Referat mavzu: suv resurslaridan foydalanish hayotiy zaruriyat


Huquqiy asoslar va maxsus dasturlar


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana08.11.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1754653
TuriReferat
1   2
Bog'liq
SUV RESURSLARIDAN FOYDALANISH HAYOTIY

Huquqiy asoslar va maxsus dasturlar.
2009 yilda O‘zbekiston Respublikasining «Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida»gi 
qonuniga suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilarining majburiyatlarini yanada 
oshirish, ularning huquqiy maqomlari, vazifalarini aniq belgilashga qaratilgan o‘zgartish va 
qo‘shimchalar kiritildi. Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligidan olingan ma’lumotga ko‘ra, ayni 
paytda Suv Kodeksi loyihasi ishlab chiqilmoqda. 


Suv xo‘jaligi inshootlarini zamonaviylashtirishga davlat byudjetidan juda katta mablag‘ 
ajratilayotgani hech kimga sir emas. Respublika bo‘yicha har yili o‘n minglab kilometr 
magistral kanallar, sug‘orish va nov tarmoqlari, qanchalab gidrotexnik inshootlar va 
gidropostlar tozalanadi va ta’mirlanadi, texnik holati yaxshilanadi. Natijada, suvni tezkor 
boshqarish va iste’molchilarga o‘z vaqtida kafolatli yetkazib berish imkoniyati yaratilib, 
sug‘orish tarmoqlaridagi texnik va filtratsiyaga yo‘qolishlar sezilarli darajada kamayadi. 
2007 yilda birinchi Prezidentimizning Farmoniga ko‘ra, sug‘oriladigan yerlarning meliorativ
holatini yaxshilash Jamg‘armasi tashkil etilishi, 2008-2012 yillarga mo‘ljallangan
Davlat Dasturining qabul qilinishi, bu boradagi ishlar sifatini yangi bosqichga ko‘tardi.
Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, Jam g‘arma tomonidan 2008-2012 yillarda birgina kollektor-
drenaj tarmoqlarini qurish, rekonstruktsiya qilish va ta’mirlash-tiklash ishlariga jami 750 
mlrd. so‘m miqdorida mablag‘ ajratilgan. Ush bu mablag‘ 3,56 ming km kol lektor-drenaj 
tarmoqlari, 143 dona meliorativ nasos stansiyalari, 797 dona vertikal drenaj quduqlarini 
rekonstruksiya qilish va qurish ishlariga, shuningdek, minglab kilometr zovur-drenaj 
tarmoqlarini ta’mirlash va tiklash ishlariga, 1500 ga yaqin zamonaviy, yuqori unumli 
meliorativ texnika va mexanizmlarni olib kelishga sarflangan. Eng asosiysi, mablag‘larning 
maqsadli yo‘naltirilishi natijasida, 20-30 yildan buyon rejalashtirilayotgan bir qator yirik 
meliorativ ob’ektlar qurilishi tugallanib, ishga tushirildi. 
Sug‘oriladigan maydonlarning meliorativ holati yaxshilandi, kuchli va o‘rtacha sho‘rlangan 
maydonlar hajmi kamaydi, yer osti sizot suvlari maqbul sathga tushirildi, o‘rtacha 


hosildorlik paxtada 3-4, g‘allada 4-5 sentnergacha ko‘ paydi. 
Suvni tejaydigan texnolo giya larning joriy qilinishi natijasida so‘nggi yillarda 6,0 ming
gektar maydonga tomchilatib sug‘orish tizimi qurilib muvaffaqiyatli ishlatilib kelinmoqda. 
Egatga plyonka to‘shab va ko‘chma egiluvchan quvurlar yordamida sug‘orish texnologiyasi 
3,0 ming gektarga yaqin maydonda qo‘llanilmoqda. Uning asosiy qismi paxta 
maydonlaridir. Hukumatimiz tomonidan 2013-2017 yillarda qo‘shimcha 25 ming gektarda, 
shu jumladan yangidan barpo etiladigan bog‘-tokzorlar, sabzavot-poliz ekinlari 
yetishtiriladigan yerlarda to‘liq tomchilatib sug‘orish tizimini joriy qilish rejalashtirilmoqda. 
Bir so‘z bilan aytganda, bu borada amalga oshirilgan yangilanishlar mohiyati suv resurs lari 
bilan bog‘liq butun jab hani modernizatsiya qilish or qali dunyo taraqqiyotiga uyg‘unlashuvi 
bilan izohlanadi. Bunda xorijiy investitsiyalarni jalb etish muhim ahamiyat kasb etadi. 
Chet el investitsiyalarini jalb etish Suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish, 
sug‘orish va zax qochirish tizimlarini ta’mirlash-tiklash, suv xo‘jaligi inshootlari hamda 
nasos stansiyalarni modernizatsiya qilishda sohaga Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, 
Islom taraqqiyot banki, Saudiya rivojlanish fondi, OPEK fondi, Quvayt fondi, Xitoy Xalq 
Respublikasi Eksimbanki, Yaponiya, Shveytsariya, Germaniya kabi davlatlar hamda xalqaro 
tashkilotlar va agentliklarning investitsiyalari keng jalb etilmoqda. Oxirgi 10 yilda soha 
tizimini texnik va texnologik qayta qurish, yangilash uchun umumiy qiymati 1,2 mlrd. 
dollardan ortiq bo‘lgan 20 dan ortiq investitsion loyihalar amalga oshirildi. 
Bundan tashqari, O‘zbekiston Irrigatsiya va Drenaj bo‘yicha Xalqaro Qo‘mita, Butunjahon 
Suv Kengashi, Suv Resurslarini Rivojlantirish va Boshqarish bo‘yicha Islom Davlatlar aro 
Tarmog‘i, Yirik to‘g‘onlar bo‘yicha Xalqaro Komissiya kabi xalqaro tashkilotlarning teng
huquqli a’zosi hisoblanadi. Bugun ushbu uzviy va izchil xalq aro hamkorligimiz tufayli suv 
resurslaridan samarali foydalanishdek o‘ziga xos tajribamiz jahon hamjamiyati tomonidan 
global suv xo‘jaligi siyosatining shakllanishida qo‘llanilmoqda. 
2011 yilning may oyida Toshkent shahrida Butunjahon Suv Kengashi bilan hamkorlikda 
«6-chi Umumjahon Suv Forumi sari – suv xavfsizligi yo‘nalishidagi hamkorlik harakatlari» 
mavzusidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etgan 32 mamlakat va 20 dan ortiq xalqaro 
nufuzli tashkilotlardan 400ga yaqin ekspertlar, olimlar va suv xo‘jaligi sohasidagi yetakchi 
mutaxassislar tomonidan O‘zbekistonning transchegaraviy suv resurslaridan foydalanish 
borasida tutgan pozi tsiya si juda to‘g‘ri ekanligi yana bir bor e’tirof etildi. 


Transchegaraviy suv resurslaridan foydalanish holati 
Afsuski, asosiy suv resurslarimiz transchegaraviy bo‘lgan Amudaryo va Sirdaryo 
daryolarining zimmasiga to‘g‘ri kelishi va ularning yuqori oqimida joylashgan qo‘shni 
davlatlarning suvni boshqarishdagi bir tomonlama xatti-harakatlari respublikamiz suv 
ta’minotiga jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Jumladan, Tojikistonda va Qirg‘izistonda 
qurilgan To‘xtagul, Nurek va Qayroqum yirik suv omborlarining irrigatsiya rejimidan 
energetik rejimga o‘tkazilishi daryolar suv oqimining o‘zgarishiga sabab bo‘ldi. 
– Ma’lumki, bunday GESlar energetik rejimda ishlaganda, yoz oyida daryo suvlari suv 
omborida ushlanib qolinadi, qish faslida esa, elektr manbaini ishlab chiqarish uchun 
yig‘ilgan suv chiqarib yuboriladi. Natijada, qish oylarida oqim bo‘y lab pastda joylashgan 
mamlakatimizning ayrim hududlarini suv bosishi xavfi tug‘ilsa, yoz mavsumida sun’iy suv 
taqchilligi yuzaga keladi 
Shunday qilib, suv omboridan sutkalik suv chiqarilishidagi keskin o‘zgarishlar natijasida 
kanallar qirg‘oqlari yuvilib, beton qoplamalari yemirilishiga, suvdan samarali foydalanish 
darajasining pasayishiga, oxir-oqibat davlatlararo suv ta’minoti bilan bog‘liq mavjud 
vaziyatning yanada taranglashuviga sabab bo‘lmoqda. 
Amudaryo havzasi bo‘yicha: Nurek suv ombori Vaxsh daryosida joylashgan. Umumiy suv 
sig‘imi 10,5 mlrd.m3 To‘g‘on balandligi esa 300 metrni tashkil etib, dunyodagi eng baland 
to‘g‘on hisoblanadi. Vaxsh daryosi suv resurslarining tabiiy rejimi irrigatsion maqsadlarda 


ishlatilishiga mos keladi. 
Shunga qaramasdan, 1992 yillardan boshlab Nurek GESi suv ombori bilan birgalikda to‘liq 
energetik rejimda ishlay boshladi. Suv ombori yozda to‘la hajm gacha suv to‘plab, qishda 
barcha suv chiqarib yuboriladi. Masalan, suv kam bo‘lgan 2011 yilning yoz davrini eslaylik. 
Amudaryoning quyi qismida qattiq suv tanqisligi yuzaga kelib, hatto chorva mollarini suv 
bilan ta’minlashda katta qiyinchilik tug‘ildi. Vaholanki, bu paytda Nurek suv omborida 
4,5 mlrd.m3 suv ushlanib qolindi. Bu bilan O‘zbekiston va Turk maniston uchun keladigan 
daryoning suvi shuncha miqdorga sun’iy ravishda kamaytirildi! Shu tariqa, yuqoridagi ikki 
davlatning sug‘orish mavsumida Amudaryodan har yili 4,0-4,5 mlrd.m3 kam suv olmoqda. 
– Albatta, daryolarning tabiiy holatini sun’iy rejimga o‘zgartirish, nafaqat qishloq 
xo‘jaligiga, balki respublika aholisini suv bilan ta’minlashga, suv bilan bog‘liq bo‘lgan atrof 
muhitga qattiq salbiy ta’sir ko‘rsatmasdan qolmaydi.
Daryoda yozgi 
oqim va suv sathining keskin o‘zgarishi ekotizimning izdan chiqishiga, chunonchi, 
daryoning quyi oqimida mavjud ko‘plab baliq turlarini yo‘qolib ketishiga ham olib 
kelmoqda. Bunday holat suv taqchil bo‘lgan 2000, 2001, 2008 yillarning vegetatsiya 
mavsumida ham yaqqol kuzatilgan. Yirik GES va suv omborlarini qurish bilan bog‘liq 
masalalar Transchegaraviy daryolar hisoblangan Amudaryo va Sirdaryoning yuqori 
oqimlarida yirik gidroenergetik ob’ektlarning qurilishi, Osiyo mintaqasida shundoq ham o‘ta 
nozik bo‘lgan ekologik vaziyatni va suv ta’minotidagi muvozanatni buzib, ekologik 
inqirozni, ijtimoiy va iqtisodiy muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Birinchi 
Prezidentimizning 2010 yil 20 sentyabrda Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan BMTning «Ming yillik 
rivojlanish maqsadlari»ga bag‘ishlangan yig‘ilishida bu mavzuda g‘oyat tashvishlanib qilgan 
nutqi ko‘pchiligimizning 
yodimizda. Bu bejiz emas. Chunki, yirik gidroenergetik inshootlarning seysmik yuqori 
bo‘lgan zonalarda qurilishi kelgusida texnogen avariyalar natijasida misli ko‘rilmagan 
halokatlarni keltirib chiqarishi ehtimoldan holi emas. O‘tgan yillarda minglab insonlarning 
halokatiga sabab bo‘lgan Yaponiyaning Fukusima AESida, Rossiyaning Sayano- 
Shushensk GESidagi texnogen avariyalar yoki Xitoyning Xenan provinsiyasidagi Bantsyao 
va Shimantan suv omborlarining buzilishi oqibatida yuzaga kelgan ayanchli va o‘ta og‘ir 


vaziyatlar bunga yaqqol misoldir. Qo‘shni davlatlar manfaatlariga xizmat qilishiga 
qaratilgan transchegaraviy suv resurs - larining tabiiy oqimi va rejimini o‘zgartirishga doir 
xatti-harakatlar nafaqat xalqaro suv huquqlarining me’yorlariga zid, balki insonlarga va 
tabiatga nisbatan bo‘lgan umum insoniy tamoyillarga ham qarama-qarshidir. Shu o‘rinda 
qator savollar tug‘iladi: nimaga asoslanib transchegaraviy dar yolarning tabiiy gidrologik 
rejimi o‘zgartiriladi? Sun’iy ravishda hosil qilingan suv tan qisligi hamda aholi punktlari, 
ekin va chorva mollari maydonlari suv bosishining zararini kim qoplaydi? Shubhasiz, dunyo 
hamjamiyati tomonidan transchegaraviy suv resurslaridan foydalanish borasida ishlab 
chiqilgan va qabul qilingan xalqaro hujjatlar bu savollarga javob berishi mumkin. 2007 
yildan buyon O‘zbekiston BMT doirasida qabul qilingan «Transchegaraviy suv oqimlari va 
xalqaro ko‘llarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida»gi hamda «Xalqaro suv 
oqimlaridan kema qatnovisiz foydalanish huquqlari to‘g‘risida»gi konvensiyalarga a’zo 
bo‘lgan. Ushbu hujjatlarda barcha davlatlarning manfaatlari birdek hisobga olingan bo‘lib, 
uning asosiy ta moyil laridan biri, bu transchegaraviy suv resurslaridan adolatli va oqilona 
foydalanish hamda qo‘shni davlatlarga «zarar yetkazmaslik» hisoblanadi. Ushbulardan kelib 
chiqib, shuni ta’kidlash lozimki, O‘rta Osiyo davlatlari o‘rtasida transchegaraviy suv 
oqimlaridan foydalanish mintaqadagi barcha davlatlarning manfaatlarini hi sobga olgan 
holda, xalq aro huquq me’yorlari va konvensiyalarning tamoyillari asosida tashkil etilishi
transchegaraviy daryolarda yirik inshootlar qurilishi, albatta xal qaro xolis ekologik va 
texnik ekspertizadan o‘tkazilishi hamda qo‘shni davlatlar bilan kelishilgan holdagina amalga 
oshirilishi, aholi sonining keskin sur’atlar bilan oshishi, ehtiyojlarning kun sa yin ortishi 
hamda iqlim o‘zgarishining ta’siri natijasida suv resurslarining yildan yilga kamayib 
ketayotganini hisobga olib, suv resurslari birinchi navbatda, ichimlik va sanitariya 
maqsadlariga, so‘ng qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishga va ekologik holatni 
barqaror lashtirishga va shundan keyin boshqa ehtiyojlarga berilishi kerak. 


Xulosa qilib aytganda 
Azaldan ota-bobolarimiz suvni har tochisini muqaddas ne’mat bilib,uning har 
tomchisidan sammarali va tejamli foydalanishgan.Chunki suv resurslarning miqdori va sifati 
jamiyatning barqaror ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishini muhim ommilaridan biri 
hisoblangan. Shuning uchun Suvni asrab avaylash kerak Suv bu hayot, uni asrab avaylab 
kelajak avlotga yetkazaylik. 

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling