Referat mavzu: O’zbekistonda turizmni rivojlantirishda davlat siyosati
Download 119.98 Kb.
|
3-kichik guruh-Turizm asoslari.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.bob Turizm
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI ANDIJON DAVLAT UNIVERSITUTI IJTIMOIY-IQTISODIYOT FAKULTETI TURIZM (F.Y.B) 201-GURUH TALABALARI TURIZM ASOSLARI FANIDAN REFERAT MAVZU: O’zbekistonda turizmni rivojlantirishda davlat siyosati. Bajardi: Murodullayev Mehroj, Muhammadjonov Muhammadjon, Ne’matova Dilnoza, Nematjonova Dilyora, Ne’matova Muhsina, Mo’ydinova Nodira REJA: 1.Turizm haqida tushuncha. 2. Turizm sohasini rivojlantirishning asosiy maqsadlari va bosqichlari. 3. Turizmni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari. 4. Turizm sohasining joriy holati tahlili. 1.bob Turizm (fransuzcha : our — sayr, sayohat), sayyohlik — sayohat (safar) qilish; faol dam olish turlaridan biri. Turizm deganda jismoniy shaxsning doimiy istiqomat joyidan sogʻlomlashtirish, maʼrifiy, kasbiyamaliy yoki boshqa maqsadlarda borilgan joyda (mamlakatda) haq toʻlanadigan faoliyat bilan shugʻullanmagan holda uzogʻi bilan 1 yil muddatga joʻnab ketishi (sayohat qilishi) tushuniladi. Turizmning tarixi XIX asr boshlariga borib taqaladi. Dastlab Angliyadan Fransiyaga uyushgan sayyohlik tashkil etilgan (1815). Turizmning asoschisi hisoblanmish ingliz ruhoniysi Tomas Kuk 1843-yilda 1-temir yoʻl sayyohligini tashkil qildi. Shundan soʻng u oʻzining xususiy turistik korxonasini tuzdi va 1866-yilda dastlabki sayyohlik guruxlari AQShga joʻnatildi. Sharqda arab sayyohi Ibn Battuta 21 yoshida sayohatini boshlab, deyarli barcha Sharq va Shimoliy Afrika mamlakatlarini piyoda kezib chiqdi. Movarounnahrda ilk sayyohlarning safarlari Amir Temur va Temuriylar davrida faollashgan. Amir Temur fransuz qiroli Karl VI va ingliz qiroli Genrix IV bilan doimiy aloqada boʻlgan. Uning elchisi 1403-yili Parijga kelgan. Ispaniyalik Klavixoning "Buyuk Temurning hayoti va faoliyati" kitobida Movarounnahrdagi ijtimoiy hayot va sayyoxlarning Temur davlatiga intilishi aks etgan. Hozirgi davrda Turizm dunyoning juda koʻp mamlakatlarida ommaviy tus olgan. Odatda, Turizm turizm tashkilotlari orqali turizm marshrutlari boʻyicha uyushtiriladi. Turizmning juda koʻp turlari va shakllari mavjud (ichki, xalqaro, havaskorlik turizmi, uyushgan turizm, yaqin joyga sayohat, uzoqqa sayohat, bilim saviyasini kengaytirish maqsadidagi turizm, toqqa chiqish, suv turizmi, avtoturizm, piyoda yuriladigan turizm, sport turizmi va boshqalar). Oʻzbekistonda turizm sohasiga rahbarlikni "Oʻzbekturizm" milliy kompaniyasi (27-iyul, 1992-yilda tuzilgan) olib boradi. Kompaniyaning asosiy vazifasi turizm infrastrukturasini rivojlantirish, chet el sarmoyasini jalb qilib zamonaviy turistik komplekslarni barpo etish, yangi turistik yoʻnalishlarni ishlab chiqish, xizmatlar doirasini kengaitirish va boshqalardan iborat. "Oʻzbekturizm" milliy kompaniyasi sayohat qilish turiga qarab quyidagi turistik yoʻnalishlarni ishlab chiqqan: klassik yoʻnalish (Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent; Toshkent, Samarqand, BuxoroShahrisabz, Toshkent). Bu yoʻnalish eng qad. yodgorliklar va boshqa tarixiymadaniy obidalarga tashrif bilan bogʻliq; ekologik turizm yoʻnalishi (Chimyon, Chorvoq dam olish va davolanish oromgohi, Zomin qoʻriqxonasi, Buxoro viloyatidagi qoʻriqxonalar). Bu yoʻnalish alohida muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar va sayyohlar uchun ekologik jihatdan qulay gʻamda foydali hisoblanadigan joylarga tashrif bilan bogʻliq; arxeologik turizm yoʻnalishi (Qoraqalpogʻiston, Surxondaryo, Samarqand hududdari boʻylab). Bu yoʻnalish Oʻzbekistonning eng qad. topilmalari va arxeologik qazishmalar olib borilayotgan joylari bilan tanishishni maqsad qilib qoʻyadi; ekstre mal turizm yoʻnalishi (Chimyon, Fargʻona vodiysi, Orol boʻyi, Buxoro, Navoiy viloyati hududlari boʻylab); liniy turizm yoʻnalishi (Toshkent, Samarqand, Buxoro, Toshkent) — mamlakatimizdagi tarixiy diniy obidalarni ziyorat qilish bilan bogʻliq. Turizm sohasidagi munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solish, turistik xizmatlar bozorini rivojlantirish, shuningdek, turistlar va turistik faoliyat subʼyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining "Turizm toʻgʻrisida"gi qonuni kabul kilingan (20-avgust 1999). Shu bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "2005-yilgacha boʻlgan davrda Oʻzbekistonda turizmni rivojlantirish davlat dasturi toʻgʻrisida"gi farmoni (15-aprel 1999) sohani rivojlantirishda muhim omil boʻldi. Turizm tashkilotlarini takomillashtirish hamda kichik va oʻrta turistik korxonalarning xizmat koʻrsatish bozorini faollashtirish, shuningdek, xorijiy sarmoyani turizm sohasiga jalb kilish maqsadida 1998-yilda Oʻzbekiston Respublikasi hukumati qarori bilan Toshkentda "Xususiy sayyoxlik tashkilotlari uyushmasi" tashkil etildi. U 300 dan ziyod turistik korxonalar bilan yaqindan aloqada boʻlib faoliyat olib boradi. Oʻzbekistonda "Kumushkon" turistik bazasi va "Sanzar" kemping majmuasi mavjud boʻlib, ular "Oʻzbekturizm" milliy kompaniyasi tizimi tashkilotlari hisoblanadi. Shu bilan birga Chorvoq, Chimyon, Beldersoy dam olish oromgohlari va yuzga yaqin xususiy mehmonxonalar ishlab turibdi. Oʻzbekistonda koʻplab turistlarni qabul qilish va ularga xizmat koʻrsatish imkoniyatiga ega boʻlgan mehmonxonalar soni tobora oʻsib bormoqda. Oʻzbekiston 1993-yilda oʻz safiga 120 dan ortiq mamlakatni birlashtirgan Jahon turistik tashkiloti (WTO; 1975-yilda tuzilgan)ga aʼzo boʻldi. Shuningdek, Oʻzbekiston WTO Yevropa komissiyasi rayosatining ham aʼzosidir. 2004-yil "Buyuk ipak yoʻli" loyihasi doirasida Samarqand viloyatida Jahon turistik tashkilotining vakolatxonasini ochish koʻzda tutilgan. Oʻzbekistonda turizm sohasiga oid "Buyuk ipak yoʻli" xalqaro turistik reklamaaxborot gaz. (1994-yildan), "Biznes Gayd" JUR (RUS va ingliz tillarida) va boshqa ommaviy nashrlar chop etiladi. 2021-yil aprel oyida Dogʻistonda Oʻzbekistonning ziyorat turizm salohiyati taqdimoti oʻtkazildi. Bosh vazir oʻrinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi Aziz Abduhakimov topshirigʻi bilan Dogʻistonda «Imomlar yurtiga sayohat» yoʻnalishidagi targʻibot ishlari boshlangan. Tizimli yondoshuvdan foydalanib, «turizm» tushunchasini tahlil qilar ekanmiz, amerikalik professor Meynsen universiteti, Oklend sh. Leyper konsepsiyasini ajratamiz. U turizmni uch asosiy elementlardan iborat tizim deb ataydi: 1. Geografik komponent. 2. Turistlar. 3. Turistik industriya. Geografik komponent o'z o'rnida quyidagi elementlarni qamrab oladi: • turistlarni «vujudga keltiruvchi» mintaqa; • tranzit mintaqa; • turistik manzil (destinatsiya)lar mintaqasi. Turistlarni «vujudga keltiruvchi» mintaqa o'zida turistlar o'z sayohatini boshlagan uni tashkil qilgan joy sifatida namoyon bo'ladi. Tabiiyki, turizm industriyasida asosiy marketing operatsiyalari xuddi shu yerda amalga oshiriladi. Turistlarni «vujudga keltiruvchi» mintaqada doimiy ravishda potensial iste'molchilarni sayohatga chorlovchi, rag'batlantiruvchi jarayonlari kechadi. Odamlar turli mamlakatlar haqida kitoblar o'qiydilar, jurnallarni tomosha qiladilar, reklama axborotlarini o'rganadilar, televizor ko'radilar, tanish-bilishlari, qarindosh-urug'lari bilan muloqotda bo'ladilar va nihoyat ma'lum qarorga keladilar hamda sayohatga yo'l oladilar. Tranzit so'zining ma'nosi bir mamlakatdan ikkinchi mamlakatga uchinchi mamlakat tuprog'i orqali yo'lovchilar va yuklarni olib o'tishdir. Tranzit mintaqasi (tranzit yo'nalish) turistlarni «vujudga keltiruvchi» va turistik destinatsiya (manzil)lar o'rtasida bog'lovchi bo'g'in hisoblanadi. Bu tushuncha mazkur sxemaning eng muhim elementlari sanaladi. Chunki tranzit mintaqa orqali turli turistik oqimlar o'tishi mumkin. Turizm sohasi — ko'pqirrali hodisa bo'lib, u ko'pgina shakllarda namoyon bo'ladi va ilmiy adabiyotlarda uning juda ko'p ta'riflari uchraydi. Ammo turizm konsepsiyasini yozish va bu tushunchani imkoniyat darajasida aniqroq shakllantirish uchun iloji boricha quyidagi savollarni albatta tahlil etish zarur: • turizmni o'rganish maqsadida — turizm fenomeni (hodisa) tahlili birinchi galda bu fenomen nimalarni o'z ichiga qamrab olganligini aniqlash talab etiladi; • statistika maqsadlari uchun — turizm fenomenini o'lchash uchun uni juda ham aniqlikda belgilash lozim. Turizmni boshlang'ich va nisbatan aniqroq belgilash Bern universiteti professorlari Gunziker va Krapaf (Shvetsariya) tomonidan amalga oshirildi va keyinroq turizm ilmiy ekspertlari Xalqaro assotsiatsiyasi tomonidan qabul qilindi. Olimlar turizmni hodisa sifatida va sayohat chog'ida vujudga keladigan o'zaro munosabatlar deb qarash kerak deb hisoblaydilar. U hah doimiy bo'lishga olib kelgani yo'q va biror-bir foyda olish bilan bog'liq emas. Vaqt o'tishi bilan turizmning bu konsepsiyasi modifikatsiyalashdi va turizmda ishbilarmonlikka doir turli xil sayohatlarni ham kirita boshlashdi. Qaysiki, doimiy bo'lishga olib kelmaydi va kelgan mamlakatda daromad ko'rishni xayoliga keltirmaydi. Shuning uchun ularning iqtisodiy ahamiyati ham shundayligicha qoladi. Ya'ni turizm «shaxslarni ularning odatdagi muhitidan tashqarida bo'lgan chog'i, sayohatga chiqqan va joy (manzil)ga yetib kelgan, dam olish yoki ish yuzasidan chetda bir yildan ortiq bo'lmagan davrdagi faoliyatidir» (BTT). Ular orasida turizmning besh xil ta'rifi konseptual aniqlanishi zarur: • turizm — odamlarning mo'h'allangan turistik manzillar sari harakatlanishi natijasi va u yerda turistik ehtiyojlarini qondirish maqsadida to'xtashidir; •turizmning turli shakllari ikki bazaviy elementni o'z ichiga oladi: ko'zlangan turistik manzilga sayohat (joyni almashtirish) va mazkur manzilda to'xtash, joylashish va ovqatlanish hamda boshqa ehtiyojlarni qondirishni ko'zda tutadi; •sayohat turistning doimiy yashash joyidan — mamlakatdan (hudud, yashash joyi) chiqib ketishini,bildiradi; •turistlarning turli turistik manzillar sari harakatlari vaqtinchalik hisoblanadi. Ya'ni turistlar doimiy yashash joyiga bir necha kun, hafta yoki oydan keyin qaytib keladilar; •odamlar turistik joylarga turli maqsadlarda tashrif buyuradilar, doimiy yashash va daromad olish (ishchanlik faolligi)ni ko'zda tutmaydi. Turizm uning barcha shakllarida rivojlanishi mavjud mablag' resurslari va individuallarning bir vaqtlariga bog'liq faoliyatida namoyon bo'ladi. Ta'kidlash zarurki, odamlarning sayohat qilishlari bo'yicha sabablardan biri bu — sayr, tomosha va kundalik tashvishlardan xoli bo'lish hisoblanadi. Turizm sayohatchilarning ko'zlangan joyga harakatlanishi hisoblanadi, ular ham mamlakatda, ham undan tashqarida bo'lishadi. Ko'pincha sayohatchilar soni mahalliy aholi soni bilan taqqoslanadi, ular tashrif buyuradi (hatto son jihatidan ulardan oshadi). Turizmning barcha shakllari qaysidir sayohat turini o'z ichiga oladi. Lekin sayohatning hamma turi ham turizm bo'lavermaydi. BTT tavsiyalariga ko'ra, turistlar hammasi tashrif buyuruvchilar sifatida belgilanadi. Shu tarzda barcha sayohatchilar tashrif buyuruvchilar hisoblanadi. Turizm ta'rifini to'laroq belgilash uchun BTT turizm turlari bo'yicha quyidagi tasnif (tasnif)ni kiritishni taklif qildi: ichki, kirish va chiqish turizmi. Ichki turizm ~ fuqarolarning aniq bir mamlakatda doimo yashagan holda, o'sha mamlakat milliy chegarasi doirasida dam olish, dunyoni bilishga bo'lgan qiziqishini qoniqtirish, sport mashg'ulotlari bilan shug'ullanish va boshqa turistik maqsadlarni amalga oshirish uchun vaqtinchalik chiqishidir. Bu turizm turi mamlakatga valutani olib kelmaydi. Shunday bo'lsa-da, mamlakat mintaqalari o'rtasida daromadlarning taqsimlanishiga ta'sir etib, iqtisodiyotning rivojlanishiga turtki beradi. Kirish turizmi daromad olish nuqtayi nazaridan faol sifatida xarakterlanadi. Chunki u xorijiy valuta oqimini yaratadi. Chiqish turizmi — biror-bir mamlakat fuqarosining o'zga mamlakatga sayohat qilish uchun kelishi. Chiqish turizmi esa passiv hisoblanadi va valuta mamlakatdan olib chiqib ketiladi. Ko'pchilik mamlakatlarda kirish turizmi turistik (milliy) iqtisodiyotning istiqbolli rivojlanishi yo'nalishlaridan sanaladi. Aniq mamlakatlar turizmi iqtisodiyotini o'rganish chog'ida uning rivojlanish yo'nalishi va ishlash samaradorligini oshirishga «Milliy turizm», «Xalqaro turizm», «Mazkur mamlakat doirasida turizm» tushunchalari sifatida qaralishi zarur. Keltirilgan tasniflar nuqtayi nazaridan ichki va chiqish turizmi milliy turizmga kiritiladi. Xalqaro turizm — muntazam va aniq bir maqsadga qaratilgan korxonalarning turizm sohasidagi faoliyati bilan bog'liq holda, biron-bir mamlakat hududida (kirish turizmi) turistik xizmatlar va turistik mahsulotlarni biron-bir mamlakatda (chiqish turizmi) doimo yashaydigan sayohat qiluvchi shaxslarga taqdim etishdir. Xalqaro turizmga esa kirish va chiqish turizmi kiradi. Mazkur mamlakat doirasidagi turizm bilan shu mamlakatlar fuqarolari (ichki turizm) ham, boshqa mamlakatlardan keladiganlar (kirish turizmi) ham shug'ullanadi. Mamlakatlar daromadlarini oshirish nuqtayi nazaridan u ko'proq jalb qiladi. Bu yo'nalishdagi turistik faoliyatning rivojlanishi bir tomondan mamlakatga valuta oqimini, ikkinchi tomondan mazkur mamlakatda yashovchi fuqarolarning pul mablag'larini ko'paytiradi. Bu daromadlar ushbu mamlakatda qoladi va uning iqtisodiyotini rivojlantirishga jalb etiladi. Bundan tashqari, ichki turizm shunday muhim iqtisodiy funksiyani bajaradiki, mazkur mamlakatda daromad darajasini maromiga yetkazishga yordam beradi. Bu degani shuki, sanoati rivojlangan mintaqalardan fuqarolarni yuqori daromadlari nisbati sust iqtisodiy rivojlangan mintaqalardagi kam daromadli fuqarolarga taqsimlanishiga imkon yaratadi. Lekin bu mintaqalar, odatda, boy tabiiy resurslarga ega. Download 119.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling