Referat mavzu: Moliyaviy nazorat Bajardi: 91k/2 guruh talabasi Botirov Shahobiddin Moliyaviy nazorat Reja
Download 104.5 Kb.
|
Moliya fani. Moliyaviy nazorat Referat. Botirov.Sh
Tekshirish usuli orqali, hisobot, balans va xarajat hujjatlari asosida korxona moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining alohida masalalari ko‘rib chiqiladi. Tekshirish jarayonida moliya intizomining buzilgan nuqsonlari aniqlanadi, natijada, mavjud muammolarni bartaraf etish va salbiy holatlarni takrorlanmasligi uchun chora-tadbirlar ishlab chiqiladi.
O‘rganish korxona, tashkilot va muassasalar faoliyatining alohida tomonlarini qamrab oladi. Tekshirishdan farqli o‘laroq, o‘rganish ko‘rsatkichlarning keng ko‘lamini qamrab oladi va xo‘jalik subyektining moliyaviy holatini, uni rivojlanish istiqbollarini, ishlab chiqarishni qayta tashkil qilish yoki qayta ixtisoslashuvining zarurligini aniqlab beradi. O‘rganish so‘rov va anketalar o‘tkazish orqali amalga oshirilish mumkin. Tahlil moliyaviy nazoratning bir usuli sifatida tizimli va omilli bo‘lishi lozim. U davriy yoki-yillik hisobotlar orqali bajariladi. Pirovardida, rejaning bajarilish, mablag‘larni sarflanish me’yorlariga rioya etilish, moliyaviy intizomga rioya etilish darajalari aniqlanadi. Moliyaviy nazoratning taftish usuli korxona va tashkilotlarning hisobot davridagi moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tekshirish uchun ko‘llaniladigan eng muhim usullaridan biri hisoblanadi. Amaliyotda har qanday taftishni amalga oshirishdan oldin maxsus dastur qabul qilinib, uning tarkibida taftish maqsadi, obyekti, mavzusi va vazifalarni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan asosiy masalalar aks etgiriladi. Taftishning maqsadidan kelib chiqib, turli xil yondashishlar qo‘llaniladi, jumladan, reja va hisobotdagi ma’lumotlarni qiyoslash, naqd pullarni tekshirish, hujjatli va qarama-qarshi tekshirishlar, tovar-moddiy boyliklarni inventarizatsiya qilish va shunga o‘xshashlar. Taftish so‘nggida taftishni amalga oshirgan mutaxassislar tomonidan dalolatnoma tuziladi. Dalolatnomada korxonaning ishlab chiqarish faoliyatida yuzaga kelgan kamchiliklar va muammolarni bartaraf qilish uchun chora-tadbirlar ko‘rsatiladi. Moliyaviy nazorat uslubiy usullarining quyidagi tasnifini tavsiya etamiz: Download 104.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling