Referat mavzu: Moliyaviy boshqaruv. Bajardi: 3 kurs ijtimoiy ish (pensiya ta`minoti) yo`nalish talabsi Toshtemirov Suhrob


Download 65.81 Kb.
bet3/5
Sana16.02.2023
Hajmi65.81 Kb.
#1203777
TuriReferat
1   2   3   4   5
Bog'liq
TS moliya bozori

Moliyaviy boshqaruv tizimi








Makroiqtisodiy muvozana; Byudjet rejalarni profitsitligi;

Moliyaviy siyosat

Byudjet fondlarini shakllantirish va foydalanish bo’yicha munosabatlar;
Sug’urta fondlarini shakllantirish va foydanish bo’yicha munosabati.
lar.


Boshqaruv printsiplari; Moliyaviy dasturlash; Moliyaviy rejalash- tirish; Moliyaviy tartibga solish;

Prezident; Parla-ment; Hukumat; Moliya vazirligi; Davlat soliq qo’mitasi; Markaziy bank; Hisob palatasi;


Moliyaviy barqarorligi

Timimlar moliyasi

Moliyaviy tizim

Boshqaruv subekti

Boshqaruv instrumentlari

Boshqaruv obekti

Boshqaruv maqsadi


1.1-rasm. Moliyaviy boshqaruv tizimi.1
davlat byudjetining ijrosi va amalga oshirilayotgan nazorat tadbirlarining natijalari to’g’risida Oliy Majlisning Senati va Qonunchilik palatasiga doimiy ravishda ma’lumotlarni taqdim etish.
2. Moliyaviy boshqaruv organlari va ularning vazifalari.

Moliyaviy tizimni umumiy boshqarish mamlakatning oliy hokimiyat va boshqaruv organlari tomonidan amalga oshiriladi. Umumdavlat miqyosida moliyaviy boshqaruv tizimi quyidagi boshqaruv organlaridan tashkil topishi mumkin:


• Prezident;
Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi hamda moliya, byudjet, soliq va bank masalalari bo’yicha Oliy Majlis har ikki palatasining tegishli qo’mitalari;
• Vazirlar Mahkamasi;
• Hisob palatasi;
• Moliya vazirligi va uning quyi , jumladan, G’aznachilik tizimi organlari;
• Markaziy bank;
• Davlat soliq qo’mitasi;
• Davlat bojxona qo’mitasi;
• Qimmatli qog’ozlar bo’yicha komissiya;
Byudjetdan tashqari davlat maxsus fondlarining ijroiya direktsiyalari va boshqalar.
Mamlakat Prezidenti moliyaviy tizimning faoliyatini tartibga soladi, mamlakat byudjetini tasdiqlaydi, Parlament tomonidan qabul qilingan moliyaviy qonunlarga “veto” qo’yish huquqiga ega.
Ikki palatadan (Senat va Qonunchilik) iborat bo’lgan Oliy majlis soliqlar, yig’imlar, soliq xarakteriga ega bo’lmagan to’lovlarni o’rnatadi, davlat byudjetini ko’rib chiqadi va tasdiqlaydi, shuningdek, davlat byudjetining ijrosi to’g’risidagi hisobotni ham tasdiqlaydi, moliyaviy qonunlarni (masalan, Soliq kodeksi va boshqalar) qabul qiladi.Bir vaqtning o’zida davlat ichki va tashqi qarzining chegaralarini belgilash ham Oliy Majlis tomonidan amalga oshiriladi. Moliyaviy boshqaruvning umumiyboshqaruv organi sifatida Vazirlar Mahkamasi davlat byudjetini ko’rib chiqadi, moliyaviy boshqaruvning yagona umumiy markazi sifatida faoliyat ko’rsatadi.
Davlat moliyaviy nazorat organi sifatida Hisob palatasi moliyaviy boshqaruvga oid quyidagi vazifalarni bajaradi:
• hajmi va maqsadga mo’ljallanganligi bo’yicha davlat byudjeti va davlat maxsus fondlari daromadlar va xarajatlarining o’z vaqtida ijro etilishi ustidan nazoratni tashkil qilish va amalga oshirish;
• davlat mablag’larining sarflanish va davlat mulkidan foydalanishning maqsadga muvofiqligi va samaradorligini aniqlash;
• davlat byudjeti va davlat maxsus fondlarini shakl-lantirish va ulardan foydalanishga ta’sir ko’rsatadigan yoki xarajatlarning davlat byudjeti hisobidan qoplanishini ko’zda tutayotgan davlat hokimiyatining qonunlari va normativ-huquqiy aktlarini moliyaviy ekspertiza qilish;
• davlat byudjetining ijrosi va amalga oshirilayotgan nazorat tadbirlarining natijalari to’g’risida Oliy Maj-lisning Senati va Qonunchilik palatasiga doimiy ravishda ma’lumotlarni taqdim etish;
• va boshqalar.
Moliyaviy boshqaruvning markaziy organi Moliya vazirligi va uning joylardagi organlari hisoblanadi. U mamlakat miqyosida yagona moliya, byudjet, soliq va valyuta siyosatining amalga oshirilishini ta’minlaydi. Moliya vazirligining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:2
• yagona davlat moliyaviy siyosatni ishlab chiqish va uni amalga oshirish;
• davlat byudjetining loyihasini tuzish va uning ijrosini ta’minlash;
• byudjet mablag’lari va davlat maxsus fondlari mablag’larining oqilona va maqsadli ishlatilishi ustidan moliyaviy nazoratni amalga oshirish;
• davlat moliyasining barqarorligini ta’minlash va moliyaviy bozorni rivojlantirishga oid chora-tadbirlarni ko’rish;
• mamlakatning byudjet tizimini takomillashtirish, bu borada tegishli takliflarni ishlab chiqish va ularni hayotga tatbiq etish choralarini ko’rish;
• mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining ustuvor yo’nalishlarini ta’minlash uchun moliyaviy resurslarni to’plash;
• davlat byudjeti va jamlanma byudjetning ijrosi haqida hisobotni tayyorlash;
• davlat tomonidan qarzlarni olish dasturini ishlab chiqish va davlatning ichki va tashqi qarzlarini boshqarish;
• uzoq, o’rta va qisqa muddatli istiqbolga mo’ljallangan mamlakat taraqqiyotining ijtimoiy-iqtisodiy bashoratlarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
• iqtisodiyotni moliyaviy sog’lomlashtirish va uni tarkibiy jihatdan qayta qurish, mamlakatdagi tovar ishlab chiqaruvchilar, ishlar va xizmatlarni bajaruvchilarning manfaatlarini himoya qiluvchi va qo’llab-quvvatlovchi chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirishda qatnashish;
• mamlakatdagi pul-kredit siyosatining asosiy yo’nalishlari, iqtisodiyotdagi hisob-kitoblar va to’lovlar-ning ahvolini yaxshilash bo’yicha takliflarni ishlab chiqishda ishtirok etish;
• faol investitsion siyosatni shakllantirish va uni amalga oshirishga yo’naltirilgan choralarni ishlab chiqish, davlat investitsiya dasturlari va mamlakat Taraqqiyot byudjetini ishlab chiqish va moliyalashtirishda qatnashish;
• moliyaviy rejalashtirish va milliy xo’jalikni moliyalashtirish sohalarida metodik (uslubiy) rahbarlikni amalga oshirish;
• mamlakat moliyaviy resurslar balansini ishlab chiqishda (Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda) faol ishtirok etish;
• moliyaviy intizom buzilganda moliyalashtirishni chek-lash yoki umuman to’xtatib qo’yish;
• va boshqalar.
Moliya vazirligining markaziy apparatida quyidagi bosh boshqarmalar va boshqarmalar bo’lishi mumkin:
• davlat byudjeti bosh boshqarmasi;
• valyuta aktivlari va majburiyatlari bosh boshqarmasi;
• hududlar moliyasi bosh boshqarmasi;
• agrosanoat majmuini moliyaviy tartibga solish bosh boshqarmasi;
• ijtimoiy soha va fanni moliyalashtirish bosh boshqar-masi;
• nazorat-taftish bosh boshqarmasi;
investitsiyalar boshqarmasi;
• iste’mol bozori va xizmat ko’rsatish sohalarini moliyaviy hamda narx orqali tartibga solish boshqarmasi;
• boshqaruv organlarini moliyalashtirish boshqarmasi;
• soliq siyosati boshqarmasi;
• buxgalteriya hisobi va audit uslubiyoti boshqarmasi;
• qimmatli qog’ozlar va moliya bozori boshqarmasi;
• moliya institutlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi;
• sanoatning bazaviy tarmoqlari va yoqilg’i-energetika majmui moliyasi boshqarmasi;
• mudofaa majmui, huquq-tartibot organlari va boshqa sohalarni moliyalashtirish boshqarmasi;
• va boshqalar.3
Moliya vazirligining muhim bo’linmasi G’aznachilik30 tizimi bo’lib, u davlat byudjetining kassa ijrosini ta’minlashga mas’uldir. Moliyaviy boshqaruvga bevosita daxldor bo’lgan G’aznachilik tizimining asosiy vazifalari tarkibiga quyidagilar kiradi:
• mamlakat byudjetining ijrosini tashkil qilish, amalga oshirish va nazorat qilish;
• kassaning yagonaligi printsipidan kelib chiqib, G’azna-chilikning bankdagi hisobvaraqlarida bo’lgan byudjet daro-madlari va xarajatlarini boshqarish;
• davlat maxsus fondlarining moliyaviy ijrosini ta’-minlash;
• davlat moliyaviy resurslarining hajmlarini qisqa muddatli bashoratlash va ularni operativ boshqarish;
• Markaziy bank bilan birgalikda davlatning ichki va tashqi qarzlarini boshqarish;
• byudjet bo’yicha hukumatning moliyaviy operatsiyalari to’g’risida va shuningdek, mamlakat byudjet tizimining ahvo-li to’g’risida qonunchilik va ijroiya organlariga hisobot taqdim etish;
• va boshqalar.
Mamlakatning Markaziy banki moliyaviy siyosat va uning tarkibiy qismi bo’lgan pul-kredit siyosatini amalga oshirishda muhim rol o’ynab, u G’aznachilik tizimi organlari bilan birgalikda byudjetning kassa ijrosini ta’minlaydi va boshqa kredit institutlarining faoliyatini nazorat qiladi.
Moliyaviy boshqaruv tizimida Davlat soliq qo’mitasi va uning quyi organlari ham muhim rol o’ynab, ular yordamida soliqlar, yig’imlar va boshqa to’lovlarning to’g’ri hisob-lanishi, ularning tegishli byudjet fondlariga to’liq va o’z vaqtida o’tkazilishi ustidan nazorat amalga oshiriladi. Shunga muvofiq ravishda moliyaviy boshqaruvga oid Davlat soliq qo’mitasi va uning quyi organlari quyidagi vazi- falarni bajaradi:4
• byudjetga va maxsus fondlarga soliqlar, yig’imlar va to’lovlarning to’g’ri hisoblanishi, to’liq va o’z vaqtida o’tkazilishi masalalari bo’yicha moliyaviy qonunchilikka qay darajada rioya etilayotganligini nazorat qilish;
• soliq to’lovchilarni hisobga olish va ularni tekshirish;
“G’azna” iborasi “xazina” iborasining buzilgan shakli bo’lib, u “xazina” bilan bir xil ma’noni anglatadi. “Xazina” esa o’zbek tilida ko’p ma’noli ibora bo’lib, u yurtimizda qadimda, jumladan, “davlat byudjeti” iborasining ham sinonimi sifatida ishlatib kelingan.
• moliya organlariga va g’aznachilikka soliqlar va boshqa to’lovlarning haqiqatdagi tushumlari to’g’risida har oyda ma’lumot taqdim etish;
• ortiqcha to’langan soliq summalarini va soliq to’lov-chilardan noto’g’ri undirilgan jarima va penyalarni ega-lariga qaytarish bo’yicha tegishli ishlarni amalga oshirish; va boshqalar.
Davlat bojxona qo’mitasi va uning tegishli organlari moliyaviy boshqaruv tizimida o’ziga xos bo’lgan o’ringa ega. Ular bojxona bojlarining o’z vaqtida tushishi uchun mas’ul hisoblanadi va bu borada quyidagi asosiy vazifalar ularning zimmasiga yuklatilgan:
• bojxona organlari tomonidan undiriladigan soliqlar bo’yicha soliq tekshiruvlarini amalga oshirish;
• bojxona organlari tomonidan undiriladigan soliq-larni hisoblash va to’lash bilan bog’liq bo’lgan hujjatlarni tekshirish;
• soliq qonunchiligini buzganligi yoki unga to’liq rioya qilmaganligi uchun soliq to’lovchilarning bankdagi operatsiya-larini to’xtatib turish;
• soliq qonunchiligida ko’zda tutilgan jarima va boqi-mandalarni undirish;
• va boshqalar.
O‘z navbatida, Davlat mulki qo’mitasi moliyaviy boshqa-ruvga oid soliq xarakteriga ega bo’lmagan daromadlarni (ijara haqi, davlat mulkini sotishdan keladigan daro-madlar va boshqalarni) olish maqsadida davlat mulkini boshqarishni tashkil qiladi.
Qimmatli qog’ozlar bo’yicha komissiya fond bozori ishtirokchilarining faoliyatini nazorat qilib, byudjet fondiga tushuvchi tushumlarning ortishiga o’z ta’sirini ko’rsatadi.

Download 65.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling