Referat mavzu: Talab va taklif elastikligi Qabul qildi: Murodova M. Bajardi: Narzullayev J


Download 351.81 Kb.
bet4/6
Sana15.12.2022
Hajmi351.81 Kb.
#1008094
TuriReferat
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
J.Narzullayev 93-2

Narx osha boshlasa, uni ishlab chiqarishga shuncha ko’p tadbirkorlar jalb etiladi. Natijada taklif qilinadigan tovarlarning miqdori ancha ko’payadi. Agar narx yanada oshib boraversa, payti kelib «narxlar tushishi» boshlanadi. Ishlab chiqarishni kengaytirishning zarurati tugaydi va ishlab chiqarilgan Tovar miqdori ma’lum darajada narxga bog’liq bo’lmagan ravishda barqarorlashadi.
Bozorda taklif qilinadigan tovar hajmiga nafaqat uning narxi, balki boshqa qator omillar ham ta’sir qiladi.
1. Ishlab chiqarishda ishlatiladigan tovarlar va xizmatlar narxining o’zgarishi. Agarda muayyan tovarni ishlab chiqarish uchun sarf qilinayotgan xarajatlarni kamaytirishga erishilsa, bunday tovarlar bozorga ko’plab chiqariladi. Ularga ham o’z navbatida, qator omillar ta’sir etadi:
a) resurslar narxi. Resurslar narxining pasayishi xarajatlarni kamaytirib, tovar ishlab chiqarishni ko’paytirishga olib keladi. Taklif ko’payadi. Natijada urug’likning va o’g’itning, yonilg’ining narxi pasaysa (ob-havo qulay bo’lib) kartoshkaga bo’lgan taklifning ortishini kutish mumkin. Temir rudasi, kokslanadigan ko’-mirning narxi pasayishi po’lat ishlab chiqarishni ko’paytirishi mumkin. Bu o’z navbatida taklifni ko’paytiradi. Aksincha, resurslarning narxi ortsa, po’lat ishlab chiqarishni qisqartirib, taklifni kamayishiga olib keladi;
b) ishlab chiqarish texnologiyasi. Avvalgisiga nisbatan takomillashgan texnologiya mehnat unumini oshiradi. Tovarlar va xizmatlar sifatini yaxshilaydi hamda resurslarni tejash imkonini beradi. Bularning hammasi sarf-xarajatni kamaytirib, mahsulotni ko’paytirishga olib keladi. Bu tovar taklifini ko’paytiradi;
v) soliqlar va subsidiyalar. Daromadga, mol-mulkka, resurslarga, xarajatlarga qo’shiladigan soliqlarning ortishi xarajatlarni ko’paytiradi. Taklifning qisqarishiga olib keladi. Aksincha, biror tovar ishlab chiqarishga subsidiya imtiyozlari berilsa u xarajatlarning bir qismini qoplab, tadbirkor uchun ularni umumiy miqdorini pasaytiradi va tovar taklifini ko’paytiradi.
2. Boshqa tovarlar narxi. Boshqa tovarlar narxining o’zgarishi ham taklifni o’zgarishiga olib keladi. Bug’doy narxining pasayishi fermerni ko’proq jo’xori etishtirishga undashi yoki aksincha, bug’doy narxining oshishi jo’xoriga bo’lgan taklifning qisqarishiga olib kelishi mumkin.
3. Narx oshish ehtimoli. Kelajakda mahsulot narxining o’zgarish ehtimoli ham mahsulot ishlab chiqarishga ta’sir etishi mumkin. Fermerlar joriy yil hosilini bozorga chiqarishni narx oshish ehtimolini kutib to’xtatib turishi mumkin. Bu joriy taklifning qisqarishini keltirib chiqaradi. Ayniqsa, qayta ishlov beradigan sanoatning ko’p tarmoqlarida narx oshishi ehtimoli firmalarni ishlab chiqarish quvvatini oshirishga undaydi va bu taklif ko’payishiga sabab bo’ladi.
4. Tovar ishlab chiqaruvchilar, sotuvchilar soni. Muayyan turdagi tovar ishlab chiqaruvchilar qanchalik ko’p bo’lsa, taklif qilinadigan tovarlar miqdori shunchalik ko’p bo’ladi. Tarmoqdagi firmalar soni ortib borishi taklifni ko’paytiradi, chunki tovar ishlab chiqarish ko’payadi.
5. Foyda olishning boshqa manbai mavjudligi. Agarda muayyan tovar ishlab chiqarishga qaraganda boshqa tarmoq sohalarida ko’proq foyda olish mumkin bo’lsa, ishlab chiqarish xizmat ko’rsatishga o’tishlari mumkin. Bu o’z navbatida shu turdagi tovarlar, xizmatlar taklifini ko’paytiradi.
6. Fan-texnika sohasida qilingan ixtirolar va ularni ishlab chiqarishga joriy qilish. Ixtirolar bir tomondan umuman yangi tovarlar, xizmat ko’rsatish turlari taklifini vujudga keltirishi, ikkinchi tomondan, mavjudlarini ishlab chiqarishda tub o’zgarishlar qilishi mumkin. Bular ham taklifni o’zgarishiga ta’sir qiladi.
7. Ishlab chiqarilgan mahsulotning tovarlik darajasi, bozorga etkazib berish. Pomidor yoki baliqni olsak achitmay, chiritmay, yo’qotmay, sifatini buzmay bozorga etkazish ham taklifga ta’sir etadi.
8. Tashqi savdo. Taklifga tashqi savdo ham katta ta’sir ko’rsatadi. Mamlakatimizda ishlab chiqarilgan yoki kam ishlab chiqarilgan mahsulotlarni chetdan xarid qilish yoki aksincha, daromad topish uchun chetga chiqarish mumkin. Buning natijasida taklif ko’payishi yoki aksincha, kamayishi mumkin. Eksport ichki bozorda tovar taklifini qisqartirsa, import uni ko’paytiradi. Bundan tashqari, yana qator omillarni sanab o’tish mumkinki, ular ham taklifning o’zgarishiga ta’sir etadi.
Taklifning o’zgarishiga ta’sir qiluvchi bir yoki bir necha omil (determinant)larni o’zgarishi xuddi talab egri chizig’ini o’rnini o’zgarishiga o’xshab butun shkalani, o’z nav-batida, butun taklif egri chizig’ini ham siljishiga olib keladi. Shuni eslatib o’tish joizki, ayrim tovarlarga taklif o’zgarmaydi. Masalan, noyob san’at asarlari: Behzod miniatyuralari, Leonardo da Vinchi rasmlari, Mikelandjelo haykallari kabilar. Ijodiy kasb sohiblari — shoirlar, rassomlar, musiqachilar mehnati mahsulini taklif qilish ham noo’zgaruvchan hisoblanadi. Dehqonchilik qilishga yaroqli erlar miqdorining cheklanganligi tufayli uni taklif qilishni oshirib bo’lmaydi.

Download 351.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling