Referat mavzu: Smeta tuzish Guruh: 8 bh-2020 Bajardi: Nursaxatov Axror Tekshirdi: Z. Shukurov
Asosiy smeta ta’rifi va byudjet turlari
Download 114.01 Kb.
|
Smeta tuzish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rejalar quyidagicha turkumlanadi: Operativ reja
- Ma’muriy rejalar
- Strategik rejalar
- Byudjetni ( smetani
Asosiy smeta ta’rifi va byudjet turlari
Operativ reja — bu firma maqsadlariga erishish bilan bevosita bog’liq taktik reja. Ular yillik yoki uch oylik byudjetlar sifatida tuzilgan qisqa muddatli rejalardir. Ishlab chiqarish rejasi, moddiy-texnika ta’minoti rejasi, umumiy ishlab chiqarish sarflari rejasi operativ rejaga misol bo’la oladi.Rejalar quyidagicha turkumlanadi: Operativ reja — bu firma maqsadlariga erishish bilan bevosita bog’liq taktik reja. Ular yillik yoki uch oylik byudjetlar sifatida tuzilgan qisqa muddatli rejalardir. Ishlab chiqarish rejasi, moddiy-texnika ta’minoti rejasi, umumiy ishlab chiqarish sarflari rejasi operativ rejaga misol bo’la oladi. Ma’muriy rejalar — bular tashkiliy tuzilmani rivojlantirish va qo’llab-quvvatlash rejasidir. Ularning maqsadi - rejalashtirilgan ko’rsatkichlar bajarilishining kutilgan darajasiga erishish mumkin bo’lgan tashkilotni tuzishdir. Ular o’rtacha muddatli, har yili qayta ko’rib chiqiladigan rejalardir. Strategik rejalar — bu biznesni rivojlantirishning va tashkilot uzoq muddatli tuzilmasining bosh rejasidir. Tashkilot strategiyasi muntazam ko’rib chiqilmaydi, balki zarur bo’lganda, ya’ni yangi texnologiyani joriy etish, nufuzli iste’molchilar o’zgargan, yangi raqobatchi paydo bo’lgan hollarda qayta ko’rib chiqiladi. Byudjet (smeta) — bu ma’lum davrga qadar tayyorlangan va qabul qilingan, odatda erishish lozim bo’lgan daromadning yoki shu davr ichida qilinishi lozim bo’lgan sarf-xarajatlarning hamda ushbu maqsadga erishish uchun jalb etish zarur bo’lgan kapitalning rejalashtirilgan miqdorini pul bilan ifodalangan miqdoriy rejasidir.Byudjetni (smetani) rejalashtirish Byudjet (smeta) — bu ma’lum davrga qadar tayyorlangan va qabul qilingan, odatda erishish lozim bo’lgan daromadning yoki shu davr ichida qilinishi lozim bo’lgan sarf-xarajatlarning hamda ushbu maqsadga erishish uchun jalb etish zarur bo’lgan kapitalning rejalashtirilgan miqdorini pul bilan ifodalangan miqdoriy rejasidir. Byudjet boshqaruv nazorati tizimining asosiy vositasidir. Deyarli barcha kompaniyalar (eng kichiklaridan tashqari) byudjet tuzadi. Ko’p kompaniyalar foyda olish uchun ma’sul markazlar bo’yicha kompaniyaning rejalashtiriladigan faoliyatini ko’rsatuvchi foyda rejasini yillik byudjet deb qaraydi. Foyda olmaydigan tashkilotlar ham byudjet tuzadi. Byudjet nazarda tutilgan xarakatlar bajarilganga qadar tuzilgan moliyaviy xujjatdir. Uni ko’pincha moliyaviy xarakatlar rejasi ham deyiladi. (Buni qiymat o’lchovida ifodalangan reja deb tushunsa bo’ladi). «Byudjet» atamasini tushunishning kaliti bu bir varaq qog’oz emas, undan ko’proq narsa ekanini, unda moliyaviy va boshqa ma’lumotlar borligini anglab etishdir. Bu ma’lumotlar kelgusida sodir bo’ladigan voqealar turkumini rejalashtiradi. Bu bo’lajak moliyaviy operatsiyalarning farazidir. Download 114.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling