonaligida (mushtarakligida) namoyon bo’ladigan moliyaviy barqarorlik va moliyaviy mustaqillikni ta’minlashdir. Shunga monand ravishda uning asosiy metodologik printsiplari quyidagilardan iborat:

    • pirovard maqsadga bog’liqlik;

    • xo’jalik barcha tarmoqlarining makroiqtisodiy muvo-zanatliligi;

    • jamiyat barcha a’zolarining manfaatlariga mos kelish;

    • iqtisodiy qonunlardan foydalanish;

    • real imkoniyatlar asosida ichki va tashqi iqtisodiy sharoitlarni hisobga olish.


Moliyaviy boshqaruvning konkret metodlari va shakllari quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin:

    • moliyaviy rejalashtirish;

    • bashoratlash (prognozlashtirish);

    • dasturlashtirish;

    • moliyaviy tartibga solish;

    • moliyaviy nazorat;

    • moliyaviy qonunlarni (qonunchilikni) qabul qilish;

    • moliyaviy resurslarni jalb qilish metodlari tizimi.

  • boshqaruvning yagona umumiy markazi sifatida faoliyat ko’rsatadi.

davlat mablag’larining sarflanish va davlat mulkidan foydalanishning maqsadga muvofiqligi va samaradorligini aniqlash;davlat byudjeti va davlat maxsus fondlarini shakl-lantirish va ulardanfoydalanishga ta’sir ko’rsatadigan yoki xarajatlarning davlat byudjeti hisobidan qoplanishini ko’zda tutayotgan davlat hokimiyatining qonunlari va normativ-huquqiy aktlarini moliyaviy ekspertiza qilish;
Moliya vazirligining muhim bo’linmasi G’aznachilik30 tizimi bo’lib, u davlat byudjetining kassa ijrosini ta’minlashga mas’uldir. Moliyaviy boshqaruvga bevosita daxldor bo’lgan G’aznachilik tizimining asosiy vazifalari tarkibiga quyidagilar kiradi:

    • kassaning yagonaligi printsipidan kelib chiqib, G’azna-chilikning bankdagi hisobvaraqlarida bo’lgan byudjet daro-madlari va xarajatlarini boshqarish;

    • davlat maxsus fondlarining moliyaviy ijrosini ta’-minlash;

    • davlat moliyaviy resurslarining hajmlarini qisqa muddatli bashoratlash va ularni operativ boshqarish;





Download 65.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling