Referat mavzu: Mustaqillik yillarida jamiyat ma’naviy hayotini tiklashga berilayotgan e’tibor


"Erkin  fuqaro  ma'naviyatini,  ozod  shaxsni  shakilantirish  masalasi


Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/9
Sana05.01.2022
Hajmi0.64 Mb.
#224564
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9
"Erkin  fuqaro  ma'naviyatini,  ozod  shaxsni  shakilantirish  masalasi 

oldimizda  turgan  eng  dolzarb  vazifadir.Boshqacha  aytganda,  biz  о  'z  haq-

huquqlarini taniydigan, o'z kuchi va imkoniyatlariga tayanadigan, atrofida sodir 

bo'layotgan  voqea-hodisalarga  mustaqil  munosabat  bilan  yondashadigan,  ayni 

zamonda,  shaxsiy  manfaatlarini  mam-lakat  va  xalq  manfaatlari  bilan  uyg'un 

holda  ko'radigan  erkin,  har  jihatdan  barkamol  insonlarni  tarbiyalashimiz 

kerak»'. 

Prezidentimizning 

 

Islom 


Karimovning 

Milliy-Ma‘naviy 

tiklanish 

konsepsiyаsida  ilgari  surilgan  g‗oyalar  bugungi  kunda  milliy  ma‘naviyatni 

rivojlantirish  davlat  siyosatida  ustuvor  vazifa  sifatida  belgilanishga  xizmat  qilib 

kelmokda. 

Islom  Karimov  o‗z  asarlarida  mamlakatimizda  milliy  ma‘naviyatni  tiklash 

va  rivojlantirish  davlat  siyosatida  ustuvor  vazifa  ekanligiga  e‘tiborni  qaratib, 

quyidagi  konseptual  g‗oyani  ilgari  suradi.  U  shunday  yozadi:  «Oldin  odamlarga 

moddiy  boylik  berish,  so‗ngra  ma‘naviyat  to‗g‗risida  o‗ylash  kerak  deydiganlar 

haq bo‗lmasa kerak. Ma‘naviyat — insonning, xalqning, jamiyat, davlatning kuch-

qudratidir. U yo‗q joyda hech qachon baxt-saodat bo‗lmaydi...». 

Bu  kabi  savollarning  son-sanog‗i  yo‗q.  Mana  shularning  o‗zi  ham  milliy 

ma‘naviyatimizning naqadar toptalganligini ta‘kidlovchi misollardir. 




Bunday imkoniyatlarni qo‗lga kiritishimizda xalqimiziing sevimli farzandi, 

ulkan  davlat  va  siyosat  arbobi,  yetuk  olim,  vatanparvar  va  millatparvar  inson 

otamiz Islom Karimovning yetakchilik va rahbarlik roli asosiy rol o‗ynadi. 

Mustaqillik yillari Qur‘oni Karim o‗zbek tiliga tarjima qilinib, ko‗p nusxada 

chop etildi. Imom al-Buxoriyning to‗rt jildlik hadislarini chop etish tugallandi. Xoja 

Ahmad  Yassaviyning  «Hikmatlar»  to‗plami  chop  etildi.Ko‗plab  Qur‘oni  Karim 

sharhlariga  oid  kitoblar  ham  chop  etilganligini  va  ulardan  xalqimiz  bahramand 

bo‗layotganligining guvohi bo‗lib turibmiz. 

Mustaqillik  yillari  Iydi  Ramazon  va  Qurbon  hayit  kunlari  Diniy 

qadriyatlarimizning bayrami sifatida nishonlanmoqda. Navro‗z umumxalq bayrami 

sifatida  xalqimiz  hayotidan  mustahkam  o‗rin  oldi.Har  yili  3000  dan  ortiq 

vatandoshlarimiz  muborak  haj  safarlarini  ado  etmoqdalar.  Mustaqillik  yillari 

ko‗plab masjid va madrasalar ta‘mirlandi. 

Amir Temur, Mirzo Ulug‗bek, Bobur Mirzolarning nomi qayta tiklandi. Amir 

Temur  tavalludining  660  yilligi,  Mirzo  Ulug‗bekning  esa  600  yilligi  keng 

nishonlandi  va  shu  munosabat  bilan  yurtimizda  beqiyos  ma‘naviy-ma‘rifiy  ishlar 

amalga oshirildi. 

Mustaqillik  tufayli  milliy    istiqlolimiz  kurashchilari  Abdulla  Qodiriy, 

Cho‗lpon, Fitrat, Usmon Nosir, Behbudiy va boshqalarning nomi tiklandi, asarlari 

chop etildi, ular tavallud topgan kunlar umummilliy bayram sifatida nishonlandi. 

Qatag‗on  yillarida  millatimiz  mustaqilligini  ta‘minlash  yo‗lida  qurbon 

bo‗lgan  xalqimizning  ana  shu  sevikli  farzandlarining  muborak  nomlarini 

abadiylashtirish  maqsadida  Vatanimiz  poytaxti  Toshkent  shahrida  Shahidlar 

hiyoboni barpo ztildi. 

Uzoq  tariximiz,  boy  madaniyatimiz,  serqirra  ma‘naviyatimizdan  guvohlik 

beruvchi  Xiva  va  Buxoro  shaharlarining  2500  yillik  to‗ylari  1997  yidda  katta 

tantanalar bilan nishonlandi. 

2000  yili  esa  ilohiyot  ilmining  darg‗asi  Abu  Mansur  al-Moturidiyning 

muborak  yubileyi  muvaffaqiyatli  ravishda  nishonlandi.  2001  yilda  esa  yana  bir 



ulkan  merosimiz  hisoblangai  «Avesto»ning  2700  yilligi  va  2002  yilda  Termiz 

shahrining 2500 yilligi nishonlandi. 

Bugungi  kunda  mamlakatimizning  eng  iqtidorli  2000  dan  ortiq  yoshlari 

rivojlangan  xorijiy  mamlakatlarning  oliy  o‗quv  yurtlarida  ta‘lim  olmoqdalar. 

«Mahalla»,  «Kamolot».  «Sog‗lom  avlod  uchun»,  «Nuroniy»,  «Ulug‗bek», 

«Umid», «Ustoz» kabi jamg‗armalar ham Prezidentimiz tashabbusi bilan vujudga 

keldi.  

Shuning  bilan  bir  qatorda  milliy-ma‘naviy  tiklanish  borasida  ko‗lami 

jihatidan  juda  katta  vazifalar  turibdi.  Biz  millatimiz  tarixi  va  merosini  chuqur 

o‗rganishimiz  lozim  bo‗ladi.  Zero,  Prezidentimiz  Islom  Karimov  ta‘kidlaganidek, 

«Biz  xalqni  nomi  bilan  emas,  balki  madaniyati,  ma‘naviyati  orqali  bilamiz, 

tarixining tag-tomirigacha nazar tashlaymiz»1. 

Demak,  ma‘naviyat  insonning  insoniylik  mohiyatini  belgilovchi  o‘zak 

tomiri,  insonni  mustaqil  shaxs  sifatida  qiyofalanishining  bosh  manbai  desak, 

yanglishmas  ekanmiz.  Millat  ma‘naviyati  esa  o‘tmishda,  bugun  va  kelajakdagi 

ushbu millatga aloqador barcha shaxslar ma‘naviyatining majmuidan iborat, deyish 

mumkin.  Shu  bilan  birga  ajdodlarimiz  yana  qaysi  manbani  o‘z  ma‘naviyatlarini 

shakllantirishga  asos  qilib  olgan  bo‘lsalar,  o‘sha  manbalar  ham  millat 

ma‘naviyatiga  bevosita  aloqador  bo‘lib  qoladi.  Masalan,  xalqimiz  1300  yil  ilgari 

islom  dinini  qabul  qilgan  bo‘lsa,  demak,  bu  e‘tiqodning  asos  manbalari  bo‘lmish 

Qur‘oni  karim  va  Hadisi  shariflarsiz  milliy  ma‘naviyatimizni  tasavvur  qilib 

bo‘lmaydi.  Imomi  A‘zam,  Imom  G‘azzoliy,  Ibn  al-Arabiyning  ma‘naviy  merosi 

haqida ham shunday deyish mumkin. 

Aslida  milliy  ma‘naviyat  nazariyasini  yaratish  uchun  qaysi  manbalarga 

tayanish,  uning  asoslarini  qaerlardan  qidirish  kerakligi  Prezident  asarlarida 

avvalboshidanoq aniq ko‘rsatib berilgan edi va yangi kitobda yana birma-bir sanab 

chiqilgan.  Bu  manbalardan  eng  birinchi  va  asosiysi  buyuk  ajdodlarimiz  merosidir. 

                                           

1

Karimov I.A Tarixiy xotirasiz kelajak yo‗q.. 9-bet. 



 

 



Buyuk  ajdodlarimiz  bizga  qoldirgan  ulkan  meros  –  milliy  ma‘naviyatimiz 

nazariyasini shakllantirish uchun butun kerakli unsur va tarkiblarni yaratib qo‘yipti, 

faqat  uni  xolis  nazar  bilan  astoydil  qidirsak,  kifoya.  Mustaqillikning  dastlabki 

yillaridan  boshlab  muntazam  davom  etib  kelayotgan  qutlug‘  an‘ana  –  ulug‘ 

bobolarimiz, dunyoga dong taratgan, jahon jamoatchiligi allaqachon o‘z muqaddas 

mulki deb tan olgan ma‘naviy meros sohiblarining yubileylarini mamlakat va jahon 

miqyosida nishonlash haqidagi farmonlar va ularning ijrosi ayni shu masala – milliy 

ma‘naviyatimiz sarchashmalariga butun xalqimiz va, birinchi navbatda, yosh avlod 

e‘tiborini jalb etish maqsadini ko‘zda tutadi. 

Demak, milliy ma‘naviyatni biz qandaydir o‘zga yurtlarda yaratilgan falsafiy 

qarashlardan,  sobiq  Sho‘rolar  davrida  bizga  tiqishtirilgan uydirma  mafkuralardan 

keltirib  chiqarishga  urinmay,  o‘z  xalqimiz  va  millatimizning  azaliy  qadriyatlariga 

murojaat  

Milliy  ma'naviyatda  -  milliy  manfaat  ham  muhim  rol  o'ynaydi.  Sobiq 

Sho'rolar  davrida  milliy  manfaatni  millatchilikka  yo'yganlar  va  milliy  manfaat 

yuzasidan  harakat  qilgan  kishilarni,  rahbarlar  va  yozuvchilarni  millatchi  deb 

badnom 

etganlar. 

O'zbek xalqi uchun umuminsoniy ma'naviyat bilan birga milliy ma'naviyat va uning 

boyliklari ham g'oyat qimmatlidir. Bularga o'zbek xalqining o'zi yaratgan, boyitgan, 

saqlab  kelayotgan,  avloddan-avlodga  o'tib,  boyib,  sayqal  topib,  rivojlanib 

borayotgan  milliy-ma'naviy  boyliklar,  ajdodlardan  qolgan  axloqiy  an'ana, 

marosimlar, axloqiy pand-nasihatlar va hokazolar kiradi. 

O'rta  Osiyolik  mutafakkirlarning  ilmiy  merosida,  manbalarda  o'zbeklarda 

qadrlangan,  o'zbekona  axloq,  odobga  oid  ma'naviy  fazilatlar  haqida  ko'plab 

qimmatli  fikr,  ma'lumotlar  mavjuddir.Zahiriddin  Muhammad  Bobur  o'zining 

«Boburnoma»  asarida  o'zbeklarga  xos  bo'lgan  ko'plab  ma'naviy-axloqiy  sifatlarni 

tasvirlaydi.  Bular  iymon  va  e'tiqodlilik,  andishalilik,  oilaga  muhabbat,  bolajonlik, 

halollik, birovning haqiga xiyonat qilmaslik, farzandlarning ota-onalariga, aka-uka, 

opa-singil,  qarindosh-urug'lariga  mehribonligi,  diniy  qadriyatlarga  rioya  qilish, 




savodxonlik,  sahovatlilik,  xushfe'llik,  shirinso'zlik,  mardlik,  odillik,  hayolilik, 

sahiylik, odamiylik, oq ko'ngillilik, mehnatsevarlik va boshqalardir. 

 O'rta  Osiyoga  sayohatga  kelgan  German  Vamberi  «Buxoro  yoxud 

Mavorounnahr  tarixi»  asarida  Oltin  O'rdadagi  o'zbeklarning  musulmoncha 

tarbiyalanganini, savdo-sotiqda og'ir  vazminligini, oq  ko'ngillilik va  samimiyligini, 

kamgapligini, 

sadoqatliligini, 

dovyurakligini, 

shinavandligini, 

oilaviy 


munosabatlarda  pokligini,  mulohazaliligi,  andisha  bilan  to'g'ri  so'zlashishini,  ota-

onaga  hurmati  va  e'tiqodi  kuchliligini,  birinchi  bo'lib  o'tirmaslik  va  birinchi  bo'lib 

so'zlashmasligini,  mug'ombirlikni  bilmasligini,  dinga  e'tiqodi  kuchli  bo'lib,  bu 

jihatdan anatoliyali turklarga 

o'xshashligini ko'rsatgan. 

O'zbek  xalqining  hozirgi  milliy  ma'naviyati  va  qadriyatlari  o'tmish  milliy 

ma'naviyatining  davomi  bo'lib  ularga  do'stlik,  o'rtoqlik,  mehmondo'stlik, 

odamgarchilik,  insonparvarlik,  axloqiy  teranlik,  tadbirkorlik,  fazilatlilik,  saxiylik, 

xushmuomalalilik,  jamoa  ichida  o'zini  tuta  bilishlik,  hayolilik,  sizlab  muomala 

qilish, ozodalik, xushchaqchaqlik, xushfe'llik, mardlik, samimiylik, lutfi karamlilik, 

ro'zg'orparvarlik,  shirinso'zlik,  tashabbuskorlik,  ona-yurt  va  xalqiga  muhabbatlilik, 

insoflilik,  diyonatlilik,  rostgo'ylik,  halollik,  oru-nomuslilik,  to'g'rilik,  rejalilik, 

poklik, sabr-andishalik, vazminlik, hojatbarorlik, ota-ona va kattalarni hurmat qilish

mehnatsevarlik, o'tmishga hurmat, insoflilik, iymonlilik, milliy g'urur, mustaqillikni 

qadrlash,  vatanparvarlik,  millatparvarlik  va  boshqa  milliy,  ma'naviy  -  axloqiy 

fazilatlar kiradi. 

Millat,  xalq  bor  ekan  uning  ma'naviy  dunyosida  milliy  jihatlar  doim  saqlanib 

qoladi.  O'zbeklarning  milliy  ma'naviyati,  erkak  va  ayollarning  o'ziga  xos  sharqona 

axloqiy  fazilatlari,  ota-ona,  farzandlar,  qo'ni-qo'shnilar,  mahalla-ko'y  aloqalari, 

halollik,  iymon,  vijdon  bilan  bog'liq  ma'naviyati  faqat  o'tmish  sadosi  emas,  balki 

hozirgi kun uchun ham xosdir. 

O'zga  millatlarning  ma'naviy  qadriyatlari  qanchalik  ta'sir  ko'rsatmasin 

kattalarga,  ota-onaga  hurmat,  kamtarlik,  halollik,  iymon,  mehnatsevarlik, 

mehmondo'stlik  singari  milliy  ma'naviy  fazilatlarimiz  barqarordir.Chunki  bu 

ma'naviy xislatlar avloddan-avlodga o'tib qon-qonimizga singib ketgan. Ayollarimiz 



qanchalik  zamonaviylashmasinlar,  ular  hayo,  ibo,  nomus  bobida,  oila,  qarindosh-

urug'larga  nisbatan  munosabat  bobida  sharqona,  o'zbekona  fazilatlarni  tark 

etmaydilar. Millat bor ekan, uning ma'naviyati saqlanib qoladi va rivojlanaveradi 

Yuqorida  ta'kidlaganimizdek,  ota-onani,  yoshi  ulug'larni  va  kichiklarning 

izzatini  o'z  o'rniga  qo'yish,  hurmat  qilish  ham  milliy  ma'naviyatimizga  kiradi.  Bu 

yo'l  istiqlol  va  istiqbol  muammolarini  o'tmishning  boy  tajribasi  bilan  bog'lashga 

yaqindan yordam beradi. 

Odatda  kishilar  ko'pincha  ikki  ishda  katta  xatoga  yo'l  qo'yadilar.Birinchisi  - 

yoshlarni  hali  yosh  deb,  ularga  ishonmaganida,  ikkinchisi  -  keksalarni  qariya  deb 

chetga  surib  qo'yganida.  Yoshlarda  kelajakka  intilish  bilan  bog'liq  bo'lgan  katta 

tashabbus,  kuch  va  g'ayrat  bo'ladi.  Keksalar  esa  hayot  yo'lida  ko'p  issiq  va  sovuq 

kunlarni  boshdan  kechirib,  boy  tajriba  orttirgani  uchun  ularda  uzoqni  o'ylab, 

bosiqlik  bilan  ish  qilish,  yetti  o'lchab  bir  kesish  singari  ma'naviy  boylik  va  yetuk 

tafakkur salohiyati bor. O'zbeklarning «qari bilganni pari bilmas», degan hikmatida 

ko'p  ma'no  bor.  Yoshlarning  tashabbusi,  kuchi,  g'ayrati  keksalarning  boy  hayotiy 

tajribasi  bilan  bog'langandagina  yaxshi  ijobiy  samara  beradi.  Keksa  avlodning 

bilimi,  hayot  tajribasi  yoshlar  uchun  ma'naviy  kamolot  va  ibrat  maktabidir.  Keksa 

avlodning  hayot  tajribasini  mensimaslik  hamma  davrlarda  ham  jamiyat  uchun 

falokatli  oqibatlarga  olib  kelgan.  Chunonchi,  1920-30  yillarda  hali  hayotda  biror 

og'ir saboqni ko'rmagan, baland-pastni bilmagan 15-17 yoshlik komsomollar ko'plab 

ishbilarmon,  mehnatsevar  dehqonlarni  quloq  qilish,  molu-mulkini  musodara  etib, 

uzoq  yerlarga  badarg'a  qilish  vazifasini  o'z  zimmasiga  olgani  xam  katta  iqtisodiy, 

ijtimoiy,  ma'naviy  bo'xronlarga  sabab  bo'ldi.  Hozir  ham  keksalarning  qadriga 

yetmaydigan,  ularni  mensimaydigan  yoshlar  oz  emas.Bu  o'zbek  milliy 

ma'naviyatidagi  salbiy  bir  hol,  ko'rinish.Uning  oldini  olish  zarur.Sovet  totalitar 

tuzumi  sharoitida  ma'naviy-axloqiy  fazilatlarning  milliy  jihatlari, an'analarini  inkor 

etish yoki kamsitish kuchaydi.Ularni ma'naviy qoloqlik ifodasi sifatida talqin etildi. 

Sharq  xalqlarining,  jumladan  o'zbek  xalqining  ming  yillik  ma'naviy  boyliklarini 

o'zida mujassamlashtirgan hadislar, shariat hukmlari diniy xurofat sifatida qoralandi. 




Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling