O'zbekistonda pul-kredit sohasida so’nggi yillarda amalda oshirilgan
ishlar. 2009 yilning 9 oyida monetar siyosat mamlakatda jahon moliyaviy
iqtisodiy inqirozining salbiy oqibatlarini bartaraf etish bo'yicha 2009-2012 yillarga
mo'ljallab qabul qilingan Inqirozga qarshi choralar dasturida belgilangan ustuvor
vazifalarga mutanosib ravishda yuritilib, iqtisodiy o'sishning barqaror sur'atlarini
hamda inflyatsiyaning tasdiqlangan parametrlar doirasida bo'lishini ta'minlashga
qaratildi. Joriy yilning o'tgan davrida tashqi savdo balansi ijobiy saldosining
muntazam ravishda oshib borishi hamda iqtisodiyotning real sektoriga
ajratilayotgan kreditlar hajmining ortib borayotganligi pul massasiga ta'sir qiluvchi
asosiy omillar bo'ldi. Ushbu davrda monetar omillarning inflyatsiya darajasiga
ta'sirini oldini olish maqsadida monetar siyosatning bozor instrumentlaridan keng
foydalanildi. Jumladan, 2009 yilning 9 oyida Markaziy bank tomonidan amalga
oshirilgan sterilizatsiya (tijorat banklarining bo'sh pul mablag'larini Markaziy
bankning maxsus depozitlari va obligatsiyalariga jalb qilish) operatsiyalarining
o'rtacha oylik hajmi o'tgan yilning shu davriga nisbatan 1,4 baravarga oshdi2.
Do'stlaringiz bilan baham: |