Referat mavzu: Mustaqillik yillarida jamiyat ma’naviy hayotini tiklashga berilayotgan e’tibor
Download 0.64 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Ma’naviyat – insonni ruhan
Ma’naviyat insonning ruhiyati bilan bog‘liq.Inson ruhiyati, albatta, tashqi
ta‘sirlar natijasida o‘zgarib turadi. Insonning iqtisodiy ahvoli, jamiyatda tutgan o‘rni va mavqei uning ma‘naviyatiga ta‘sir qilmay qolmaydi. Ammo, baribir, ma‘naviyat o‘z mustaqil yo‘nalishiga ega.Masalan, inson qanchalik boy, o‘ziga to‘q bo‘lsa, shunchalik uning ma‘naviy kamoloti yuqori yoki, aksincha, past bo‘ladi, desak, har ikki hukmda ham yanglishib qolamiz. Alisher Navoiy, Xoja Ahrori Valiy, Maxdumi A‘zam, Xoja Sa‘d Jo‘yboriy kabi allomalar ham ma‘naviy barkamol, ham nihoyatda badavlat bo‘lishgan. Shu bilan birga, dunyo molidan yuz o‘girgan, umrini zohidlikda o‘tkazgan buyuk allomalarimiz ham kam emas. Aksincha, nihoyatda ziyod mol-davlat sohibi bo‘lgan holda ma‘naviy kamolotdan uzoq kimsalar, yoki na dunyo molini, na ma‘naviy kamolotni qo‘lga kirita olmagan bechoralar ham hayotda uchrab turishini hamma biladi. Siyosat va iqtisodning manbasi ham, maqsadi ham ushbu foniy dunyodan tashqarida emas. Inson zoti bu sinov dunyosiga kirib kelar ekan, undagi moddiy vujud iqtisodiy ehtiyojni tug‘diradi, har bir tirik zot tug‘ilgandan keyin kun kechirish tashvishiga tushadi. Siyosat jamiyatga oid tushuncha, insonlar jamiyati shakllangan ekan, unda turli shaxslar, toifalar manfaatlarini qaysidir bir usulda muvofiqlashtirib turish ehtiyoji mavjud.Ushbu ehtiyoj siyosatni paydo qiladi. Ma‘naviyat o‘z manbasiga ko‘ra ham, maqsadiga ko‘ra ham bu foniy dunyodan tashqariga - baqoga yo‘nalgan. Ma‘naviyat asli baqoning fanoda zuhur etishidir.Ma‘naviyat inson uchun moddiy ehtiyoj ham, siyosiy zarurat ham emas.Ma‘naviyat insonning o‘z mohiyati oldidagi mas‘ulligidir.Uning mohiyati esa Borliq abadiyatiga daxldor. O‘zbekiston Prezidenti I.A.Karimov o‘zining yuqorida tilga olingan yangi kitobida ma‘naviyatga shunday ta‘rif beradi: “Ma’naviyat – insonni ruhan
Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling