Ta’sir etuvchi omillar va boshqa janrlar.
Vakaning ta’siri
Heyan davrida yapon mumtoz she'riyatining vaka turi va mahalliy xalq yozuvi - kana-ning yaratilishiga asos solindi. Vaka, an'anaviy yaponcha o'ttiz bitta qatorli she'riyat turi, rasmiy e'lonlardan va she'riyat musobaqalaridan tortib, shaxslar o’rtasidagi o’zaro munosabat masalalarida ham ishlatilgan va zodagonlar uchun aristokratik hayotda doimo muvaffaqiyat qozonish uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'lgan. Vakaning o’zaro aloqalarda muhimligi sababli, Kokinshu kabi imperatorlarga xos vaka antologiyalari she'riy mezon sifatida qaralgan.
Nikki bungaku, vaka mashhur bo'lgan davrda paydo bo’lib, vakaning ta’sirida o'sib, rivojlandi. Hatto, “Kagerou Nikki” oilaviy she'riy to'plam tuzish iltimosidan kelib chiqqan holda yaratilgan deb taxmin qilishadi. Heyyan va Muromachi davrlaridagi adabiy kundaliklarda vaka bor edi va keyingi davr kundaliklari ko'pincha haykay, hayku va erkin she'r kabi she'riy shakllar bilan boyitilgan edi. “She'riyat eng asosiy va eng toza adabiy janr sifatida tasavvur qilinganligi uchun, faqatgina an'anaviy tarzda rivojlanib borishdan tashqari, oddiygina bir hayotni kundalik tarzida yozib, tasvirlangan asarni ham she’riyat yordamida adabiyot durdonasiga aylantirib yuborish mumkin” – deb yozadi ingliz olimi Mayner.
Do'stlaringiz bilan baham: |