Referat mavzu: shaxsning hissiy psixologik xolatlari bajardi: Norqulova Oydina Tekshirdi: Abdullajanova Dilnoza


Kishining irodaviy fazilatlari va ularni shakllantirish


Download 373.31 Kb.
bet4/5
Sana17.06.2023
Hajmi373.31 Kb.
#1528460
TuriReferat
1   2   3   4   5
Bog'liq
psixologiya.referat

Kishining irodaviy fazilatlari va ularni shakllantirish
Iroda faoliyatning ichki qiyinchiliklarini yengishga qaratilgan 
ongli tuzilma va o‘zini o‘zi boshqarish sifatida, eng avvalo, o‘ziga, o‘z 
hissiyotlariga, xatti-harakatlariga hukmronlik qilishdir. Bu hukmronlik 
har xil odamlarda turli darajada ifodalanishi hammaga ma’lum. Oddiy 
ong o‘zining namoyon bo‘lish tezligiga qarab farqlanadigan, bir 
qutbda irodaning kuchi, boshqa birida esa kuchsizligini ifodalaydigan 
irodaning individual xususiyatlari spektrini qayd qiladi. Kuchli iroda - ga ega bo‘lgan kishi qo‘yilgan maqsadlarga erishish yo‘lida uchray-
digan istagan qiyinchiliklarni bartaraf eta oladi, ayni chog‘da, 

qat’iylik, mardlik, jasurlik, chidamlilik kabi irodaviy fazilatlarni 


namoyon qiladi. 
Irodasi sustlikning namoyon bo‘lishi xuddi kuchli irodaning xu-
susiyatlari kabi rang-barangdir. Irodasi sustlikning eng oxirgi darajasi 
psixika normasi chegarasidan tashqarida bo‘ladi. Masalan, abuliya va 
apraksiya shunga kiradi. 
Abuliya 
(yunoncha abule – harakatsizlik ma’nosini bildiradi) miya 
patologiyasi zaminida yuzaga keladigan faoliyatga intilishning yo‘qli-
gi, harakat qilish yoki uni bajarish uchun qaror qabul qilish zarurligini
tushungan holda shunday qilolmaclikdir. 
Apraksiya 
miya tuzilishining shikastlanishi natijasida kelib chiqa-
digan harakatlar muvofiqligining murakkab buzilishidir. Asab to‘qi-
malarining buzilishi miyaning peshona qismlarida yuz bersa, u holda 
xatti-harakatlarni erkin to‘g‘rilashda buzilish namoyon bo‘ladi, natijada iroda aktining bajarilishi qiyinlashadi. 
Abuliya va apraksiya – psixikasi buzilgan odamlarga xos, nisbatan 
kam uchraydigan hodisalar. 
Yalqovlik 
kishining qiyinchiliklarni yengishdan bosh tortishga in-
tilishi, irodaviy kuch-g‘ayrat qat’iy ravishda istamasligi ko‘rsatishni, 
iroda sustligining eng tipik ko‘rinishidir. Yalqovlik kishining qiyofasi-
dir, shuning uchun ham uni butun choralar bilan yo‘qotish zarur. 
Yalqovlik, shuningdek ojizlikning boshqa ko‘rinishlari – qo‘rqoqlik, 
jur’atsizlik, o‘zini tuta bilmaslik va boshqalar shaxsning rivojlanishi-
dagi jiddiy kamchiliklar, ularni bartaraf etish jiddiy tarbiyaviy ishni va 
avvalo, o‘zini o‘zi tarbiyalashni tashkil etishni talab qiladi. 
Irodaning ijobiy fazilatlari, uning kuchining namoyish qilinishi 
faoliyatning muvaffaqiyatini ta’minlaydi, kishi shaxsining eng yaxshi 
tomonlarini ko‘rsatadi. Bu kabi irodaviy fazilatlarning ro‘yxati juda 
katta: qahramonlik, sabotlilik, qat’iylik, mustaqillik, o‘zini tuta bilish 
va boshqalar.
Xususan, qat’iyatlilik irodaning individual fazilati bo‘lib, mustaqil 
ravishda mas’uliyatli qaror qabul qilish hamda uni faoliyatda so‘zsiz 
amalga oshirish qobiliyati va malakasi bilan bog‘liq. Irodaning musta-
qilligi boshqa kishilarning fikrlarini, ularning maslahatlarini hisobga 
olishda ushbu fikrlar va maslahatlarga nisbatan ma’lum tanqidiylikni 
nazarda tutadi. 
Irodaviy fazilatni baholash atigi birgina «kuchli – kuchsiz» o‘l-
chovi bilan ifodalanmasligi kerak. Irodaning hissiyligi, 
garchand hal qiluvchi bo‘lmasa ham, katta ahamiyatga egadir. 
Irodani mustaqil tarbiyalash usullari quyidagi artlarni o‘z ichiga 
oladi: 

irodani tarbiyalashni nisbatan arzimas qiyinchiliklarni bartaraf 


etishdan boshlash lozim; 
qiyinchiliklarni va to‘siqlarni bartaraf etish ma’lum maqsadlar-
ga erishish uchun amalga oshiriladi; 
qabul qilingan qaror bajarilishi kerak; 
maqsadga erishish bosqichlarini ko‘ra olish juda muhimdir. 
Irodani tarbiyalashni arzimas qiyinchiliklarni bartaraf etishni odat 
qilishdan boshlash kerak. Oldiniga unchalik katta bo‘lmagan qiyinchi-
likni, keyinchalik esa ancha katta qiyinchiliklarni muntazam ravishda
yenga borib, kishi o‘zining irodasini mashq qildiradi va chiniqtiradi. 
Qiyinchiliklarni va to‘siqlarni bartaraf etish maqsadlarga erishish 
uchun amalga oshiriladi. Maqsad qanchalik ahamiyatli bo‘lsa, iro-
daviy motivlar darajasi yuqori bo‘lsa, irodaviy motivlar kishida shun-
chalik katta qiyinchiliklarni bartaraf etishga qodirdir. Irodani tarbiya-
lashning zarur sharti faoliyatning oliy motivlarini – ilmiy dunyoqa-
rashga asoslangan axloqiy prinsiplarni va e’tiqodlarni shakllantirish-
dir. 
Qabul qilingan qaror bajarilishi kerak. Har gal qaror qabul qilinib, 
uning bajarilishi yana va yana kechiktirilaversa, kishining irodasi
izdan chiqadi. 
Agar kishi uzoqqa mo‘ljallangan maqsadni oldiga qo‘ygan taqdir-
da uzoq istiqbolni nazarda tutishi, bu maqsadga erishish bosqichlarini 
ko‘rishi, yaqin kelajakka mo‘ljallangan istiqbolni ko‘ra olishi juda 
muhimdir. Shuningdek, sport bilan shug‘ullanish kishi irodasini chi-
niqtirishning muhim shartlaridan biridir. 
Irodani tarbiyalash to‘g‘risida gapirganda, faoliyat muvaffaqiyatli
bajarilishi faqat u yoki bu irodaviy fazilatlar bajarilish 
sharti sifatidagi tegishli ko‘nikmalarning borligiga, qo‘yilgan maqsad-
larga erishilishiga bog‘liq ekanligini unutmaslik kerak. 
Irodani ongli ravishda tarbiyalash jarayoni qanchalik tez boshlan-
sa, shunchalik ko‘p muvaffaqiyatlarga erishish mumkin. Yana shuni 
xulosa qilish mumkinki, kishining kundalik rejimga, butun hayotining
to‘g‘ri tartibda olib borilishiga qat’iy amal qilinishi kishi irodasining 
shakllanishi uchun eng muhim shartlar qatoriga kiradi.
Pirovardida shuni aytish kerakki, asosiy irodaviy fazilatlarning 
rivojlanishi kishining boshqa odamlar bilan doimiy muloqoti jarayoni-
da, u bilan birgalikda ishlashi davomida yuz beradi.
Irodaviy fazilatni baholash “kuchli-kuchsiz” o’lchovi bilan ifodalanmasligi kerak. Irodaning axloqiy tarbiyalanganligi, agar xal qiluvchi bo’lmasa ham, muhim ahamiyatga egadir. Irodaviy ko’rikishlar harakteristikasi, ularning ma’naviy bahosi irodaviy akt amalga oshrilishi asosiga quyilgan motivlarning asosiy ahamiyatiga bog’liq. Ma’naviy bahosi irodviy akt amalga oshirilishining asosiga qo’yilgan motivlarning asosiy ahamiyatiga bog’liq . ma’naviy jihatdan tarbiyalangan irodali kishi eng avvalo o’zining individual intilishlarini irodaga va kollektiv obro’ – e’tiboriga, jamiyat manfaatlariga bo’ysundiradigan jamoatchilikdir.
Irodani tarbiyalash xususida so’z yuritganda irodani mustaqil tarbiyalash usullari har xil bo’lishi va ularning hammasi quyidagi shartlarga amal qilishini bilishimiz lozim: irdani tarbiyalashni nisbatan arzimas qiyinchiliklarni bartaraf qilishdan boshlash kerak; qiyinchiliklari va to’siqlarn bartaraf etish uchu amalga oshiriladi. Qabul qilingan qaror bajarilishi kerak; agar kishi uzoqqa mo’ljallangan maqsadni oldiga qo’ygan taqdirda uzoq istiqbolni nazarda tutishi, bu maqsadga erishish bosqichlarini ko’rishi, yaqin kelajakka mo’ljallangan maqsadni oldiga qo’yishi, bu maqsadga erishish bosqichlarini ko’rishi lozim. Irodani tarbiyalash to’g’risida gairilar ekan, faoliyatning muvaffaqiyatli bajarilishi faqat u yoki bu irodaviy fazilatlar shakllanishiga emas, balki belgilanadigan narsaning real bajarilish sharti sifatidagi tegishli ko’nikmalarning borligiga, qo’yilgan maqsadlarga erishilishiga bog’liq ekaligini unutmaslik kerak.
Shuni eslatib o’tish o’rinliki, qarorga kelish, uni amalga oshirishda qiyinchiliklarni bartaraf etishda irodaviy zo’r berish muhim ahamiyat kasb etadi. Aksariyat psixologik holatlarda inson tomonidan qarorga o’z ehtiyojlarining ustuvorligi darajasi ta’sirini zaruriy chora tariqasida yengish bilan uyg’unlashgan, jiddiylik, zo’riqish xususiyatli ichki zo’r berish jarayoni bilan uzviy bog’liqlikka ega. Shaxs o’zidagi qarama-qarshiliklarni yengishga nisbatan bunday munosabat (zaruriyat) birinchidan, sub’ektning ayrim istaklari, mustahkamlangan salbiy odatlari; ikkinchidan, turmush hodisalariga nisbatan ko’nikish hissi; uchinchidan, ma’qullanilmagan axloq-odob printsiplari, an’analar bilan kurashining kechishi irodaviy aktning o’ziga xos xususiyatga ega bo’lgan xislati (sifati) hisoblanish irodaviy zo’r berish tomonidan idora qilinadi.
Insonda vujudga kelgan kuchli, shijoatli intilishlarni yo’qolishiga harakat qilinadi Biroq qabul qilingan qaror (yoki qarorga kelish)ning axloq-odob printsiplariga javob bera olishini (mutanosibligini), ijtimoiy ahamiyat kasb etish imkoniyatini anglashning o’zi shaxs uchun murakkab ishni «o’lik» nuqtasidan siljitishga, qo’zg’atishga yetarli darajadagi omil bo’lib xizmat qila olmaydi.
Mazkur holatni shaxs tomonidan tushunish (anglash) burch, mas’uliyat, javobgarlik, qat’iyatlilik tuyg’ulari bilan qat’iy ishonch, zaruriyat barqaror ichki kechinmalar (regulyator hislar) mustahkamlansa, bunday davrda ushbu narsa ko’pgina intilishlarni yo’qotishga imkon beradigan haqiqiy irodaviy zo’r berishni vujudga keltiradi. Yuksak hislar (burch, mas’uliyat, javobgarlik, vatanparvarlik, fidoiylik kabilar) axloqiy talablar interiorizatsiyaga aylanganligini, ya’ni shaxsning ma’naviy mulkiga o’tayotganligini, egoistik (xudbinlarcha) intilishlar bilan
Ijtimoiy fidoiylik istaklari (xohishlari) o’rtasida qarama-qarshilik yuzaga keladigan favquloddagi vaziyatda amalga oshiriladigan xulq-atvorning ichki mexanizmlarga aylanganini aks ettiradi. Yuksak hislar motivlar kurashida intilish o’ng yoki so’l tomonga og’ishini aniqlaydi, maqsadni amalga oshishini ta’minlashda regulyator funktsiyasini bajaradi.
Psixologik ma’lumotlarga qaraganda, irodaviy sa’i-harakat uchun o’ziga xos xususiyatga ega bo’lgan irodaviy zo’r berish aksariyat hollarda motivlar kurashidagi qarama-qarshilik yuzaga kelganligi bilan emas, balki shaxs tomonidan qabul qilingan qarorni ijro etish (bajarish, ado etish) jarayonida obyektiv xususiyatga molik qiyinchiliklarni yengish tufayligina namoyon bo’ladi. Xuddi shu bois iroda akti tuzilishi tahlilining ko’rsatishicha, ushbu holat iroda faoliyatining bir talay xususiyatlarini xaspo’shlashga imkon yaratadi. SHuning bilan birga, irodaviy faoliyatning shaxs xatti-harakatlarida muayyan ustuvor vazifalar (funktsiyalar) ijro etishini (bajarishini) ta’kidlab o’tish maqsadga muvofiqdir. Mazkur funktsiyalar: birinchidan, shaxsning xatti-harakatlarini amaliyotga tatbiq qilishning sifat darajasini yuksaltiradi. Ikkinchidan, inson hayoti va faoliyati uchun muhim ahamiyat kasb etuvchi muammolar yechimini topishga sharoit yaratadi. Uchinchidan, inson shaxsiga muammo mohiyatiga kirishini ta’minlaydi, shuningdek, harakatni maqsadga muvofiqlashtirishga xizmat qiladi.
Irodaviy faoliyat insonning xatti-harakatlarini uning borliqqa (atrof-muhitga) nisbatan ongli shaxs sifatida o’z oldiga qo’ygan ustuvor maqsadlari mohiyatidan kelib chiqqan holda boshqaradi. Shaxs, bu asnoda, o’zining tanlagan ideallariga, uni yo’naltiruvchi g’oyalariga, ishonch-e’tiqodlariga, qarashlariga, o’zga kishilar beradigan baholariga, o’ziga o’zi baho berish mezonlariga nomutanosib istaklar, xohishlar, tilaklar vujudga keltirmaslikka, ularni to’xtatishga yoki batamom bartaraf etishga intiladi. Bu holat tahlili shundan dalolat beradiki, iroda bu o’rinda shaxsning xatti-harakatlarini jilovlash (to’xtatish), nazorat qilish, boshqarish, chetga og’ishdan saqlash (cheklash) funktsiyalarini aks ettiradi. Irodaning xatti harakatlarini boshqarish funktsiyasi shaxs uchun noxush, noqulay, yoqimsiz xohish-istak, harakat va intilishni cheklash, to’xtatish, tiyish kabilardan iborat bo’libgina qolmay, balki inson shaxsiy faolligini muayyan jabhaga, sohaga yo’naltirish, o’z harakatlari quvvatini oshirish, barcha narsalarni umumiy maqsadga muvofiqlashtirishdan iboratdir. Irodaviy jarayon hamisha shaxsni faollikka chorlaydi, uni qat’iy yo’l belgilash sari yetaklaydi, barqaror harakat qilishga yo’naltiriladi, ikkilanish, shubhalanishning oldini oladi. SHuning uchun ham maqsadga yo’naltirilgan harakatlar, amalga oshirilgan intilish, ro’yobga chiqarilgan ezgu niyat shaxsda o’ziga ishonch tuyg’usini uyg’otadi, dadil amallar qilishga yo’naltiriladi, orzularni ushatishga nisbatan faol maylni shakllantiradi. Insonning erishgan yutug’i, muvaffaqiyati har bir irodaviy harakat barqarorligini ta’minlaydi, amallar tanlash, qaror qabul qilish, shaxsiy uslubni tarkib toptirishni jadallashtiradi, yangi irodaviy harakatlarni amalga oshirishni yengillashtiradi, o’zidagi irodaviy sifatlarning takomillashuviga puxta negiz hozirlaydi, irodaviy zo’r berishni taqozo etuvchi harakatlarni tatbiq qilish ko’nikmalarini shakllantiradi. Mazkur jarayon ham anglanilgan, ham anglanilmagan tarzda, motivlar kurashi orqali (kuchsiz), irodaviy zo’r berish, qiyinchiliklarni yengish tufayli namoyon bo’ladi.


Download 373.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling