Referat mavzu: Nikki janrining shakllanishi Tuzuvchi: Orifova Nigora Reja: Nikki janri haqida qisqacha 2


Download 79.64 Kb.
bet1/5
Sana09.01.2022
Hajmi79.64 Kb.
#266689
TuriReferat
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Nikki


REFERAT

Mavzu: Nikki janrining shakllanishi

Tuzuvchi: Orifova Nigora

Reja:

1. Nikki janri haqida qisqacha

2. Nikki janrining tarixi

3. Umumiy xususiyatlari

4. Ta’sir etuvchi omillar va boshqa janrlar

She'riyat kundaligi (歌日記, “Uta Nikki”) yoki Nikki bungaku (日記文学) - bu yapon adabiy janri bo'lib, u taxminan 935-yilda tuzilgan Ki no Tsurayukining "Tosa Nikki" sidan shakllana boshlangan. Nikki bungaku – “Tosa Nikki”, “Kagerou Nikki” va “Murasaki Shikibu Nikki” kabi taniqli asarlarni o'z ichiga olgan janr. Bu janr Xitoy hukumatining amaldorlari tomonidan saqlanadigan kundalik jurnallarga taqlid qilingan holda davlat tomonidan boshlab berilgan bo'lsa, Heyan (794–1192) davrida xususiy va adabiy kundaliklar paydo bo'ldi va rivojlandi. 歌日記ning inglizcha atamasi (“Poetic Diary”) Prinston universiteti olimi va tarjimoni Irl Mayner tomonidan o'zining "Yapon she'riy kundaliklari" kitobida ishlatilgan.



Tarixi

Olimlar VIII asrga oid kundaliklarni topgan bo'lsalar-da, ularning aksariyati kundalik davlat ishlarida saqlanadigan oddiy yozuvlar, hujjatlar edi. O'sha paytda Yaponiya Xitoyga madaniyat va sivilizatsiya namunasi sifatida qarardi va Xitoyning rasmiy hukumatning o’ziga xos kundaliklarini o’zida joriy qilishga intildi. Shunday qilib, yaponlarning dastlabki kundaliklari turli xil faktlardan iborat edi va u toza xitoycha iyerogliflarda rasmiy tarzda yozilgan va ular erkaklarning hayotga bo’lgan qarashlari ta'sirida bo'lgan. Birinchi adabiy kundalikni yozgan taniqli shoir va muallif Ki no Tsurayuki (872 - 945) dir. Uning 935-yilda yozilgan "Tosa Nikki" asari Shikokudagi Tosadan Kiotoga ayol sherigi bilan qilgan sayohati hikoya qilinadi. Tsurayuki xitoy tilida yozilgan kundaliklarni yozish an'analaridan kelib chiqib, sayohat haqidagi hissiy taassurotlarini o’quvchilarga mohirona yetkazib berish uchun mahalliy yapon qahramonlari, vaka she'riyati va ayol rivoyatchining yordamidan foydalangan.



Nikki bungaku san’ati rivojining katalizatori sifatida ko'pincha Michitsunaning onasi va uning “Kagerou Nikki” asari bilan bog'liq deb qabul qilingan. Ushbu uch qismli kundaligida Michitsunaning onasi Fujivara no Kaneie bilan romantik munosabati va o'g'lining ham boshiga sevgi degan baloning kelishi o'rtasidagi 21 yillik davr haqida batafsil ma'lumot berib, o’ziga xos betakror asar yaratgan. O'zining shaxsiy his-tuyg'ularini ifoda etgan va jamiyatning turmush tarzi va ijtimoiy ahvolini o'rgangan Michitsunaning onasi adabiyotning yangi to'lqini - ayollarning kana adabiyoti yo’nalishiga asos solgan. Heyyan davridagi nikki bungakuning boshqa namunalari orasida “Izumi Shikibu”, Murasaki Shikibuning “Murasaki Shikibu Nikki”, Sugawara no Takasue no Musumening “Sarashina Nikki” va Sanuki no Sukening “Sanuki no Suke no Nikki” alohida e’tiborga molik asarlar jumlasidandir.



Ki no Tsurayuki


Download 79.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling