Referat mavzu: Moliyaviy nazorat Bajardi: Kenjayev Shohrux Moliyaviy nazorat Reja


Download 107.11 Kb.
bet4/5
Sana08.03.2023
Hajmi107.11 Kb.
#1254076
TuriReferat
1   2   3   4   5
Bog'liq
New DOC Document

Mustaqil (auditorlik) moliya nazoratini maxsus audit firmalari va xizmatlari amalga oshiradi.
Moliyaviy nazoratni amalga oshirish shakli quyidagicha boʻladi:
- dastlabki;
- joriy;
- soʻnggi.
Moliya nazoratining dastlabki shakli yuridik va jismoniy shaxslarning moliya xo'jalik jarayonini yurgizishda muhim ahamiyat kasb etib, u korxona moliya rejasini tashkil qilishda, ko'rib chiqishda va tasdiqlashda, muassasa va tashkilotlarning daromadlar va xarajatlar smetasi, ta’sis hujjatlarini imzolashdan oldin amalga oshirilishi lozim bo'lgan jarayonlar tartibidir. Shunday qilib, dastlabki nazorat moliyaviy, moddiy va mehnat resurslaridan samarali foydalanishga ijobiy shart-sharoit yaratib beradi. Moliyaviy nazoratning bu shakli amaldagi qonunchilik va me'yoriy hujjatlar buzilishining oldini olishga xizmat qiladi.
Joriy moliyaviy nazorat shakli xoʻjalik-moliya operatsiyalari jarayoni orqali moliya rejalari bajarilayotgan paytda qoʻllaniladi. Ushbu shaklning asosiy ahamiyati korxonalarning ichki xoʻjalik rezervlarini izlash hisobidan jamgʻarmani oshirishga ta'sir qiladi. Joriy moliya nazorati korxona, tashkilot va muassasalarning moliya xizmatlari orqali moliya rejasi bajarilayotganda, moliyaviy intizom lar buzilishining oldini olish maqsadida kundalik tadbirlarni amalga oshiradi.
Moliya nazoratining so'nggi shakli hisobot davri va butun moliya-yili tugagandan so'ng amalga oshiriladigan tadbirlar yigʻindisidir. Bunda, budjetni ijro etishdagi davlat pul resurslarini maqsadga muvofiq xarajat qilinganligi, korxona va tashkilotlarning moliya rejasini bajarganligi hamda budjet muassasalari smetasining bajarilish natijalari tekshiriladi. So'nggi moliya nazorati dastlabki moliyaviy nazorat shakli bilan oʻzaro bogʻliqlikdadir, chunki soʻnggi nazorat dastlabki moliya nazorati bazasida amalga oshiriladi.
Moliyaviy nazoratni qonuniy ravishda, zaruriyat tugʻilganda va oʻz vakolati chegaralarida Oʻzbekiston Respublikasining davlat boshqaruv organlari olib boradi. Ulardan: Moliya vazirligi, Davlat soliq qo'mitasi, Davlat Mulki qo'mitasi, Davlat Bojxona qo'mitasi va boshqalar. Markaziy bank tijorat banklarini nazorat qiladi va qolgan fondlar faoliyatini Ijtimoiy ta’minot vazirligi qoshida vakolatli maxsus tuzilgan insoeksiyalar olib boriladi.
Davlat moliyasi nazorat organlari bo’lib Moliya vazirligi qoshida tuzilgan nazorat-taftish boshqarmasi (NTB) hisoblanadi.
8-avgust 1996-yilda Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti "Tekshirishlarni tartibga solish va nazorat organlari faoliyatini koordinatsiyasini takom illashtirish" toʻgʻrisidagi Qarorga imzo qo'ydi. Unda tekshirishlarni nazorat qilish maqsadida, xoʻjalik subyektlarining faoliyatiga, mulkchilik shaklidan qat'iy nazar, nazorat organlari tomonidan sababsiz aralashishga yo'l qo'ymaslik xo'jalik subyektlarini moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirish va tahlil qilishni muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi zimmasiga yuklatildi. Uning qoshida nazorat organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika Kengashi tashkil etildi va unga quyidagi vazifalar yuklatildi:
- yil, yarim-yil va choraklar davrida rejali tekshirishlarni o'tkazish jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash;
- amalda kompleks tekshirishlarni oʻtkazishni kiritish va ularda bitta korxona hamma vakolatli tashkilotlar tomonidan tekshirilib, shuni evaziga oʻtkaziladigan tekshirishlar miqdorini va ayrim masalalarni qayta tekshirilishini kamaytirish.
Jamoat nazoratini mustaqil, masalan, iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati, atrof-muhitni himoya qilish jamiyatlari amalga oshira boshladilar.
Moliyaviy nazorat amalga oshirish usullari bo'yicha ham farqlanib, u quyidagilarga boʻlinadi:
- tekshirish;
- oʻrganish;
- tahlil;
- taftish.
Tekshirish usuli orqali, hisobot, balans va xarajat hujjatlari asosida korxona moliyaviy-xoʻjalik faoliyatining alohida masalalari koʻrib chiqiladi. Tekshirish jarayonida moliya intizomining buzilgan nuqsonlari aniqlanadi, natijada, mavjud muammolarni bartaraf etish va salbiy holatlarni takrorlanmasligi uchun choratadbirlar ishlab chiqiladi.

Download 107.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling