Referat Mavzu: Soliq nazorati. Bajardi: Orziqulova Sultonposhsho Tekshirdi: Usmonova Shirin
Download 131.77 Kb.
|
Soliq nazorati REFERAT
Soliq tekshiruvi materiallarining davlat soliq xizmati organi tomonidan ko‘rib chiqilishi. Soliq tekshiruvi materiallari davlat soliq xizmati organining rahbari yoki rahbar o‘rinbosari tomonidan soliq tekshiruvi tugagan kundan e’tiboran o‘n ish kuni o‘tgach, biroq o‘n besh ish kunidan kechiktirmasdan ko‘rib chiqiladi.
Soliq tekshiruvi materiallari ko‘rib chiqilayotganda hisoblangan yoki ortiqcha to‘langan soliq va boshqa majburiy to‘lovlar miqdori, soliqto‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi alomatlari mavjudligi, qo‘llanilayotgan moliyaviy sanksiyalarning miqdori va xususiyati, sodir etilgan soliqqa oid huquqbuzarlik uchun javobgarlikni yengillashtiruvchi yoki og‘irlashtiruvchi holatlar, ma’muriy huquqbuzarlik yoki jinoyat alomatlarining mavjudligi, shuningdek soliq tekshiruvi materiallarini ko‘rib chiqish uchun ahamiyatga molik boshqa holatlar aniqlanadi. Soliq to‘lovchi soliq tekshiruvi dalolatnomasi bo‘yicha o‘zining yozma tushuntirishlarini yoki e’tirozlarini soliq tekshiruvi tugagan kundan e’tiboran o‘n ish kuni ichida taqdim etishga haqli. Mazkur holda soliq tekshiruvi materiallari soliq to‘lovchining mansabdor shaxslari ishtirokida ko‘rib chiqiladi. Davlat soliq xizmati organi tekshiruv materiallarini ko‘rib chiqish sanasi, vaqti va joyi to‘g‘risida soliq to‘lovchini ko‘rib chiqishdan kamida ikki ish kuni oldin xabardor qiladi. Agar soliq to‘lovchi soliq tekshiruvi materiallarini ko‘rib chiqishga uzrli sabablarga ko‘ra kela olmasligi to‘g‘risida davlat soliq xizmati organini xabardor qilgan bo‘lsa, davlat soliq xizmati organining rahbari yoki rahbar o‘rinbosari soliq tekshiruvi materiallarini ko‘rib chiqishni uch ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatga kechiktirish to‘g‘risida qaror qabul qiladi, bu haqda soliq to‘lovchi xabardor qilinadi. Agar soliq to‘lovchi takroriy xabarnomaga qaramasdan soliq tekshiruvi materiallarini ko‘rib chiqishga kelmasa, mazkur materiallar, shu jumladan soliq to‘lovchi tomonidan taqdim etilgan tushuntirishlar va e’tirozlar uning ishtirokisiz ko‘rib chiqiladi. Soliq tekshiruvi materiallari soliq to‘lovchining ishtirokida ko‘rib chiqilganda bayonnoma soliq tekshiruvi materiallarini ko‘rib chiqqan mansabdor shaxs, soliq to‘lovchi, shuningdek ularni ko‘rib chiqishda ishtirok etgan boshqa shaxslar tomonidan imzolanadi. Soliq to‘lovchi bayonnomani imzolashdan bosh tortganda yoxud soliq tekshiruvi materiallari uning ishtirokisiz ko‘rib chiqilganda bu haqda bayonnomaga tegishli yozuv kiritiladi. Soliq tekshiruvi materiallari soliq to‘lovchining ishtirokida ko‘rib chiqilganda bayonnoma uch nusxada tuziladi, ulardan bir nusxasi soliqto‘lovchiga beriladi. Soliq to‘lovchi bayonnomani olganda bayonnomaning barcha nusxalariga uni olgan sanani ko‘rsatgan holda imzo qo‘yishi shart. Soliqto‘lovchi bayonnomani olishdan bosh tortgan taqdirda davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxsi bu haqda bayonnomaga tegishli yozuv kiritadi. Soliq tekshiruvi materiallarini ko‘rib chiqish bayonnomasining davlat soliq xizmati organida qolgan barcha nusxalari soliq tekshiruvi materiallariga qo‘shib qo‘yiladi. Davlat soliq xizmati organining soliq tekshiruvi materiallarini ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha qarori. Davlat soliq xizmati organining rahbari yoki rahbar o‘rinbosari soliq tekshiruvi materiallari ko‘rib chiqilganidan keyin besh ish kunidan kechiktirmasdan quyidagilarni nazarda tutuvchi qaror qabul qiladi: soliqlar, boshqa majburiy to‘lovlarni va penyani hisoblashni yoki buni rad etishni; soliq to‘lovchini soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganligi uchun javobgarlikka tortishni yoki buni rad etishni. Download 131.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling