Referat Mavzu: Soliq nazorati. Bajardi: Orziqulova Sultonposhsho Tekshirdi: Usmonova Shirin


Download 131.77 Kb.
bet6/7
Sana18.06.2023
Hajmi131.77 Kb.
#1559464
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Soliq nazorati REFERAT

Tarjimonning ishtiroki. Zarur hollarda soliq tekshiruvida ishtirok etish uchun ishning natijasidan manfaatdor bo‘lmagan, tarjima qilish uchun zarur darajada til biladigan yoxud kar yoki soqov jismoniy shaxsning imo-ishoralarini tushunadigan tarjimon jalb etilishi mumkin. Tarjimonni jalb etish davlat soliq xizmati organi va tarjimon o‘rtasida shartnoma tuzish asosida amalga oshiriladi.
Xolislar ishtiroki. Soliq tekshiruvi doirasidagi harakatlar amalga oshirilayotganda soliq tekshiruvining natijasidan manfaatdor bo‘lmagan har qanday voyaga yetgan jismoniy shaxslar xolislar sifatida jalb etilishi mumkin. Davlat soliq xizmati organlari xodimlarining xolislar sifatida ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Xolislar o‘z ishtirokida amalga oshirilgan harakatlarning holati, mazmuni va natijalarini bayonnomada tasdiqlashlari shart. Ular sodir etilgan harakatlar yuzasidan o‘z fikr- mulohazalarini bayon etishga haqli, bu fikr-mulohaza bayonnomaga kiritib qo‘yilishi kerak.
Soliq tekshiruvini o‘tkazish doirasida harakatlar amalga oshirilganda tuziladigan bayonnomaga qo‘yiladigan talablar. Soliq tekshiruvi doirasida harakatlar amalga oshirilganda qonunchilikda ko‘zda tutilgan hollarda bayonnoma tuziladi.
Harakatlarning amalga oshirilishida ishtirok etgan barcha shaxslar bayonnomani o‘qib chiqadilar. Mazkur shaxslar o‘z fikr-mulohazalarini bayon etishga haqli va bu fikr-mulohazalar bayonnomaga kiritilishi yoki soliq tekshiruvi materiallariga
qo‘shib qo‘yilishi lozim. Bayonnoma davlat soliq xizmati organining bayonnomani tuzgan mansabdor shaxsi, shuningdek harakatlarni amalga oshirishda ishtirok etgan va (yoki) hozir bo‘lgan shaxslar tomonidan imzolanadi. Bayonnomaga fotosuratlar va negativlar, kinolentalar, videoyozuvlar hamda harakatlar amalga oshirilganda bajarilgan boshqa materiallar ilova qilinishi mumkin.
Soliq tekshiruvi natijalarini rasmiylashtirish. Davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxslari tomonidan soliq tekshiruvi natijalari bo‘yicha soliqtekshiruvi dalolatnomasi tuziladi.
Agar soliq tekshiruvi tugallanganida soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi aniqlangan bo‘lmasa, bu haqda soliq tekshiruvi dalolatnomasida qayd etiladi. Soliq tekshiruvi dalolatnomasi kamida uch nusxada tuziladi va barcha nusxalari davlat soliq xizmati organlarining soliq tekshiruvini o‘tkazayotgan mansabdor shaxslari tomonidan imzolanadi. Soliq tekshiruvi dalolatnomasining bir nusxasi soliq to‘lovchiga topshiriladi. Soliq to‘lovchi soliq tekshiruvi dalolatnomasini olganda dalolatnomaning barcha nusxalariga uni olgan sanani ko‘rsatgan holda imzo qo‘yishi shart. Soliq tekshiruvi dalolatnomasining davlat soliq xizmati organida qolgan nusxalari soliq tekshiruvi materiallariga qo‘shib qo‘yiladi.
Soliq to‘lovchining soliq tekshiruvi dalolatnomasidagi imzosi uning soliq tekshiruvi natijalaridan rozi ekanligini anglatmaydi.
Soliq to‘lovchi soliq tekshiruvi dalolatnomasini olishdan bosh tortgan taqdirda davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxsi bu haqda soliq tekshiruvi dalolatnomasiga tegishli yozuv kiritadi. Mazkur holda soliq tekshiruvi dalolatnomasining bir nusxasi soliq to‘lovchiga pochta orqali buyurtma xat bilan yuboriladi va shu paytdan e’tiboran soliq tekshiruvi tugallangan hisoblanadi.
Soliq tekshiruvini o‘tkazish uchun asos bo‘lgan hujjatlarning nusxalari, soliq tekshiruvi doirasida sodir etilgan harakatlar to‘g‘risidagi bayonnomalar, inventarizatsiya dalolatnomalari, ekspertlarning xulosasi, soliq tekshiruvi o‘tkazish paytida olingan materiallar, shuningdek soliq tekshiruvi doirasida harakatlar sodir etilganligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar soliq tekshiruvi dalolatnomasiga qo‘shib qo‘yilishi lozim.
Soliq tekshiruvi materiallari O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi belgilagan tartibga binoan soliq to‘lovchi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan joydagi davlat soliq xizmati organida soliq tekshiruvi tugallangan kundan e’tiboran keyingi ish kunidan kechiktirmasdan ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim.

Download 131.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling