Monogatari ta’siri
Monogatari, ya’ni, yapon rivoyatchiligi va nikki bungaku bir-biriga katta ta'sir ko'rsatdi. Chunonchi, “Ise Monogatari” yoki “Zaigo Chuujou no Nikki” va “Heichuu Monogatari” yoki “Heichuu Nikki” kabi bir nechta nomlarga ega bo'lgan ba'zi asarlar bilan ikkala janr o'rtasidagi chegara o’sha davrda aniq emas edi.
Michitsunaning onasi "Kagerou Nikki" ni yozishda o’zi o'qigan monogatarilardan farqli o'laroq, asarning boshini o'zining realizm motividan boshlaydi. Monogatari shakli va nikki janrining orasidagi farqlar aniq-ravshanligiga qaramay, monogatari janrining uslubi va tuzilish nuqtai nazaridan nikki adabiyotiga o’z ta'sirini o’tkazganligini ko'rish mumkin. “Sarashina Nikki” va “Kagerou Nikki” mualliflarining o’z asarlarining monogatari janriga o’xshatilishidan noroziligi bu ikkala janrda aks ettirilgan hayot haqiqatlari va nikkidan farqli o’laroq, monogatarida idealizatsiya qilingan hayot o'rtasidagi uslubiy qarama-qarshilikdan kelib chiqqan deb taxmin qilish mumkin. Lekin, shuni ham alohida ta’kidlab o’tish kerakki, monogatarilar ichida eng taniqlisi bo’lgan “Genji Monogatari”, xuddi nikki bungaku asarlaridek, o’z personajlarining hayot yo’llari orqali insonga chuqur psixologik ta’sir o’tkaza oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |