Mavzu: Qoraqalpoqlarning ijtimoiy-iqtisodiy,madaniy va siyosiy axvoli


Download 27.58 Kb.
Sana08.02.2023
Hajmi27.58 Kb.
#1178498
Bog'liq
Referat tarix


Mavzu:Qoraqalpoqlarning ijtimoiy-iqtisodiy,madaniy va siyosiy axvoli
(XVI- XVIII asrning ikkinchi yarmi)
Reja:
1. Qoraqalpoqlarning XV-XVII asrlardagi yasagan xududlari.
2. Qoraqalpoqlarning XVI-XVII asrlardagi davlatchiligi.
3. Qoraqalpoqlarning kushni xalqlar bilan alokalari.
4. Madaniyati, dasturlari.

1340-yili Xorazmga kelgan arab sayoxi İbn Batuta, Xorazmning janubiy tomoni shulistanga aylanganligini, Buxoro va Urganch oroligida Kyat kalasidan boshka elatni kurmaganligini ezgan.


İkki-uch asr davomida Amudarya kuyida xalk oz bulgan. Arxeologlar XIV-XVI asrlarga tegishli edgorliklarni topa olmadi. XII-XIV asrlarda qoraqalpoqlarning katta bulimi Orol dengizining janubiy tomoniga kuchib ketgan. Boshka bulimi Kashkadarya va Surxandarya tomonga kuchib utgan. Uchinchi bulimi Xorazmning shimoliy bulimiga Ustyurt, Sarkamısh, Uzboy buylariga kuchib ketgan. Yana bir bulimi Volga buylariga ketgan. X1U asrda Oltin Urda xoni Uzbekxon davrida qoraqalpoqlar siyosiy vokealarda katta urin egallagan. Berdak shoyir “Shejire” asarida
“Saxra xalkı koship, gezbek,
Kentli jerden Uatan tuzmek.
Kalpaktın uglıdur Ozbek,
Ozbek yekke bolgan eken” dep ezgan.
Bu malumotdan Ozbek xonning onasi qoraqalpoq bulgan degen xulosa chikadi.
1468-yildan keyin Ozbek xonligi inkirozga uchradi. Kozok xonligi vujudga keldi. XV asr okirida ozbek xonligidan qoraqalpoqlar bilan mangitlar bulinip chikadi. Berdak “Shejirede” oytib utadi:
“Muyten, konırat, kıtay, kıpshak,
Keneges, mangıt, jup teke tak,
Bari altı urıu - karakalpak,
Ozbekten ayrılgan eken”.
Derlik yuz yil qoraqalpoqlar Nogay xonligi tarkibida bulib, ularni Edige, Orısbiy, Ormanbet biy kabi yurtbosshilar boskargan.
XVI asr ikkinchi yarmida Nog’ay xonligi katta inkirozga uchraydi. 1556-yili Rossiya Astraxan xonligini bosib oladi. Edil va Jayık buylaridagi qoraqalpoqlar 1578-yillari Sirdaryo kuyiga kuchib keladi. XIV-XVI asrlarda Amudaryo va Sirdaryo kuyi xududlarin ota-bobolarimiz “Turkiston” deb otagan.
Berdak “Shejire” asarida:
Karakalpak xem xalık insan,
Xer neshik dini musılman,
Ata jurtıdur Turkistan,
Turkistanga bargan eken deb ezadi.
Qoraqalpoqlar XVI asr ikkinchi yarmidan buyon kozoklarning Kichik yuz, Urta yuz xonlarina siyosiy tomondan bogingan. Lekin ular uz davlatchiligina ega bulgan. Masalan, 1694-yili Tauke xonning ugli Taburchak sulton qoraqalpoqlarning xoni bulgan. Tauke xon davrida qoraqalpoqlarning kıpshak maylı bolta urugidan Sasık biy 18 yil davomida xon kengashin boshkargan, 1680-1684 yillari qoraqalpoq, uzbek, kırgız, turkman xalklari uchun “Jeti jargı” (Ota konuni) ning bosh muallifi bulgan.
1709 yili Taburchak sultonning ugli Gayıp sulton qoraqalpoqlarga xon bulgan. 1720 yillari İshmuxammed xon saylangan. Qoraqalpoqlarning poytaxti Sirdaryo buyidagi Jankent kalasi bulgan. 1721 yili İshmuxammed Rossiyaga ming tuyadan iborat karavan tashkil etib, Petr I ga diplomatik aloka urnatish taklifini aytadi.
Lekin, 1723 yili jungar xonligi Kozok xonligiga bosib kirib, qoraqalpoqlar “yukorgi” va “kuyi” qoraqalpoqlar bulib ikkiga bulinadi. “Yukorgi” qoraqalpoqlar jungarlarga boginadi, “kuyi” qoraqalpoqlar kozoklarning kichik yuzi kul ostida koladi. Bu vokea tarixda “aktaban shubırındı” nomi bilan belgili.
Bu davrda qoraqalpoqlar xoni Gayıp sulton Rossiya pukOroligiga utmakchi buladi. Natijada 1730-yili Rossiya imperator xonimi Anna Petrovna kozoklar va qoraqalpoqlarni uz tarkibiga oladi. Lekin qoraqalpoqlar kozok xoni Abulxayır xon kul ostida kola beradi.
1743-yili avgustida qoraqalpoqlarning elchilari Maman batır Orazak ugli, Abdulla Murat sheyx ugli, Polat esaul, Sagındık biy, Babanazar batır, Maman sheyx va Aydar biy tarkibida Rossiyaning yangi imperator xonimi Elizaveta Petrovna xuzurida bulib, tikkeley Rossiya pukOroligiga utishni suraydi. Ularga pukOrolik xakida gramota beriladi.
Lekin, 1743 yili kish oyida Abulxayır xon qoraqalpoq eliga bosib kiradi, elchilarni tutkin kiladi, gramotani tortib oladi. 1746-1747 yillari Urta yuz xoni Abılay sulton xam qoraqalpoqlarga bosib kirib, vayrona kiladi.
Endi qoraqalpoqlar Janadaryo buyiga kuchib ketadi.
Ush juz kırık jıl Turkistandı jayladı,
Ne batırlar xalıktı shıgıp korgadı,
Akırında ol da jaylau bolmadı,
Xorezmge kosher boldı karakalpak.
Sarıkamısh, Uzboy va Ustyurt tomondagi qoraqalpoqlar XVI asrda avvali yashagan xududlariga kuchib kelib, Xiva xonligi shimolida orolli uzbeklar bilan Orol davlatchiligini tashkil etgan edi. S.P.Tolstov Xorazmning shimoliy uzbeklari bilan qoraqalpoqlarning genetik alokalari bor ekanligini tasdikladi va bu aloka sak-massaget kavmlari davridan ayniksa oguz-pecheneg ittifoki davridan saklanganligini ezib ketdi. T.A.Jdanko va K.L.Zadıxinalar etnografik ekspeditsiya vaktida orolli uzbeklar bilan qoraqalpoqlardagi urug-kavmlar kungrad, muyten, jaungır. kıtay, kipshak, keneges, mangıt, jalair nomlari birday ekanligini tasdikladi. Orolli uzbeklar Amudaryo kuyiga 1505 yili Sheybani xon boskinidan keyin kelgan. Xalk afsonalarida “Orolli uzbeklar Turkistondan qoraqalpoqlardan yuj yil avval kelgan deyiladi. Xokim ota, Vazir, Urganch xududlari uzlashtirila boshlagan. Bu davrda Xorazm Amudaryo kuyi bilan kuplagan kullar orkali ajralib turgan. Uzbeklar orollarda yasagan, shuning uchun ularni orollilar dep atagan. Orolli uzbeklar Kungrad, Xujayli, Kipchak, Kunya-Urganch, Mangıt tomonlarda yashagan.
Orollilar davlatining poytaxti Kungrad kalasi buldi. Keyin Shaxtemir kalasiga kuchib utdilar. Orolli uzbeklar va qoraqalpoqlar XIX asr boshlariga kadar uzlarini uzlari boshkarib, Xiva xonlaridan mustakil yashadi.
Janadaryo buyidagi qoraqalpoqlar erlarni uzlashtirib, dexkonchilikni rivojlantiradi, sugorish inshootlarini kuradi, savdo sotik ishlarini olib boradi. 1747-1810 yillari Janadaryoli qoraqalpoqlar Orol davlati tarkibida buldi. Qoraqalpoqlarning Shaxtemir xon boshkargan davrida Maman biy, Orınbay biy, Esengeldi biy, Aydos biy kabi davlat arboblari bulgan.
Maman biy Orınbay biyge kozoklar bilan urushmang degan .
Orınbayı kurısın,
Kunde salar urısın,
Maman pakır ne kılsın,
Aytıp atır durısın.
Shimoliy Xorazmda asosiy dexkonchilik tumanlari Kunyadaryo (Vadak) va Kukuzyak (Bagdad) zonasida vujudga kelgan. Arab Muxammed xon (1602-1623 yillari xukmdorlik kilgan davrda Tok kurgani yukorisida kanal kazdirgan. Ushbu kanal Xujaylidan kuyida Amudaryodan suv olgan, Kunya Urgench va Mizdaxkan orkali Utyurtka karay yul olgan.
XVI asr 40 yillarida Abulgazi xon Xorezm uzbeklarin turt bulimga bulgan: 1) uygur va naymanlar, 2) kungrad va kıyatlar, 3) nukuz va mangıtlar, 4) kanglı va kıpchaklar. Kanallar buyi erlar ushbu turt bulim axolisi orosida kesib berilgan. XVI asrda shimoliy va janubiy uzbeklar xudulari chegarasi Gurlen tomonda utgan. Janubiy uzbelar utrokchi axoli orosiga kelib, uruglarini umutgan, shimoliy uzbeklar xozirgacha yodnomasida biladi. Gurlen Turkistondan kelgan axoli tomonidan kurilgan, enida Turt-Toksan-yab kanali kazilgan.
Gurlen kalasi shimolidan Amudaryo buyida uzbeklarning ktay va kıpchak kavmlari urnalashgan. Ularni “poskonchi” deb atagan. Kıpchak-kanjigalilar Kalle-uzyak arnasi buyida, Kıpchak shunkarlılar Gazachadjaygan arnasi, kıpchak tuyaklılar Tagaraslan yab buyida urnalashgan.
Kuk-uzyak arnasi yukorisida xodjaeli kavmlari urnalashgan. Xodjaeli kurgani tez oroda iktisodiy axamiyatga ega bulib, Xorazmning katta diniy markaziga oylangan. A.L.Kun Xiva xonligida bulganida Xujayli kalasi xakida kuyidagi afsonani ezib olgan. Turkistondan kelgan Alamin xodja ishan Xujayliga asos solgan. Uning uzbek myuridlari kup bulgan. İkkinchi avlod davrida bu makon Xodja eli deb nom olgan. Yassavi sufilariga tegishli xodjalar Xujayli kalasiga asos solgan.
Uzbeklarning katta kavmlar birlashmasi kungradlilar Amudaryoning shimoliy va shimoliy-shakriy xudularini egallagan. Qoraqalpoqlar bilan kungradli uzbeklar bir vaktlari “kokpar” uyinida musoboka utkargan. Qoraqalpoqlar engib chikkan. Uzbeklar ukpalab, Kukuzyak buyidan Kungrad tomon kuchib ketgan. XVI-XVII asrlarda kungradli uzbeklardan Umbay, Nazar xodja, İshmuxamedbiy kabi davlat arboblari Xiva saroyida vazir darajasiga kutarilgan. XUP-XUSh asrlarda xozirgi Kungrad xududlariga urnalashgan. Kungrad kalasi Amudaryo buyida Rossiyaga boradigan Karaumbet yulida kurilib, axamiyatli savdo markazi bulgan.
XVI asr 80 yillari mangıt uzbeklar xozirgi Mangıt xududida urnalashgan. Mangıtli Adina-Muxamed biy Xiva xonidan atalık nomini olgan va kanal kazdirgan, kurgan kurgan.
İkkinchi savdo markazi Shaxtemir kalasi Kegeyli kanali xozirgi Chimboy kalasi urnida bulgan. Shaxtemir orkali Xorezm sırdaryoli qoraqalpoqlar va Kichik yuz kozoklari bilan savdo alokalarini urnatgan.
1728 yili Shaxtemir va Shirali biy uldirilgannan sung orolli uzbeklar va qoraqalpoqlar Xiva xoni Elbarsxonning xukmdorligini tan olgan.
Ya.Gulyamov qoraqalpoqlar, kozoklar va turkmanlarning kuzgi ekin jarayoni xakida kuyidagi afsonani ezib olgan. Kanallar ez oylari zuraat olib bulingan vaktda ochiladi ekan. Sentyabr oyida kanallar epiladi va bozorlarda (glashatay) “Kulning suvin bogladilar” deb oytadilar. Odamlar donni ılayga tashlaydilar. Ez kunlari zuraatni yıgıshka keledilar. Otiz boshlarida karaual minOrolar kurilar edi.
XVI-XVII asrlarda qoraqalpoqlar orollik uzbeklar bilan birgalikda Orol erlarida uz davlatini tuzgan edi. Bu davlat birlashmasining axolisi - qoraqalpoqlar va uzbeklar kushni xalklar bilan yakin alokada bulgan. XUSh asrdagi qoraqalpoqlar ijtimoiy xaetiga urug-kabilalarga bulinish ananasi xos bulgan. Butun xalk ikki katta kavm (orisga) -un turt urug va kungirot kavmlariga bulingan. Un turt urug kavmlarining asosiy guruxini Xitoy, Kipchok, Kenagas, Mangit uruglari tashkil etgan, kungirot kavmiga esa Shulluk va Javungir urug birlashmalari kirgan. Barcha guruxlarni urug tabakalari - biylar va botirlar boshkargan.
XUSh asrda jungar va kozok xonlarining boskinchilik xujumlari natijasida Sirdaryo buylarida yashaetgan qoraqalpoqlarning bir kismi Yangidaryo buylariga va Orol erlariga kuchishga majbur bulgan. Yangidaryo erlarida urnashgan qoraqalpoqlar uchun yuz yillar karovsiz kolgan bepoen maydoklarni uzlashtirish kozok xonlari va sultonlari bilan doimiy tuknashuvlar natijasida juda ogir kechdi. Shuning uchun xam arxeologlar Yangidaryodagi sugorish inshootlari koldiklarini “qoraqalpoq ajdodlari mexnat jasoratining buyuk edgorliklari” deb xisoblaydilar.
Qoraqalpoq (Orol) erlari XVI-XIX asr boshida Kuvondaryo va Yangidaryo xavzasini tulik kamrab. Amudaryo etaklarigacha chuzilgan edi.
Qoraqalpoqlarning Xiva xonligi bilan alokalari xakida “Firdausu-al-ikbal” asarida kuyidagi malumotlar berilgan. 1714-yili orolli uzbeklar Xiva xoni Yadgarxonga karshi urushda qoraqalpoqlar bilan ittifok tuzgan. Xiva xoni Shirgazi davrida u qoraqalpoqlarga karshi 5 ming lashkar tortib, qoraqalpoqlarni Sirdaryo va Yangisuv buyiga kuchib ketishga majbur kiladi.
Rossiya imperatori Petr 1 ning Buxorodagi elchisi Florio Beneveni qoraqalpoqlar orolli uzbeklar xokimi Shaxtemir sulton bilan karindosh edilar deb tasdiklaydi. Ushbu malumotlardan kurinadiki, orolli uzbeklar va qoraqalpoqlar XUSh asrda Xiva xonligi bilan tuxnashuv sharayatida bulgan ekan.
Nodirshoxning saroy tarixchisi Muxammad Kozim 1740-yili eronlilar Xivani bosib olgonida qoraqalpoqlar Xiva xoni Elbarsxonga erdam berib lashkari tarkibida bulganligini tasdiklaydi. Shunin uchun Nodirshox Xivaga Toxirxonni noib kilib, unga qoraqalpoqlarni buysundirish vazifasini topshiradi. Tuxnashuvda engilgan orollilar va qoraqalpoqlar Nodirshoxga xar biri 12 ming lashkar berishga majbur buladi. Nodirshox davri xakida qoraqalpoqlarning “Kirk-kiz” dastani malumot beradi.
1740-1741-yillari Abulxoyirxon xuzurida bulgan Rossiya poruchigi Gladıshev qoraqalpoqlar xududlari Orollilar xududi bilan kushni turadi deb tasdiklaydi.
“Firdausu-al-ikbal” asarida Muxammad Amin inok (1770-1790 yillar xukmronlik kilgan) Turkistondan kuchib kelgan qoraqalpoqlarga er va yaylov berdilar, ulardan turkmanlarga karshi yurishlarda lashkar sifatida foydalandilar deb ezilgan. Muxammad Amin inok davrida qoraqalpoqlar Janadaryo va Kuvandaryo tomonlarida yashashni davom etgan.
1790-1804 yillari Muxammad Amin inokning ugli Avaz inok xon taxtiga utirib, qoraqalpoqlarni ikkiga bulib buysuntirish siyosatini olib borgan. Koldaulı urugi raxbari Aydos biy birinchilardan bulib Xiva xoni tomoniga utib, Kok-uzyak basseynida er va yaylov olgan. Aydos biy orolli uzbeklar va Janadaryoli qoraqalpoqlarni Xiva xonligiga buysuntirishda katta xissa kushgan.
Xiva saroyi tarixchisi Munis Xiva xoni Eltuzer xon 1804-1806 yillari xukmronlik kilgan davrida qoraqalpoqlarning kitoy urugi bir bulimi orolli zubeklar bilan ittifokda bulgan bulsa, ikkinchi bulimi Eltuzer xonga murojaat etib, erdam suraganligini ezadi. Demak, shu davrda qoraqalpoqlar orosida Xiva xonligi, Buxoro amirligi, xattaki Kukon xonligiga buysunish tugrisida xarakatlar bulgan ekan.
1806 yili Eltuzer xon vafot etib, xon taxti Muxammad Raxim xonga utadi. U 1806-1825 yillari xukmronlik kilgan. Muxammad Raxim xon orolli uzbeklarga karshi yurish kiyin bulganligi sababli, Amudaryo kuyidagi qoraqalpoqlarni buysuntirishga kirishadi. Bu davrda qoraqalpoqlarning bir bulimi Orolli uzbeklar xokimi pukorolari edi. Ushbu qoraqalpoqlar Ak jagıs, Esim arnasi, Daukara xududlarida urnalashgan edi.
Muxammad Raxim xon mana ushbu Ak jagıs qoraqalpoqlarini buysuntirishni boshladi. 1808 yili Aydos biy Xiva xoni erdamida orolli uzbeklar bilan tuxnashadi. Natijada 1809 yili Ak-jagıs buyidagi qoraqalpoqlar Aydos biyga buysunadi. 1807-1810 yillari Muxammad Raximxon Amudaryoe kuyidagi qoraqalpoqlarga bir nechta marotoba yurish uyushtirib, ularni buysundiradi. Muxammad Raximxonga qoraqalpoq biylaridan Aydos, Kadirbergan, Kosbergan, Shagal biylar erdam beradi. Aydos biy yarim xonlik uchun xattaki uzining karindosh inilari Begis va Mirshaxlarni ultiradi. Aydos biy Ak jagıs korganı urniga yangi kala kurdiradi va uz nomini beradi.
1811 yili Muxammad Raxim xon orolliklarga karshi xujum uyushtirib, Kungrad xokimi Turamurad sufi vafot etgan. Natijada Orol davlati tugatiladi.
Berdak babamiz “Shejire” asarida
“Andın son Muxammad Raxim xon,
Titireshib Kurdi, Gurjiston,
Yetti ıklım saxip kıran,
Tamam yurtni algan eken. deb yozdi.
Muxammad Raxim xon davrida Xiva xonligini birlashtirish nixoyasiga etdi. Mamlakatda utkazilgan solik isloxoti, bojxonaning joriy etilishi, oltin pul chikarilishi xujalik ishlariga uzining ijobiy tasirini kursatdi.
Muxammad Raxim xon davrida Aydos biy xonlikdagi katta mansabda buldilar. Berdak babamiz oytkaniday “Sherik kılmay bir bendeni, Xiyuada xannan ozgeni” Aydos baba qoraqalpoq yurtini boshkardi.
Maylı shengel shegara,
Berjagın Aydos soradı,
Xanga xakın bermedi,
Ozinen mart kormedi.
Lekin 1825 yili Muxammad Raxim xon ulimidan sung taxtga utirgan Allakuli xon (1825-1842) va Muxammad Amin xon (1845-1855) davrida Aydos biy aga biy lavozimidan ayrilgan.
X1X asr birinchi yarmida qoraqalpoqlar Amudaryo un tomonida Kushkanatov, Kegeyli, Kokuzak dexkonchilik oazislarin, daryoning chop tomonida Shanlıbasıu, Shomanay, Kıyatjargan, Kanlıkul oazislarin paydo etdi. X1X asrda Shımbay, Shoraxan, Mangıt, Kıpchak, Kungirot, Xujayli xujalik oazislarinda turmush kechirdi.
Dexkonchilikda donli ekinlar - biyday, sholi, arpa, jugari, tarı, mash. lobiya, moy chikaratugin ekinlardan gunji, kendir, jonıshka, poliz ekinlaridan kovun, tarbuz, askabak, gashir, piyaz, burich ekkan.
Ajiniyaz shoyir “Ellerim bardı” sherinda
Kormegen xayranda, esleri tanar,
Baglarımda piser almayu, anar,
Esapsız mazalı miyuesi bardı deb ezgan.
Qoraqalpoqlarda mavsum buyicha xujalik yuritgan va avkot bulgan
Ush ay shabagım,
ush ay kabagım,
ush ay kauınım,
ush ay sauınım.
Lekin solik qoraqalpoq xalkida norozilik tugdirgan. 1825-1855 yillari Xivada ushta xon olmoshib, urushsiz xesh bir yil bulmagan. Xar yilgi 20 ming tilla solik ustiga urush soligi 140 ming tillaga etgan.
Berdak shoyir ezgan ekan
Bıltırgıdan bıyıl jaman,
Kalay-kalay boldı zaman,
Garip -kaser kalmay aman,
On tilladan keldi solik
Magan xesh gap eshegim bar,
Satıp berermen bir bazar,
Atten jarlı ash Ernazar,
Ogan kıyın boldı salık.
1827 yili jazda Xiva xoni Allakulixon siyosatiga karshi kuzgolon kelib chikadi. Kuzgolonni xitoy urugi boshlaydi. Aydos biy kuzgolonga raxbarlik etadi. Sababi, Allakulixon qoraqalpoqlarni boshkarishni mangıt urugidan Dauletnazar biyga va kenagastan Kabıl biyge topshiradi. Aydos biy 2000 ming uz tarafdarlari bilan Kukon xonligi tomonga kuchib ketadi. Xon lashkarlari uni Yangidaryo buyidagi Chirik-Rabat xududida ultirib, odamlarni xaydab keladi. Aydos biy qoraqalpoqlarni birlashtira olmodi, sababi, uzi Xiva xonina buysuntirish siyosatini olib borib, abruyini tukkan edi.
Kuzogolonni bostirgannan keyin Allakulixon Daukara kulina keletugın uzakni boglab, Kokuzak buylarin shulistanlikga oylantirdi. 1849 yili Xiva xonliginda bulgan ruslar pukoralar turmushi xakida kuyidagilarni ezgan: “Bunday jarlıshılık xakida agar kuzin kurmasa, shunday jarlıshılık buladi ekan deb oylauda mumkin emas, shularni kurib, odamning chidamli bulganiga xayran kalasan, ularning yashaydigan jeri eshiktan kelgan kishning kakaman suuıgının shamoli irkilmey torinen otip ketetugın tesik kara uylar va uzlari oshlikdan ulim xalotida”.
1855 yili kuz oyida vujudga kelgan kuzgolon sabablari kuyidagicha: Birinchidan, Xiva xonligi pukoralari uzbeklar, qoraqalpoqlar, turkmanlar va kozoklar oshlik va solikdan, urush va kasallikdan norozilik kutardi. İkkinchidan, Xiva xonligi chegarasiga russlarning yakinlashib kelgani buldi. 1847 yili Orol flotiliyasi tuzildi. Uchinchidan, 1855 yili fevral oyidaMuxammad Amin xon kaza buladi. Uning taxtini egallagan Abdulla xon xam turkmanlar bilan jangda xalok buladi. 1855 yili 3 sentyabrda Kutlımurat xon taxtga utiradi va turkmanlarga karshi lashkar yignaydi. Noyabr oyida qoraqalpoqlar kuzgolon kutaradi. Uni kungirot koldauli urugidan Mirshax ugli Ernazar boshkaradi (1806-1956).
Ernazar bolaligidan xonga karshi ruxda tarbiyalangan palvon inson. Uni Xiva xoni asrga olib, yanida saklaydi, xivali kizga uylandiradi. Lekin boribir Ernazar qoraqalpoqlarga kochib borib, kuzgolonni boshkaradi. 60 biyni biriktirib, bir olmani bulib eydi. ont beradi. Kozok turalaridan Zarlıkni xon kutaradi. Ernazar kushbegi bulgan. Orollik uzbeklar bilan qoraqalpoqlar mustakillik elon kilgan. Davlatchilik 1855 noyabr oyidan 1856 yil iyun oyiga kadar yashagan. 1856 yili fevral oyida taxtga utirgan Sayidmuxammad xon kuzgolonni bostiradi, Zarlık turani sarsan kesek kilib ultiradi. Ernazar biy 1856 yili 12 iyunda sotkinlar tomonidan ultiriladi.
1858-1859-yillari Kungirot bekligida Muxammad Fena xon raxbarligida kuzgolon buladi. Bir yil davomida Kungirot Xiva xonligidan mustakil buladi. 1859-yili avgust oyida Muxammad Fena xon ultiriladi.
Kuzgolonlar katta axamiyatga ega buldi. Qoraqalpoqlarda aga biy (Erejep kipchak urugidan), atalik, begler begi lavozimlari paydo buldi.
1872 yil oxirlarida Rossiya imperiyasi xarbiy vaziri boshchiligida Peterburgda Turkiston va Orenburg general-gubernatorlari, Kavkazdagi podsho noibi ishtirokidagi maxfiy kengashda Xiva xonligini bosib olishga karor kilinadi.
Turkiston kushinlariga (22 rota, 1800 kazak va 18 tup) general Kaufman, Orenburg otryadiga (15 rota, 600 kazak, 8 tup) general Verevkin, Mangkishlok otryadiga (12 rota, 800 kazak, 8 tup) polkovnik Lomakin kumondon bulib, Orol flotiliyasi xam ular ixtiyoriga berilgan edi. Xammasi bulib Rossiya kushini 12 ming askar edi. Xiva xonligi kushinida xammasi bulib 27 eski zambarak, 2 ming otlik askar, 4 ming navkar bulib, ular asosan poytaxtda jamlangan edi.
İstilochilar kushini uch yunalish buyicha Xiva xonligi ustiga bostirib keldi. Rus askarlari generallar Kaufman va Golovachevlar kumondonligi ostida Toshkent tarafdan, ikkinchi yunalishdagilar general Verevkin va uchinchi yunalishdagilar polkovnik Lomakin kumondonligida Kaspiy dengizi tarafdan Xiva tomon kirib keldi.
Rossiya kushinlarining Xiva xonligini tez orada bosib olgan sababi kuyidagilar: Birinchidan Xiva saroyida ikki gurux paydo buldi - 1-gurux Rossiya bilan jang kilish tarafdari, 2-gurux savdogarlar guruxi, Rossiyaga buysunish va kapitalizmga utish guruxi. İkkinchi sababi, Xiva xonligi xalkaro maydonda yakka koldi. Ulug Britaniya uziga Afganistonni olib, Xivani Rossiya talon-tarojiga koldirdi. Uchinchi sabab, axoli noroziligidur. Qoraqalpoqlar va orollik uzbeklar Rossiya Orol flotiliyasining Kungirotga yurishiga erdam berdi. Seytgazi biy general Verevkin bilan flotiliya kapitani Sitnikov oralarida alokani taminlagan. Erejep oga biy Kafumannan barcha qoraqalpoqlarni Rossiya pukOroligiga utkizishni iltimos kilgan.
1873 yili 12 iyunda general Kaufman va Muxammad Raxim xon Gendimian shartnomasiga kul kuyishdilar. Davlat boshkaruvida Xon raisligida kengash tashkil topib, tarkibiga uchta xiva pukarasi va uchta rossiya pukarasi kirgan. Lekin 2 oydan keyin bu kengash uz faoliyatini tugatdi.
Gendimian shartnomasi 18 banddan iborat bulib, Xiva xoni uzini Rossiya imperatoriga buysunganini tan oldi. 2-3 bandlarida Amudaryo ung tomoni Rossiya tarkibiga utilishi tasdiklandi, yaniy asosiy qoraqalpoq erlari ikkiga bulindi, qoraqalpoqlarning uz=uzini boshkaruv dasturi yuk kilindi. 18-bandinda Xiva Rossiyaga 2 mln 200 ming rubl jariyma tulaydigan buldi. Bu jariyma 1901 yili tulab bulindi.
Amudaryo bulimi daslabki vaktda Turkiston general-gubernatorligiga tikkalay bogindi. Ulka besh viloyatga bulindi: Sirdaryo, Fargona, Samarkand, Ettisuv, Kaspiyorti. Sirdaryo viloyati kuyidagi tumanlarga bulingan: Toshkent, Avliyoota, Kozoli, Perovsk, Chimkent. Amudaryo bulimi xam shu viloyatga buysungan. Amudaryo bulimi nachalnigini xalk “xokim tura” deb atagan.
Turmush tarziga kura rus amaldorlari barcha axolini ikkiga: “kirgizlar” (kuchmanchi) va “sartlarga” (utrok axoli) bulishgan.
Rossiya imperiyasi istilo kilganidan keyin maxalliy xalklarni mustamlaka istibdodiga soluvchi konun “Turkiston ulkasini boshkarish xakidagi” Nizomni joriy etdi. Nizom ulkada maxalliy axolining insoniy va siyosiy xukuklarining rasman poymol etilishiga olib keldi. “Barcha ruslar,-deb aytgan edi tarixchi G.Safarov,- Turkistonning tub axolisi aodamlar emas, balki ursa, talasa, zurlasa mumkin bulgan ish xayvonlaridir, degan ruxda yashagan va tarbiyalangan”. Musulmonlarning juma nomozlarida podshoning nomini xutbaga kuyib ukimok amr kilindi. Sufi Olloyorning “Chaxor kitobi” asaridagi “azobi kabr kofirlargadir” iboralarini yukotib, yangi bosiladirgon kitoblarda bu suzlarni chikarishdek farmoyishlar kildilar. Kuchadan pristav utib kolsa, beixtiyor kurmay kolgon va urnidan turmagan musulmonlar bulsa, kaytib kelib urdilar, kamar edilar.
Saylovlarda rus elementini musulmonlar soni bosib ketmasligi choralari kurildi. 1905 yilgi savlov konuniga kura, barcha xotin-kizlar, 25 yoshdan kichiklar, xarbiy xizmatchi, ukuvchilar savlov xukukidan maxrum kilindi.
Chimboy uchastkasi Tallik volostining Kopak-kul degan joyda mamuriyat vakili - oksolni kayta saylash jaryonida galayon kutarildi. Ammo u kazaklar tomonidan bostirildi. 1899 yil 28 martda tergov, kidirish, kamokka olish ishlari boshlandi. Dexkonlar xibsga olinib Petro-Aleksandrovskga junatildi. Shuraxon uchastkasi Biybozor volostida va Chimboy uchastkasi Nukus volostida mustamlakachilarga karshi Bobo Kurlan boshchiligidagi zalk kuzgoloni jiddiy tus olib, kariyb un yil (1881-1991) davom etdi.
Dexkonlar tez-tez solik tulashdan bosh tortib turganligi natijasida bokimandalar 1889 yili bulim buyicha 12 818 rublni, 1896 yili esa 16 723 rublni tashkil etdi. Dexkonlarning karzlardan ozod etish xakidagi iltijolari koniktirilmadi. 1900 yili mart oyida Nukus volostida shu sabab dexkonlar bilan kishlok mamuriyati urtasida tuxnashuvlar bulib utdi. Dexkonlar utov boshiga olinadigan solikni tulashdan bosh tortib, ovul oksokoli bilan kozini tutib, ularning lavozimlik belgilarini, muxrlarini tortib olishdi. Chap kirgokdagi qoraqalpoqlar xam zolimlarga karshi bosh kutardilar. 1900 yili Kungirot bekligida yashovchi qoraqalpoqlar sugorish inshootlarini (Lavzon kanalini) tozalash majburiyatini bajarishdan bosh tortdilar.
Aslida “Mardikorlar kuzgoloni” deb atalmish 1916 yildagi milliy-ozodlik kuzgolonida kurbonlar benixoya katta bulgan, milliondan ziyod kishi xalok bulgan. Turkiston axolisidan 673 ming kishi uldirilgan, 300 mingdan ortik axoli xorijga chikib ketgan.
1916 yili 24 iyulda Shuraxon javbxasi Turtkul bulimi Saxtian jamoasi ayollari bulis boshkaruvchisi Kozokbay Abdikarimboevdan front arkasi ishchilarining ruyxatini va uz erlarini va ugillarini mardikorlikdan ozod kilishni talab kilib chikdilar. Bunday chikish 26 iyulda Xujayor jamoasida xam yuz berdi. Bulislikning barcha kishloklaridan 200-300 ayol uz bolalari bilan Turtkulga kelib, soldatlarga tashlandilar. Kazak sokchi komandasi ayollarni tarkatib yubordi va ulardan bir nechtasini kamokka oldi.
Chimboy uchastkasi Beshyab bulisi axolisi xam kuzgolon domiga tortildi. 1916 yil 27 iyulda ularga Eshim bulisligi birinchi va ikkinchi ovullari, keyin Yangibozor va Nukus bulislari, 29 iyulda esa Chimboy shaxri xam kushildi.
1916 yil 29 iyul kuni Chimboy isyonchilari kuliga tushgan narsa bilan kurollanib, pristav idorasiga yul oladi. Politsiya pristavi xalk arzlariga rad javobini beradi va vakillardan birini yarador kiladi. Dargazab chimboyliklar pristav idorasiga xujum kilib, podsho portretlarini yokadilar, pristav Maeljanyatsni uldiradilar va uning yakinlarini kaltaklaydilar. Ammo isyonchilar kazaklar tomonidan tarkatilib yuboriladi. Bu kuzgolonda Jumon Mametkulov, Salima mullo Shalimova, Gulzoda Tongirbergenova, Oygul Mambetova, Shamurod Sagatbaev va boshka kuplab kishilar faol ishtirok etdi.
Chimboy kuzgoloni balikchilar orasida xam kuchli galayonlarga sabab buldi. 1916 yil 4 avgustda Muynokda galayonlar boshlandi. Balikchilar ovchilik xujayniga xujum kildi, uning mol-mulkini yakson kilib, gidrometrik postni egalladi. Muynok balikchilari ketidan Urga ovchiligi balikchilari kutarildi. Muynok va Urga balik ovchiliklarini kuriklash uchun 4-Sibir ukchi polki junatildi.
Chor mamurlari xarbiy kuch ishlatibgina kuzgolonni bostirishga erishdilar. 103 nafar kuzgolon ishtirokchisi, shu jumladan, 18 ayol kamokxonaga tashlandi. Xarbiy tribunal kuzgolon raxbarlarining bir kismini osib uldirishga, kolganlarini esa Sibirga surgun kilish bilan turli muddatlarga kamok jazosiga xukm kildi.
Qoraqalpoqlarda neke urug ichida emas, boshka urugdan (ekzogamiya) bulgan. Nekelesiu aklay kuda (tuvilmagan bolaning ota-onasi uz-aro vadalashadi), jaslay kuda (oyttirib oladi) orkali bulgan. Kuyav vafot etsa yangasi koynisiga yaki koynagasiga turmushga chikadi. Kız olib kochish dasturi xam bulgan. Kizni kup odamlar oyttirib kelgan, lekin masala kiz kelisimi bilan xal kilingan. Nekege kelisilse “kalın mal” berilgen. Uzatilgan kiz kurpa-tosek, arsha, kazan-tabak, kiyim-kensheklarni “kalin mal” xisobidan olgan. Uzatilgan kizga arnap otau urnatilgan. Shanaraktın kichik shanarak, ulken shanarak degan turlari bulgan. Neke kıyıuda guvoklar ishtirok etgan Mullo kumush tiyin solingan neke suvi bor kesaning bir chetidan kuyavga, bir chetidan kizga urtlattirgan.
Qoraqalpoq kiyimlarida insonning yashi, kasibi, jagdayı, uylengeni, turmushga chikkan yaki chimagani ifodalangan. Qoraqalpoqlar paxta, jun, ipakdan tukilgan gezlemeden, koy-echki, jılkı terilerinen islengen kiyimler kiygen. Katta xotinlar kizil jegde kiyse “betining kizili ketse de jipek jegde jamılıp juripti deb xalık oyipsingan. Erkaklarning kiyimi postın, shapan, shekpen, beshpent bulgan, takiya, malakay, shogirme, degeley kiygen. Qoraqalpoq kizlari jaslayınan uydin ichki ishlariga, milliy xunarga uyretilgen, nakshsiz kiyim kiymegen, xaykel, onir monshak, tuyme, bileziksiz jurmegen. Uzatilgan kiz saukele kiygen.
Qoraqalpoqlarda tauipchilik rivojlangan. Tauipler tamir ushlab kasallikning turlarin oniklagan. Ular sınıkshı, porxan, tauip, shershi bulib bulingan. Ayazlagan odamlarga yantak, tarbuz, anar, jida suvlarini ichkizgan,kum va tuzga tushirgan. Adiraspan tutatgan. Kuz tiygan kasalliklarga odamlarga, molga, turar joylarga kuchkor muyizin, burısh, piyaz kıstirgan. Balık va tovuk bilan kaktırgan.
Qoraqalpoqlarda bir kun tuz tatkan erge kırk kun salam deb ovkat kadrin yukori baxolagan. Jismoniy tarbiya soxasida juuırıu, tosh kutarish, arkan tartish, jorga suriu, baygige ot yuborish, atkonshek, ak suyek, kasharman tup, shullik uyinlari bulgan. Geshtek, ziyapotlar, aga biy otırıspagı utkizilgan. Sunnat tuy, kurban xayt, navruz bayramlari utkazilgan.
XX asr boshida Amudaryo bulimida 58 madrasa bulgan. Karakum ishan madrasasi, Tas madrasa yirik madrasalardan xisoblangan.1907 yili Petro-Aleksandrovsk, Xujayli, Kungirot kalalarida “yangi usul” maktabi tashkil etilgan. 1917 yil arafasida savodsizlik darajasi 10-15 foyiz bulgan.
Turkiston general-gubernatorligi Sirdaryo viloyati tarkibidagi Amudaryo bulimi xududida yashovchi qoraqalpoqlar sanati mustamlaka sharoitida yashovchanligini kursatdi. “Qoraqalpoqlar xotirasida, - deb ezgan edi kozok elshunosi Ch.Valixanov,- minglab xikoyalar, kissalar, kushiklar saklangan”. Ularning chichda eng mashxuri “Alpomish”, “Koblan”, “Edige”, “Shariyor”, “Ershuro”, “Kirk-kiz” dostonlari bulgan. Ularning ijrochilari jirovlar, baxshilar va kissaxonlar favkulodda shoirona kobiliyatga ega bulishgan. Ular tufayli uzok utmishdagi xalk ogzaki ijodi namunalari avloddan=avlodga utib, bizgacha etib kelgan.
Mako-matallar xalk donishmandligining yigindisi, xalk istedodining yorkin namunasi bulib kelgan. Qoraqalpoqlarda jumboklar, zukkolik musobakalari (javob aytish) va xalk ijodining boshka kupgina turlari ken tarkalgan.
Qoraqalpoqlar boshka turkiyzibon xalklar bilan bir katorda kadimiy umumturk yozma yodgorliklarini (kadimiy urxun-enisey yozuvlari, UP-USh asrlar), Maxmud Koshgariyning “Devoni lugati turk” (X1 asr), “Kodeks Kumanikus” (XSh asrdagi kipchoklar tili lugati), “Oguznoma” kabilarni meros kilib olgan.
Qoraqalpoqlarning uz xayoti va mustakilligi uchun sabot-matonat bilan olib borgan kurashi jarayonida Jiyan jirov, Kunxuja, Ajiniyoz, Berdax, Utesh kabi ajoyib xalk shoirlari etishib chikdi.
Qoraqalpoq adabiyotining yirik namoyandasi, shoir va jirov Jiyan Jungor xonining va boshka xonlarning shafkatsiz siyosatini “Xonavayron xalk” poemasi misolida fosh kildi. X1X asrdagi barcha tarakkiyparvar qoraqalpoq shoirlari Jiyan jirovni qoraqalpoq sheriyatining otasi deb tan oldilar.
Mashxur shoir Kunxuja (Jiyamurod) xam (1799-1880) uz asarlarida (“Chuponlar”, “Urokchilar”, “Ok kamish”, Umıtpaspan” va boshk.) zaxmatkash xalkning ogir axvolini aks ettirib, qoraqalpoq jamiyatidagi chukur ijtimoiy karama-karshiliklarning moxiyatini ochib berdi. X1X asrda yashab utgan qoraqalpoq shoirlari Ajiniyoz va Berdax ojodiyoti xozirda xam dolzarb axamiyat kasb etadi.
Ajiniyoz Kosiboy ugli (1824-1878) qoraqalpoq adabiyotining yana bir yirik va uziga xos ijodiy siymosidir. U Xiva madrasasida talim olgan, tarix va xalk ogzaki ijodini yaxshi bilgan, Shark lirikasi bilan tanish bulgan. Shoir asarlarida lirik mavzular bilan bir katorda ijtimoiy mavzular urin tutadi. Uning mashxur “Buzatov” poemasi qoraqalpoq xalkining ogir xayotini aks ettirgan axamiyatli tarixiy manba bulib xisoblanadi.
Berdax (Berdimurod) Kargabay ugli (1827-1900) qoraqalpoq mumtoz adabiyotining eng yorkin namoyandasidir. Uzining kupgina lirik asarlarida, poemalarida Berdax X1X asrdagi qoraqalpoq xalkining ijtimoiy xayotini xar taraflama aks ettirdi. Shoir-demokrat sifatida u uz davridagi vokealarga va ijtimoiy munosabatlarga adolat va vatanparvarlik nuktai nazaridan baxo berdi. Berdax uz asarlarida jamiyatning ilgor kishilarini xalk baxt-saodati uchun kurashga chorladi, kupgina utmish vokealariga jiddiy fikr bildirdi. Berdax “Amangeldi”, “Aydos baba”, “Ernazar biy” kabi asarlarni yozgan. Uning “Shejire” asari tarixiy manba xisobalanadi. Shu boisdan xam tarixchilarning birortasi Berdax ijodiyotini chetlab utmaydi.
Utesh Alshinboy ugli (1828-1902) nisbatan unchalik kup bulmagan meros koldirgan. Lekin uning zolimlarga karshi, jafokash mazlumlarni ximoya kilishga karatilgan xajviy asarlari (“Sharmanda”, “Uxshar” va x.k.) shoirni X1X asr qoraqalpoq sheriyatining atokli vakillari safiga kutardi.
Adabiyot bilan bir katorda qoraqalpoq musikasi xam uz tarixiga ega. Xalk ogzaki ijodi kabi musika avloddan-avlodga ogzaki utib kelgan. Musika madaniyatining tarkatuvchilari kushikchilar, jirov-baxshilar, suz ustalari, xalk bastakarlari, sozandalar, oddiy musika va kushik ishkibozlari bulgan.
Asosiy qoraqalpoq musika asboblari: kobız - kamoncha bilan chalinadigan kadimiy musika asbobi bulib, u bilan jirovlar kaxramonlik dostonlarni ijro etgan; dutor - baxshilar chaladigan ikki torli m usika asbobi; boshkalardan aloxida ajralib turadigan shınkobız - fakat ayollar chaladigan, takrorlanmas ovozga ega asbobdir. Bulardan boshka surnay va gijjak xam kullanilgan.
Amaliy sanat (yogoch uymakorligi, kashtaduzlik, gilam tukish, zargarlik, kunga bosib naksh solish, applikatsiya va x.k.) qoraqalpoq xalki ijodiyotining kuprok rivojlangan serkirra soxasidir. Ayniksa kashtachilarning rang-barang bulib tovlangan kashtalari xotin-kizlarning bayram kiyimlarini bezagan.
Qoraqalpog’istonda zargarlik buyumlari (isirga, bilaguzuk, uzuk, kukrak takinchoklari), mexnat kurollari, uy-ruzgor anjomlari, shuningdek, kurol-yarog (kilich, sovut, kamar va x.k.) xam keng tarkalgan.
Mustamlaka siyosati qoraqalpoq xalkining nafosat tuygusini sundira olmadi. Uning mexnati va istedodi asrlar osha yashab kelayotgan xalk ijodiyoti namunalarida uz aksini topdi.

Adabietlar


1. Karimov İ.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yuk. Toshkent, 1998.
2. Jiyen jırau. Poskan el. Nokis, 1997.
3. Kırk-kız. Nokis, 1997.
4. Mambetov K. Karakalpaklar tariyxı. Nokis, 1993.
5. Yusupov O. Janibek batır, Maman batır, Murad shayık. Nokis, 1993.
6. Kamalov S., Koshanov A. Karakalpakstan tariyxı. Nokis, 1993.
Download 27.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling