Referat Mavzu: Soliq nazorati. Bajardi: Orziqulova Sultonposhsho Tekshirdi: Usmonova Shirin


Download 131.77 Kb.
bet1/7
Sana18.06.2023
Hajmi131.77 Kb.
#1559464
TuriReferat
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Soliq nazorati REFERAT


Toshkent Davlat Iqtisodiyot Unversiteti Samarqand filiali
Iqtisodiyot fakulteti


Referat

Mavzu:Soliq nazorati.

Bajardi:Orziqulova Sultonposhsho


Tekshirdi:Usmonova Shirin












Reja:


  1. Soliq nazoratining huquqiy asoslari.
  2. Soliq nazoratini amalga oshirish shakllari. 3.Soliq tekshiruvlarining mohiyati va turlari.


  1. Soliq tekshiruvlarini o’tkazish tartibi



Soliq nazoratining huquqiy asoslari


Soliq nazoratini amalga oshirishning huquqiy asosi hisoblangan O‘zbekiston Repsublikasi Soliq Kodeksi dastlab 1997 yilda qabul qilingan bo‘lib, 10 yil davomida unga kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar natijasida davr talabi bilan 2007 yilda yangi tahrirda qabul qilindi. Oxirgi ikki yil mobaynida soliq tizimida amalga oshirilayotgan chora tadbirlar natijasida joriy yilda yana yangi tahrirda qabul qilinishi kutilmoqda. Soliq nazoratining yana bir huquqiy asosi sifatida O‘zbekiston Respublikasining 1997 yil 29 avgustdagi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida” 474-i-son qonunini e’tirof etish mumkin. Ushbu qonunda keltirilishicha soliq nazorati soliq to‘lovchilarni, soliq solish ob’ektlarini va soliq solish bilan bog‘liq ob’ektlarni hisobga olishning, shuningdek soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilishning yagona tizimidan iboratdir33.
Mamlakatimiz Prezidentining «Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2017 yil 1 avgustdagi PQ-3168son qarorini bajarish yuzasidan va davlat soliq xizmati organlari faoliyatini huquqiy tartibga solishni yanada takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini huquqiy tartibga solishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida34 Qarori qabul qilindi. Ushbu qaror bilan soliq nazoratining 2 ta huqqiy asosi yangilandi, jumladan “O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizom” va “O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organlarida xizmatni o‘tash to‘g‘risidagi nizom”lar yangidan tasdiqlandi.
Soliq ma’muriyatchiligini amalga oshirishda bir qator muammolarni bartaraf etish maqsadida 2017 yil 18 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Soliq ma’muriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning yig‘iluvchanligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi va unda davlat soliq xizmati organlari tizimini isloh qilishning quyidagi muhim yo‘nalishlari belgilandi:

  • soliq ma’muriyatchiligi jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ilg‘or avtomatlashtirilgan tahlil uslublarini keng joriy etish, soliq to‘lovchilarga, eng avvalo, tadbirkorlik sub’ektlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotsiz elektron xizmat ko‘rsatishga to‘liq o‘tish;




  • soliq solish ob’ektlari va soliq solinadigan bazaning o‘z vaqtida hamda ishonchli hisobga olinishini ta’minlash, vakolatli organlar va tashkilotlar mansabdor shaxslarining soliq solish masalalari bilan bog‘liq bo‘lgan ishonchli axborotini o‘z muddatida taqdim etish bo‘yicha mas’uliyatini oshirish;

  • soliq majburiyatlarini bajarishda soliq to‘lovchilarga har tomonlama ko‘maklashish, soliqqa oid huquqbuzarliklar profilaktikasining ta’sirchan

mexanizmlarini ishlab chiqish va soliq to‘lovchilarning huquqiy madaniyatini oshirish, soliq nazoratini amalga oshirishning zamonaviy uslublarini joriy etish;

  • makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar dinamikasi va hududlarning soliq salohiyatini tizimli tahlil qilish orqali soliq solish ob’ektlarini to‘liq qamrab olish va soliq solinadigan bazani kengaytirishni ta’minlash bo‘yicha samarali tadbirlarni amalga oshirish;

  • faoliyat ko‘rsatmayotgan korxonalarning faoliyatini tiklashga har tomonlama ko‘maklashish, past rentabelli va zarar ko‘rib ishlayotgan korxonalarning moliyaviy ahvolini sog‘lomlashtirish, o‘zaro hisob-kitoblar mexanizmlarini mustahkamlash, soliq qarzi oshishiga yo‘l qo‘ymaslik orqali soliq solinadigan bazani kengaytirish;

  • soliq solish masalalari, shu jumladan respublika va mahalliy budjetlar daromadlarini oshirishning qo‘shimcha zaxiralarini aniqlash orqali moliya organlari, manfaatdor vazirlik va idoralar, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlikni yanada kengaytirish;

  • kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, soliq organlarini yuqori ma’naviyaxloqiy sifatlarga ega malakali xodimlar bilan to‘ldirish bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirish, shuningdek xodimlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini ta’minlash va ular uchun xizmatni o‘tashning munosib shart- sharoitlarini yaratish.

O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi tuzilmasida tashkil etilgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga tushumlarning to‘liqligini nazorat qilish inspeksiyasining faoliyati budjet daromadlarini ko‘paytirish zaxiralarini aniqlash va ularning safarbar etilishini ta’minlash, soliq va bojxona to‘lovlarining yig‘iluvchanlik darajasini tizimli tahlil qilish, Davlat budjeti daromadlarining prognoz ko‘rsatkichlarining xolisligi va asosliligini baholash, soliq solish ob’ektlari va soliq solinadigan bazani to‘liq qamrab olish ustidan nazoratni amalga oshirishga yo‘naltiriladi.



Download 131.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling