Referat Mavzu: Tashkilotda operatsion protseduralarni boshqarish


Download 221.77 Kb.
bet18/26
Sana03.12.2023
Hajmi221.77 Kb.
#1799683
TuriReferat
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   26
Bog'liq
Referat Mavzu Tashkilotda operatsion protseduralarni boshqarish-fayllar.org

partisipativli tashkilotlar deb ataluvchilarni boshqalardan tubdan farq qildiradi.
Partisipativli tashkilotning asosida yotuvchi barcha darajadagi xodimlarni boshqaruvda ishtirok etish quyidagilarni ko'zda tutadi:
  • qarorlarni qabul qilishda ishtirok etish;


  • maqsadlarni belgilashda ishtirok etish;



  • muammolarni hal qilishda ishtirok etish; Boshqaruvda ishtirok etishning quyidagi darajalari ajratiladi:


  • takliflarni ilgari surish;


  • qarorlarning muqobil loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish;


  • yakuniy qarorlarni tanlash.


Haqiqiy amaliyotda partisipativ boshqaruvni amalga oshirishning bu barcha darajalari(yo'lanishlari)dan odatda ma'lum kombinatsiyalarda foydalaniladi, chunki ular bir birlari bilan yaqindan bog'langandirlar va bir birlarini to'ldiradilar, bir birlari bilan kombinatsiyalarda o'zlarini samarali nomoyon qilishlari mumkin.


Birinchi daraja - takliflarni ilgari surish - an'anaviy tashkilotga tarkibiy va boshqa o'zgartirishlarni kiritishni talab qilmaydi va u rahbar tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Bunday yondashuv markazlashtirilgan rahbarlikka ega korxonalarda keng qo'llanishi mumkin.
Ikkinchi daraja - muqobillarni ishlab chiqish - tashkilotda bu vazifani samarali yechishi mumkin bo'lgan maxsus tuzilmalarni paydo bo'lishini talab qiladi. Amaliyotda bu vaqtinchalik yoki doimiy qo'mitalar yoki komissiyalarni tashkil etilishida o'z aksini topadi, ularga ushbu ishni bajarish topshiriladi.
Uchinchi daraja - muqobillarni tanlash - boshqaruvda ishtirok etish ilmiy-texnik, texnik-iqtisodiy va boshqaruvchi xarakteridagi maxsus kengashlari ishi shaklida amalga oshirilishini ko'zda tutadi. Ularning qarorlari ko'pincha qoshida ular tashkil qilingan rahbarlar uchun majburiy bo'ladilar. Bu kengashlar tarkibiga, qoidaga ko'ra, tashkilot ierarxiyasining pastroq darajasidagi, rahbar darajasidan keyinroq keluvchi shaxslar kiradilar.
Bu tashkilot tuzilmasiga demokratik xarakter beradi: boshqalar ustidan hukmronlikka ega har bir shaxs ularning birgalikdagi nazoratiga hisobot beradi, bu tashkilotning har bir a'zosiga yuqori mansabli shaxs tomonidan zulm qilishning oldini oladi. Bundan tashqari, boshqaruvda ishtirok etish qabul qilinayotgan qarorlarning sifatini oshiradi. Ishtirok etish ishga ijodiy yondashuvni rivojlantiradi, yangi g'oyalarni tug'diradi va umuman ishni boyitadi. Xodimlarda mulkchilik hisi paydo bo'ladi, faoliyat yuritishga undovlar oshadi, ular o'zlari tomonidan qabul qilingan qarorlarni yaxshiroq bajaradilar. Guruhli, birgalikda ishlash muhiti yaratiladi, mehnat ahloqi va umumdorlik ancha yaxshilanadi.
Tadbirkorlik tashkiloti. U o'sishga qaratilgan va ko'proq nazorat qilinadigan resurslarga qaraganda, mavjud imkoniyatlarni mo'ljallaydi. Bu ko'pincha qisqa muddatli, epizodik va bosqichma bosqich asoslarda amalga oshiriladi. Resurslar ustidan nazorat odatda vositali xarakterga ega (ijara, qarz va h.k.). Tashkilotning faoliyati samaradorlik asosida baholanadi. Tadbirkorlik tuzilmalari an'anaviy tashkilotlardagi muvofiqlashtirishga emas, balki shaxsiy tashabbusiga asoslanadi. Bir joyga moslangan rivojlanish ko'p yo'nalishlar bo'yicha rivojlanish bilan almashtiriladi. Tadbirkorlikda shaxsiy omilkorlik tashkiliy omilkorlikdan muhim roqdir. Odamlar, guruhlar va ularning malakasi asosiy tashkiliy omillar bo'ladilar.
Tashkilotning boshqarish tuzilmasi [6] darajalarning kam soni, egiluvchanligi va tarmoqli qurilishi bilan ta'riflanadi (5.13. rasm.). U to'ntarilgan piramidadan iborat bo'lib, asosida korxo na rahbariyati turadi. Bunda rahbariyat nafaqat o'zining o'rnini, balki asosiy vazifalarini ham almashtiradi. Tashkilot rahbariyatining asosiy vazifasi an'anaviy nazoratning o'rniga biznes qiluvchi xodimlar harakatlarini har tomonlama ko'llab quvvatlashdan iborat bo'ladi. Tashkilotning pastdan keyingi darajasi o'z ichiga uchta asosiy bloklarni oladi. Ulardan asosiysi - bu tashkilotning resurslari (odamlar, pullar, vaqt, texnologiya, axborotlar, g'oyalar va h.k.), ularning vazifasi - biznes qiluvchi xodimlarni resurslar bilan ta'minlashdir. Ikkinchi blok - bu biznes uchun bozorlarni belgilovchi va ularni rivojlantirishni biznes bilan shug'ullanuvchilarga topshiruvchi bo'linmadir. Uchinchi bl ok maslahatchilardan, aniqrogi o'zlarining biznesni qilish tajribalari va fahm-farosatlari bilan yordam beruvchi biznes-murabbiylardan tashkil topadi. To'ntarilgan piramidaning cho'q qsida ma'lum bozorga varatilgan biznes bilan shug'ullanuvchi tadbirkorlik boshlan g'ich tashkilotlari joylashgan. Bu xodimlarning biznes turlari bo'yicha birlashtirilgan kichikroq guruhlaridir. Statusi bo'yicha ular foyda markazlari yoki hatto mustaqil firmalar yoki kompaniyalar bo'lishlari mumkin.

Download 221.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling