Referat mavzu: Nikki janrining shakllanishi Tuzuvchi: Orifova Nigora Reja: Nikki janri haqida qisqacha 2
Download 79.64 Kb.
|
Nikki
Umumiy xususiyatlari
Nikki bungaku janri, ya’ni kundalik tarzida yozilgan asarlarni ko’plab olimlar adabiy san'at turi sifatida ta'kidlasada, hozirgi kunga qadar davom etib kelayotgan munozaralarda bu janrni adabiy san’at turi emas, shunchaki xronologiyaning turi deb hisoblovchilar ham mavjud. Shunday bo’lsada, nikki bungaku janrida yaratilgan taniqli adabiyot namunalari juda ko'p. Masalan, o'rta asrlar davrida Abutsu-nining “Izayoi Nikki” kabi kundaliklar to’plami va Matsuo Bashouning "Oku no Hosomichi" kabi sayohat kundaliklari ancha mashhurdir. Zamonaviy adabiyotda Higuchi Ichiyouning "Ichiyou Nikki" va Nagai Kafuning "Danchoutei Nichijou" singari kundaliklar yapon adabiyotida muhim ahamiyat kasb etadi. “Nikki bungaku” adabiy termin sifatida faqat XX asrning boshlaridan beri mavjud bo'lib, qattiq munozaralar o’tkazilishi oqibatida o’ta chegaralangan holatda ishlatilishda davom etmoqda. Biroq, yapon kundaliklarida, istisnolar ko'p bo'lsa-da, uchta asosiy xususiyat ko’zga tashlanadi. Bular: 1) She'rlarning tez-tez ishlatilishi; 2) Rasmiy qurilma sifatida ishlatiladigan kirish so’zlaridan voz kechish; 3) Uslubning balandligi. Masalan, Tsurayukining "Tosa Nikki" asarida ellik yetti vaka mavjud. Michitsunaning onasi "o'tgan oylar va yillardagi voqealar xotirada shunchaki xira bo'lib qoladi, shuning uchun men ko'pincha eslagan narsamni shunchaki yozganman", deb tushuntirib, nikki janri faqatgina kundalik voqealarni qayd etish bilan chegaralanib qolmasligini ham ta'kidlaydi. Shuningdek, Bashouning "Oku no Hosomichi" ni uning sayohatdagi sherigi Ivanami Sora tomonidan qayd qilingan oddiy sayohat kundaligi bilan taqqoslaganda, katta farqni ko’rishimiz mumkin, ya’ni Bashou shunchaki kundalik emas, balki rosmana adabiy asar yaratgan. Boshqa keng tarqalgan nikki janriga taalluqli fikrlarga shuni kiritish mumkinki, kundaliklar "o'zini izlash" dan farqli o'laroq "o'zini ifoda etish"ga harakat qiladi. Masalan, Michitsunaning onasi “Kagero Nikki”ni yozar ekan, "yuqori tabaqadagi erkakka turmushga chiqqan ayolning hayoti qanday, degan savolga javob olish uchun kimnidie savolga tutish joizmi?" deb qayd etgan. Heyyan davridagi Nikki janri, olim Haruo Shiranening so'zlariga ko'ra, "ularning barchasi tarixiy shaxsning shaxsiy hayotini tasvirlash"i bilan bir-biriga chambarchas bog’liqdir. Tematik jihatdan ko'plab kundaliklar o’zi yozilgan davriga va she'riyatga katta ahamiyat beradi. Download 79.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling