Referat mavzu: Soliq to’lovchilarning ayrim toifalariga soliq


Download 82.73 Kb.
bet4/7
Sana16.06.2023
Hajmi82.73 Kb.
#1512430
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Referat mavzu Soliq to�lovchilarning ayrim toifalariga soliq

Boshqa tushumlar. Bozorlarning boshqa tushumlari jumlasiga quyidagilar kiradi: bozorlarning hududida joylashgan va ularning tasarrufida bo’lgan yer uchastkalari, binolar va inshootlarni ijaraga berishdan olingan tushumlar; sotuvchilarga va sotib oluvchilarga xizmatlar ko’rsatishdan olingan daromadlar;
bozor ma’muriyati (yoki uning savdo-xarid korxonalari) tomonidan amalga oshiriladigan qishloq xo’jaligi tovarlarini tayyorlash, xarid qilish va realizatsiya qilishdan olingan daromadlar (dehqon bozorlari uchun); qonun hujjatlariga zid bo’lmagan boshqa tushumlar.
Ijara to’lovining va bozor ma’muriyati ko’rsatadigan xizmatlar qiymatining miqdorlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tasdiqlanadi.
Bozorlarga soliq solish tartibi. Bozorlarning yuqorida ko’rsatilgan daromadlaridan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar undirilmaydi.
Bozorlar zimmasida to’lov manbaida soliqlar va majburiy to’lovlarni undirish bo’yicha majburiyatlar hamda budjetga va davlat maqsadli jamg’armalariga quyidagilarni to’lash majburiyatlari saqlanib qoladi:

  • bojxona to’lovlari;

  • yagona ijtimoiy to’lov;

  • davlat boji; tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlar ko’rsatish huquqi uchun yig’im;

  • avtotransport vositalarini olganlik va (yoki) vaqtinchalik olib kirganlik uchun Respublika yo’l jamg’armasiga yig’im.

Bozorlar daromadlari umumiy summasining 50 foizi belgilangan tartibda bozorlar joylashgan yerdagi tegishli mahalliy budjetga yo’naltiriladi. Qolgan 50 foizi bozor ma’muriyati tasarrufida qoladi va ulardan joriy xarajatlarni qoplash, rekonstruksiya qilish, obodonlashtirish, bozorlar tomonidan ko’rsatiladigan xizmatlarning ro’yxatini kengaytirish, sifatini yaxshilash uchun foydalaniladi.
Qat’iy belgilangan soliq solinadigan faoliyat turlari bozorlar tomonidan amalga oshirilganda, bunday faoliyatdan olingan daromadlarga qat’iy belgilangan soliq solinadi. Olingan daromadlar to’g’risidagi ma’lumotlarni bozorlar soliq bo’yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi tomonidan tasdiqlagan shaklda taqdim etadi. Mablag’larni budjetga o’tkazish olingan daromadlar to’g’risidagi ma’lumotlarni taqdim etish muddatidan kechiktirmasdan bir oyda bir marta amalga oshiriladi.

Download 82.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling