Referat mavzu: O’z-o’zini tarbiyalash va o’z ustida ishlash Bajardi: 3-kurs talabasi Ismailova Z
Download 88.66 Kb.
|
Eksperimentlarni loyihalashtirish
Afzalliklari. Ikki darajali eksperimentlar eksperiment o’tkazishning yanada murakkab rejalari oldida bir qancha afzalliklarga ega. Ular mustaqil o’zgaruvchi o’rganishga arziydimi, degan savolga javob topish imkonini beradi. Agar mustaqil o’zgaruvchi inson xulq-atvoriga aslo ta`sir ko’rsatmasa, o’z-o’zidan ravshanki, mazkur ta`sirning xususiyatini aniqlash uchun yanada murakkab eksperiment o’tkazish amalda vaqtni behuda sovurishdan boshqa narsa emas.
Bundan tashqari, ikki darajali eksperiment natijalarini talqin va tahlil qilish oson. Uning yakuni sodda va lo’nda: “Ha, o’zgaruvchi ta`sir ko’rsatdi; xulq-atvor falon tomonga o’zgardi” yoki “Yo’q, o’zgaruvchi ta`sir ko’rsatmadi”. Biron-bir effekt chindan ham mavjudmi yoki u tasodifiy variatsiya ta`sirida paydo bo’lganmi, degan savolga javob topish uchun odatda statistik tekshirish talab etiladi va ikki darajali eksperimentlar uchun uni o’tkazish qiyinchilik tug`dirmaydi. Masalan, u faqat plYuslar va minuslarni sanab chiqishdan iborat bo’lishi mumkin. Qaysi tekshirish usulini qo’llash zarurligi sizga ma`lum bo’lsa, o’z ma`lumotlaringizni statistik tahlil qilish uchun sizga qulay hisoblashni amalga oshirishga atigi bir necha minut (yoki kompyuter yordamida hisoblashga bir necha sekund) talab etiladi. Nihoyat, ayrim hollarda ikki darajali eksperiment bergan axborotning o’zi sizga kifoya qiladi. Agar eksperimentning maqsadi ikki raqobatdosh nazariyani tekshirishdan iborat bo’lib, nazariyalardan biri ikki daraja uchun xulq-atvorda farqlar mavjudligini, ikkinchi nazariya esa yo o’zgarishlar mavjud emasligi, yo qarama-qarshi o’zgarishni bashorat qilsa, bu holda ikki darajali eksperiment nazariyalarni qarama-qarshi qo’yish uchun mutlaqo o’rinlidir. Ba`zi bir amaliy tadqiqotlarda ham ikki darajali eksperiment qimmatli axborot berishi mumkin. Masalan, siz sanoat qurilmasining ikki birligini solishtirmoqchi bo’lsangiz va mazkur ishda foydalanish uchun faqat ikkita qurilma mavjud bo’lsa, ikki darajali eksperiment sizga zaruriy axborotni to’liq olish imkonini beradi. Mazkur printsip siz ikki davolash usulini, ikki ta`lim tizimini, ikki o’quv dasturini, ikki dorini, ikki jinsni yoki biron-bir o’zgaruvchining ikki darajasini tadqiq qilganingizda ham faqat ikki daraja muhim yoki mavjud bo’lgan holda mutlaqo to’g`ridir. Download 88.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling