Referat Mavzu: Semantik tur yordamida bilimlarni taqdim etish
Bilimlarni taqdim etish modellari
Download 234.91 Kb.
|
referat
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.Semantik tarmoqlar.
2.Bilimlarni taqdim etish modellari.
Bilimlarni taqdim etishning ikki turi mavjud: Bilimlarni taqdim etishning formal modellari. Bilimlarni taqdim etishning formal bo’lmagan (semantik, relyatsion) modellari. Ma’lumki, yuqorida ko’rilgan bilimlarni taqdim etishning barcha usullari maxsuliy (produksion) bilan birga formal bo’lmagan modellarga kiradi. Qat’iy matematik nazariyaga asoslangan formal modellardan farqli ravishda, formal bo’lmagan modellar bunday nazariyaga asoslanmaydi. Xar bir formal bo’lmagan modellar faqat aniq bir predmet soxa uchun yaroqli boladi va shuning uchun formal modellarga xos bo’lgan universallikka ega emas. SI tizimlaridagi asosiy operatsiya – mantiqiy hulosa- formal tizimlarda qat’iy va to’g’ri, chunki qat’iy aksiomatik qoidalarga bo’ysunadi. Formal bo’lmagan tizimlarda hulosa chiqarish ko’p xollarda uni to’g’riligiga javob beradigan tadqiqotchi tomonidan aniqlanadi. Bilimlarni taqdim etishning har bir usuliga bilimlarni tavsiflashning o’ziga xos usuli mos keladi. 2.Semantik tarmoqlar. Bu turdagi model asosida ularga semantik tur deb nomlangan konstruksiya yotadi. Turli modellani formal tarzda quyidagi ko’rinishda berish mumkin: Bu yerda I axborot birliklar to’plami: - axborot birliklar orasidagi bog’lanish turlari to’plami. H tasvir berilgan bog’lanish turlari to’plamidan I ga kiradigan axborot birliklar orasidagi bog’lanishlarni beradi. Modellarda ishlatiladigan bog’lanishlarning turlariga bog’liq xolda sinflashtiruvchi turlar, funksional turlar va ssenariylar farqlanadi. Sinflantiruvchi turlarda strukturalashtirish munosabati qo’llaniladi. Bunday turlar bilimlar bazasida axborot birliklar o’rtasida turli xil ierarxik munosabatlarini kiritishga imkon beradi. Funksional turlar funksionlar munosabatlarning mavjudligi bilan xarakterlanadi. Ularni ko’pincha hisoblovchi modellar deb atashadi, chunki ular bir axborot birliklarni boshqarish orqali “Hisoblash” prodseduralarini tavsiflashga imkon beradi. Ssenariylarda kauzal munosabatlari. “vosita-natija”, “Asbob-harakat” va hakazo turdagi munosabatlar ishlatiladi. Agar turli modelda turli xil bog’lanishlar ruxsat etilsa, u xolda ularni odatda semantik turlar deb atashadi. Download 234.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling