Referat mavzu: Monopolistik korxonaning narx siyosati va foydasini maksimallashtirish
Monopoliyaga Qarshi Kurashish Qo’mitasi
Download 423.34 Kb.
|
Mikroiqtisodiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan manbalar
2.4. Monopoliyaga Qarshi Kurashish Qo’mitasi
Monopoliyaga qarshi siyosat — davlatning monopoliyaga qarshi kurash siyosati. Dunyo tajribasiga koʻra, Monopoliyaga qarshi qonunchilik, asosan, quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha shakllandi. Birinchidan, ishlab chiqarish (tarmoq)ni boshqaruvchi qonunlar. Bu qonunlarga binoan, odatda, hech bir korxona (korporatsiya)ning biror turdagi mahsulot ishlab chiqarishning yarmidan ortigʻini nazorat qilishga huquq berilmaydi. Ikkinchidan, barcha yirik korporatsiyalar ishtirokchilari boshqa korporatsiyalar aksiyalarining maʼlum cheklangan miqdoridan ortigʻiga ega boʻla olmasligi belgilab qoʻyiladi. Uchinchidan, narxlarni bozor muvozanati belgilagan darajadan yuqori yoki past turishini, narx ustidan kelishib olishni taqiqlovchi kartellarta karshi qonunlar joriy qilinadi. Davlatning monopoliyalarga qarshi siyosati milliy iqtisodiyotida raqobat oddindan shakllanib boʻlgan mamlakatlarda raqobatchilik muhitini takomillashtirishga, bozor iqtisodiyotiga oʻtayotgan mamlakatlarda esa bu muhitni shakllantirishga qaratilgan. Bozorda monopoliyani oʻrnatishga urinishlar va monopol mavqeni suiisteʼmol qilishni taqikdaydigan trestlarga qarshi birinchi qonun — Sherman qonuni AQShda 1890-yilda qabul qilingan. Monopoliyaga qarshi qonunchilikq. va uni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan choratadbirlar har bir mamlakatda sharoit taqozo etgan shakllarda amal qiladi. Rivojlangan barcha davlatlarda sogʻlom raqobat muhitini himoya qilish maqsadida turli koʻrinishdagi, monopolistik foaliyatlar ustidan davlat tomonidan tartibga solish amalga oshiriladi. Mac, AQShda monopoliyaga qarshi davlat siyosati — Federal savdo komissiyasi va Adliya departamentining trestlarga qarshi boshqarmasi, Rossiyada — Monopoliyaga qarshi siyosat va tadbirkorlikni qoʻllabquvvatlash vazirligi, Yaponiya va Janubiy Koreyada — Halol raqobat boʻyicha komissiya, Yevropa Ittifoqida esa — Raqobat boʻyicha komissiya tomonidan amalga oshiriladi. Oʻzbekistonda monopoliyaga qarshi organ 1992-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Monopoliyaga karshi va narx siyosati bosh boshqarmasi sifatida tashkil qilindi. 1996-yil 15-mayda ushbu boshqarma negizida Moliya vazirligi huzurida Mo-nopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qoʻmitasi tashkil etildi. 2000-yil 2 avgustda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish Davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida"gi farmoniga asosan monopoliyaga qarshi organ Moliya vazirligi tarkibidan chiqarilib, mustaqil davlat qoʻmitasiga aylantirildi. Oʻzbekiston davlatining raqobatchilik muhitini shakllantirishga qaratilgan siyosatida xususiylashtirish, davlat mulki hisobidan mulkchilikning boshqa shakllarini vujudga keltirish asosiy oʻrin tutadi. Xususiylashtirish natijasida, birinchidan, mulk oʻz egalari qoʻliga topshirilsa, ikkinchidan, koʻp ukladli iqtisodiyot va raqobatchilik muxiti vujudga keladi. Raqobatni shakllantirishda iqtisodiyotning davlat korxonalari saqlanib qolishi kerak boʻlgan sohalardagi korxonalar uchun ularning bozor sharoitlariga tarkiban moslashuviga imkon beradigan xoʻjalik yuritish mexanizmini ishlab chiqarish muhim oʻrin egallaydi. Bu mexanizm davlat korxonalari iqtisodiy jihatdan erkin boʻlishini, ularning faoliyati tijoratlashgan boʻlishini nazarda tutadi. Bozor iqtisodi-yotiga oʻtish davrida raqobatning asosiy usuli narx boʻlganligi sababli, narxlarni erkin qoʻyib yuborish raqobatli muhitni vujudga keltirishning asosiy talabi hisoblanadi. Shu maqsadda Oʻzbekistonda "Monopolistik faoliyatini cheklash toʻgʻrisida"gi qonun (1992-yil 3 avgust) qabul qilindi hamda uning asosida raqobatchilikni rivojlantirishga karatilgan bir turkum normativ hujjatlar ishlab chiqildi. Mazkur qonunga koʻra, bozorda ataylab takchillik yaratish, narxlarni mo-nopollashtirish, raqobatchilarning bozorga kirib borishiga toʻsqinlik qilish, raqobatning gʻirrom usullarini qoʻllash man etiladi. Qo’mitada Jahon banki va Qozog’istonning monopoliyaga qarshi organi delegatsiyalari vakillari bilan uchrashuvlar bo’lib o’tdi. Bo’lib o’tgan uchrashuvlarda raqobat sohasida qo’shma dasturlarni ishlab chiqish, tovar va moliya bozorlarida raqobatning holatini tahlil qilish bo’yicha mavjud bilimlarni yanada mustahkamlash borasida o’quv seminarlarini tashkil etish, tajriba almashish, hamda Qo’mitaga texnik ko’mak berish masalalari muhokama qilindi. Bundan tashqari, Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti va BMT savdo va rivojlanish Konferentsiyasi bilan monopoliyaga qarshi kurashish tizimini tartibga solish va raqobatni rivojlantirish sohasida qo’shma loyihalarni ishlab chiqishda o’zaro hamkorlik qilish to’g’risida kelishib olindi. Shuningdek, Boshqarma mutaxassislari O’zbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi o’rtasidagi sherikchilik va hamkorlikni kengaytirish to’g’risidagi Kelishuvga O’zbekiston Respublikasini qo’shilishi bo’yicha o’tkazilgan muzokaralarda ishtirok etdilar. Bo’lib o’tgan muzokaralar davomida Qo’mita tomonidan Kelishuvga raqobat to’g’risidagi qoidalarni kiritish, monopoliyaga qarshi kurashish tizimini tartibga solish sohasida axborot, tajriba almashish, hamda monopoliyaga qarshi ilg’or amaliyotlarni hisobini yuritish va tomonlar tarafidan ularga rioya etish zarurligi qayd etildi va kelishib olindi. Monopoliyaga qarshi kurashish tizimini tartibga solish va raqobatni rivojlantirish sohasidagi eng yaxshi amaliyotlarning bazasini yaratish bo’yicha tuzilma tuzildi va uni to’ldirish ishlari boshlandi. Global raqobatbardoshlik va iqtisodiy erkinlik indekslarini hisoblashga qo’shilish va unda O’zbekiston egallagan pozitsiyalarni yanada yaxshilash borasida raqobatga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi omillarni aniqlash maqsadida davlat tomonidan beriladigan imtiyozlar va preferentsiyalarni tahlil qilish, davlat tomonidan tartibga solinadigan narx va tariflarni qisqartirish, narxlarni deklaratsiya qilish tartibini bekor qilish, litsenziyalar va ruxsat beruvchi hujjatlarning amaldagi turlarini qayta qo’rib chiqishga qaratilgan choralar bo’yicha yo’l xaritalar ishlab chiqildi va taqdim etildi. Boshqarma xodimlari tizimli ravishda ushbu yo’l xaritalari, Qo’mitaning asosiy ko’rsatkichlari va Hukumat topshiriqlari bo’yicha ma’lumotlarni to’playdilar va umumlashtirib boradilar. Bundan tashqari, Qo’mita faoliyatida qo’llash uchun eng yaxshi amaliyotlar, xalqaro tajribalar o’rganib borilmoqda. Boshqarma tomonidan 10 dan ortiq (Angliya, Frantsiya, Germaniya, Yaponiya, Koreya, Avstraliya, Isroil, Braziliya, Rossiya va Qozog’iston) mamlakatlarning monopoliyaga qarshi muvofiqlik bo’yicha ilg’or tajribalarni o’rganib chiqdi va “Risklarni boshqarish tizimini joriy etish va raqobat to’g’risidagi qonun hujjatlari buzilishining oldini olish chora-tadbirlari to’g’risida” qonun loyihasi ishlab chiqildi. Ayni paytda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishilgan va keyingi tasdiqlash uchun O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etilgan. Ushbu qaror qabul qilingandan so’ng, tovar, moliya va raqamli bozorda ustun mavqeni egallab turgan korxonalarda monopoliyaga qarshi muvofiqlikni bosqichma-bosqich amalga oshirish uchun «yo’l xaritalari» ishlab chiqiladi. «Raqobat to’g’risida» gi O’zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini yangi tahrirda ishlab chiqishda faol ishtirok etildi, boshqarma tomonidan monopoliyaga qarshi qonunchilikka rioya qilish masalalari bo’yicha maqolani kiritish bo’yicha takliflar tayyorlandi. Xulosa Sof monopoliya - bu bitta sotuvchi va ko`p xaridorlar qatnashgan bozor, yoki o`rnini bosadigan tovar bo`lmagan tovarni sotadigan yagona sotuvchi bo`lgan bozor vaziyati, yoki tarmoqda yagona hukmron firma bo`lib, firmaning ishlab chiqarish va sotish chegarasi tarmoq chegarasiga teng bo`lgan bozor. Monopol hokimiyatda narx chekli xarajatdan yuqori bo`ladi. Monopol hokimiyatda narx oshadi, ishlab chiqarish hajmi kamayadi, natijada bu firmaning daromadini oshishiga va iste`molchilar turmush darajasining pasayishiga olib keladi. Momopoliya sohalariga kirish ham juda mushkul to’siqlar mavjud. Davlat tomonidan beriluvchi maxsus litsenziyalar olish mushkul. Monopolistik korxonani o’rganib chiqib shuni xulosa qilish mumkinki, monopolistik korxona(sof monopoliya) bozorni to’liq egallagan. Oligopoliya esa kam sonli sotuvchilar ishtirok etuvchu bozor. Bunday turdagi firmalarda narx deyarli istalgan tarzda belgilanadi. Bunday firmalar narxni o’ta yuqori qilib belgilamasliklari uchun davlat aralashuvi ham mavjud. Monpolist bozorga juda katta ta`sir o’tkaza oladi. Masalan, UZ AVTO MOTORS misolida oladigan bo’lsak, firma maxsulot ishjlab chiqaradi va narxni belgilaydi. Ishlab chiqargan maxsulotlarini bozorga chiqarmasdan uni yashirib qo’yadigan bo’lsa bozorda maxsulot kamayadi, undan boshqa ishlab chiqaruvchi yo’q bo’lganligi uhun bozorda bor firmaga tegishgli maxsulot narxi keskin ko’tariladi. Davlatimiz bugungi kunda monopoliyani kuchayib ketishini oldini olish maqsadida aholi daromad darajasidan kelib chiqgan holda narxlarni mo’tabil ushlab turishga ham aralashuvi katta. Foydalanilgan manbalar 1. Robert S. Pindyck, Daniel L. Rubinfeld. Microeconomics. Pearson Education Limited, Edinburgh Gate Harlow, Essex CM20 2JE, England 2018. P 787. 2. B.T.Sаlimov, M.S.Yusupov, B.B.Sаlimov. Mikroiqtisodiyot. Dаrslik (To`ldirilgan va qayta ishlangan nashri). –T.: Iqtisodiyot, 2021, - 427 b. 3. www.lex.uz 4. arxiv.uz 5. https://antimon.gov.uz/ Download 423.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling