Referat Mavzu: Soliq nazorati. Bajardi: Orziqulova Sultonposhsho Tekshirdi: Usmonova Shirin
Download 131.77 Kb.
|
Soliq nazorati REFERAT
Soliq tekshiruvlarining mohiyati va turlari
Soliq tekshiruvi davlat soliq xizmati organlari tomonidan, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa, prokuratura organlari tomonidan amalga oshiriladigan soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarining bajarilishini tekshirishdir. Soliq tekshiruvi soliq to’lovchining moliya-xo’jalik faoliyati tekshiruvi (taftishi) va qisqa muddatli tekshiruv shaklida amalga oshiriladi. Soliq to’lovchining moliya-xo’jalik faoliyati tekshiruvi (taftishi) soliq to’g’risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida soliq to’lovchining buxgalteriya, moliya, statistika, bank hujjatlari hamda boshqa hujjatlarini o’rganish va taqqoslashdir. Qisqa muddatli tekshiruv soliq to’lovchining moliya-xo’jalik faoliyatini tekshirish bilan bog’liq bo’lmagan, uning ayrim operasiyalarining soliq to’g’risidagi qonun hujjatlariga muvofiqligi tekshiruvidir. Davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxslari va soliq to‘lovchi soliq tekshiruvlarining ishtirokchilari hisoblanadi31. Soliq tekshiruvlarida soliq to‘lovchining vakili ham ishtirok etishi mumkin. Shuningdek, qonunchilikda ko‘zda tutilgan holatlarda soliq tekshiruviga soliq tekshiruvi natijasidan manfaatdor bo‘lmagan ekspert, tarjimon va xolislar jalb etilishi mumkin. Tadbirkorlik faoliyati sub’ektlari birlashmalarining a’zosi bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatining soliq tekshiruvlari tadbirkorlik faoliyati sub’ektlari so‘roviga ko‘ra mazkur birlashmalar vakillarining ishtirokida amalga oshirilishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 29 dekabrdagi «Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi O‘RQ-418-sonli qonuniga binoan Soliq kodeksiga bir qator o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Jumladan soliq tekshiruvining muqobil tekshiruv turi bekor qilindi. Bugungi kunda amaliyotda soliq tekshiruvlari quyidagi turlarga bo‘linadi32: rejali soliq tekshiruvi; rejadan tashqari soliq tekshiruvi. Soliq to‘lovchi moliya-xo‘jalik faoliyatining rejali soliq tekshiruvi (taftishi) tekshiruvlarni amalga oshirishning nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi maxsus vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan muvofiqlashtirish rejasi asosida o‘tkaziladigan tekshiruvdir. Rejadan tashqari soliq tekshiruvi esa yuridik shaxs tugatilishi munosabati bilan o‘tkaziladigan soliq to‘lovchi moliya-xo‘jalik faoliyatining soliq tekshiruvi (taftishi), shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarning qonun hujjatlari buzilganligi faktlari to‘g‘risidagi murojaatlari asosida nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi maxsus vakolatli organ qaroriga ko‘ra o‘tkaziladigan qisqa muddatli tekshiruvdir. Rejali soliq tekshiruvini o‘tkazish uchun quyidagilar asos bo‘ladi: tekshiruvlarni amalga oshirishning muvofiqlashtirish rejasidan olingan, nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi maxsus vakolatli organ yoki uning tegishli hududiy bo‘linmasi tomonidan berilgan ko‘chirma. Bunda ko‘chirma uning asliga to‘g‘ri ekanligi ko‘rsatilgan holda tegishli imzo va muhr bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim; tekshiruvlarni amalga oshirishning muvofiqlashtirish rejasi asosida davlat soliq xizmati organining tekshiruvni maqsadlari, tekshiruvchi mansabdor shaxslar tarkibi, tekshiriladigan davr va tekshiruv o‘tkazish muddatlari ko‘rsatilgan buyrug‘i. Rejadan tashqari soliq tekshiruvini o‘tkazish uchun esa quyidagilar asos bo‘ladi: nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi maxsus vakolatli organning tekshiriladigan ob’ektning nomi, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami, tekshiruvning maqsadlari, tekshiruv o‘tkazish muddatlari va uni asoslovchi sabablar ko‘rsatilgan tekshiruv o‘tkazish to‘g‘risidagi qarori; davlat soliq xizmati organining nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi maxsus vakolatli organ qarori asosida chiqargan tekshiruvni o‘tkazish maqsadlari, muddatlari va tekshiruvchi mansabdor shaxslar tarkibi ko‘rsatilgan holdagi buyrug‘i. 32 O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 86 modda, O‘RQ-418-sonli qonuniga binoan kiritilgan o‘zgartirish bilan Bozorlarning, savdo komplekslarining hududlarida va ularga tutash bo‘lgan avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylarida bir martalik yig‘imlar, ijara haqi to‘liq tushishiga va topshirilishi hisobga olinishiga, fiskal xotirali nazoratkassa mashinalaridan, to‘lovlarni plastik kartochkalar asosida qabul qilish bo‘yicha hisob- kitob terminallaridan foydalanilishiga, shuningdek savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalariga rioya etilishiga taalluqli qisqa muddatli tekshiruvlar o‘tkazish uchun quyidagilar asos bo‘ladi: nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi maxsus vakolatli organning tekshiruv o‘tkazish to‘g‘risidagi tekshiriladigan ob’ektning nomi, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami, tekshiruvning maqsadlari, tekshiruv o‘tkazish muddatlari va uni asoslovchi sabablar ko‘rsatilgan qarori; davlat soliq xizmati organining qonun hujjatlarida vakolat berilgan bo‘linmasi boshlig‘ining nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi maxsus vakolatli organning qarori asosida chiqarilgan, tekshiruv o‘tkazish maqsadlari, muddatlari va tekshiruvchi mansabdor shaxslarning tarkibi ko‘rsatilgan holdagi buyrug‘i. Tugatilayotgan yuridik shaxsni rejadan tashqari soliq tekshiruvidan o‘tkazish uchun quyidagilar asos bo‘ladi: tugatuvchining yoki yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organning yuridik shaxs tugatilishi to‘g‘risidagi yozma bildirishi; davlat soliq xizmati organining tekshiruv maqsadlari, tekshiruv o‘tkaziladigan muddatlar va tekshiruvchi mansabdor shaxslar tarkibi ko‘rsatilgan buyrug‘i. Davlat soliq xizmati organi rejali soliq tekshiruvi o‘tkazishning boshlanishi haqida tekshiruvni o‘tkazish boshlanishidan kamida o‘ttiz kalendar kun oldin tadbirkorlik sub’ektini tekshiruvdan o‘tkazish muddatlari va predmetini ko‘rsatgan holda, yozma shaklda xabardor qilishi shart. Tadbirkorlik sub’ekti tomonidan belgilangan tartibda taqdim etilgan moliya va soliq hisobotini, shuningdek tadbirkorlik sub’ektining faoliyati to‘g‘risida davlat soliq xizmati organida mavjud bo‘lgan boshqa hujjatlarni o‘rganish hamda tahlil etish asosida o‘tkaziladigan kameral nazorat natijalari bo‘yicha qoidabuzarliklar aniqlangan hollardagina davlat soliq xizmati organlari tadbirkorlik sub’ektlarining moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish tashabbusi bilan chiqishi mumkin. Soliq tekshiruvi davlat soliq xizmati organi rahbari yoki rahbar o‘rinbosari tomonidan tasdiqlangan soliq tekshiruvi o‘tkazish dasturiga muvofiq amalga oshiriladi. Soliq tekshiruvini o‘tkazish dasturida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak: soliq tekshiruvi o‘tkazilayotganda o‘rganiladigan masala yoki masalalar doirasi; soliq tekshiruvi soliq to‘g‘risidagi qaysi qonun hujjatlariga rioya etilishini o‘rganish uchun o‘tkaziladigan bo‘lsa, shu qonun hujjatlarining ro‘yxat; Soliq tekshiruvini o‘tkazish dasturini tuzish qoidalari nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi maxsus vakolatli organ bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan belgilanadi. Soliq tekshiruvi soliq to‘lovchining tekshiruv o‘tkazilayotgan yildan bevosita oldingi ko‘pi bilan besh kalendar yildagi faoliyatini qamrab olishi mumkin. Bunda tadbirkorlik sub’ektlarining moliya-xo‘jalik faoliyatini rejali tekshirishlar faqat oxirgi rejali tekshirishdan keyingi, lekin yangi tekshirish o‘tkazilayotgan yildan bevosita oldingi besh kalendar yildan ko‘p bo‘lmagan davrni qamrab oladi. Soliq tekshiruvlari o‘tkazilayotganda davlat soliq xizmati organlari belgilangan tartibda soliq to‘lovchining hududi va joylarini tekshirishga, mol-mulkni inventarizatsiya qilishga, hujjatlarni talab qilib olishga, hujjatlar va predmetlarni olib qo‘yishga, soliqto‘lovchidan, shuningdek soliq to‘lovchining rahbarlik vazifalarini yoki buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqaruvini amalga oshirayotgan shaxslardan, boshqa moddiy javobgar xodimlaridan tushuntirishlar olishga, bankdagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turish choralarini ko‘rishga, ekspertni jalb etish va ekspertiza tayinlashga, soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining aniqlangan buzilishlari bartaraf etilishini talab qilishga, onun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa harakatlarni amalga oshirishga haqlidir. Soliq tekshiruvlari o‘tkazilayotgan davrda tekshirilayotgan davrning soliq hisobotiga soliq to‘lovchi tomonidan o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Soliq tekshiruvini o‘tkazish muddati o‘ttiz kalendar kunidan oshmasligi kerak. Alohida hollarda bu muddat nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi maxsus vakolatli organning qarori bilan uzaytirilishi mumkin, bunda ushbu qoida mikrofirmalar, kichik korxonalar va fermer xo‘jaliklari - kichik tadbirkorlik sub’ektlariga nisbatan tatbiq etilishi mumkin emas. Soliq tekshiruvi muddatlarini uzaytirish davlat soliq xizmati organining qo‘shimcha buyrug‘i bilan rasmiylashtirilib, unda oldingi buyruqning ro‘yxatdan o‘tkazish raqami hamda sanasi, tekshiruv o‘tkazishga ilgari jalb qilingan mansabdor shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi ko‘rsatiladi. Qisqa muddatli tekshiruv o‘tkazish muddati bir ish kunidan oshmasligi kerak. Qisqa muddatli tekshiruv o‘tkazish muddatini uzaytirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Davlat soliq xizmati organlari tomonidan boshqa tumanlarda (shaharlarda) davlat ro’yxatidan o’tgan tadbirkorlik subyektlarida soliq tekshiruvlari o’tkazish, ularning ishlab chiqarish binolari, savdo nuqtalari va xizmatlar ko’rsatish (ishlar bajarish) joyi qaerda joylashganligidan qat’i nazar, takrorlashga yo’l qo’yilmagan holda, tadbirkorlik subyekti davlat ro’yxatidan o’tkazilgan joydagi tegishli davlat soliq xizmati organlari bilan bir vaqtda amalga oshiriladi. Download 131.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling