Referat mavzu: Moliyaviy nazorat Bajardi: Kenjayev Shohrux Moliyaviy nazorat Reja
Download 107.11 Kb.
|
New DOC Document
Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti REFERAT Mavzu: Moliyaviy nazorat Bajardi:Kenjayev Shohrux Moliyaviy nazorat Reja:
Moliyaviy nazorat mazmuni va ahamiyati Moliyaviy nazoratning obyektlar, subyektlari va usullari Davlat moliyaviy nazoratining mazmuni Davlat moliyaviy nazorat organlari Moliyaviy nazoratning mazmuni va ahamiyati Nazorat iqtisodiy tizimning zarur elementi sifatida butun insoniyat sivilizatsiyasi bilan birga rivojlanadi, evolyutsion taraqqiyot va inqilobiy to'fonlar jarayonida, jamiyat iqtisodiy form at siyasi, siyosiy tizimi, davlat va xo'jalik boshqaruvi, qonun chiqaruvchi, ijroiya va sudlov hokimiyati organlari almashinuvi jarayonida oʻzgarib boradi. Nazorat - jamiyat iqtisodiy hayotidagi obyektiv hodisa va har qanday davlat boshqaruvining muhim boʻgʻinidir. Shu bilan birga u koʻp ming rahbar va mutaxassislar, mehnat jamoalari, jamoat va davlat tashkilotlarining subyektiv ijod sohasidir. Moliyaviy nazorat - butun nazorat tizimining tarkibiy qismi boʻlib, uning yo'nalishi davlat moliya siyosatini muvaffaqiyatli amalga oshirish, tarmoqlar iqtisodiyotidagi barcha soha va bo'g'inlarda moliyaviy resurslarni shakllantirish va samarali foydalanishga qaratilgan boʻladi. Bozor munosabatlari rivojlangan taqdirda ham moliyaviy nazoratning salohiyati pasaymasdan, balki oshib boradi. Moliyaviy nazorat - moliyaning nazorat funksiyasini amalga oshirish koʻrinishida namoyon boʻlib, u moliyaviy nazoratning mazmuni va yoʻnalishini belgilab beradi. Shunday bo'lsada, moliyaviy nazoratning mazmuni va yo'nalishi jamiyatdagi ishlab chiqarish kuchlari va munosabatlarining o'zgarishidan kelib chiqqan holda oʻzgarib turadi. Masalan, korxonalarning xoʻjalik yuritish huquqlarining kengayishi, ularning moliyaviy faoliyatini olib borishdagi mustaqilligi, tadbirkorlikning rang-barang koʻrinishdagi mulk shakllarining vujudga kelishi moliyaviy nazoratning mazmunini boyitishga olib keladi. Download 107.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling