Referat Mavzu: Tashkilotda operatsion protseduralarni boshqarish
Tashkilotlarni rivojlanishidagi zamonaviy tendensiyalar
Download 221.77 Kb.
|
Referat Mavzu Tashkilotda operatsion protseduralarni boshqarish-fayllar.org
5. Tashkilotlarni rivojlanishidagi zamonaviy tendensiyalar.
Tashkilotlarning yangi turlari Keyingi yillarda tashkilotlarni faoliyat yuritishi va rivojlanishida yangi jahon tendensiyalari kuzatilmoqda. Ularda eng muhimi - bu ierarxiyaning ahamiyatini tubdan pasayishi, qat' iy (vertikal) tuzilmalardan foydalanuvchi tashkilotlardan kattaroq avtonomligi bilan ta'riflanuvchi yumshoqroq, o'zini o'zi tashkil qiluvchi tashkilotlarga o'tishdir. O'zini o'zi tashkil qilishning xududiy, gorizontal tizimi, o'zini o'zi rivojlantirish va o'zini o'zi boshqarish va, shunga ko'ra gorizontal bo'yicha menejmentning ustivorligi mavjuddir. O'zbekistonda bozor munosabatlarini rivojlanishi va o'zini o'zi tashkil qilishning tubdan yangi sharoitlari yumshoq tizimlarnng o'zini o'zi rivojlantirishi jarayonlarini ba'zi bir jadallashuvini va o'tgan yillarda vujudga kelgan qat'iy(ierarxik) va egiluvchan(dasturiy-maqsadiy) tuzilmalar va tashkilotlarni "yumshatilishini" "ko'zg'atdi", shunday bo'lsa ham gorizontal tuzilmalar va tashkilotlar amaliyotida hali g'oyatda kamroq qo'llaniladilar, buni ularning o'zini o'zi tashkil qiluvchi(yuqoridan tartibga solinmaydigan) boshlanishi bilan izohlash mumkin. Kelajakda, balki, ular O'zbekiston iqtisodiyotida ham ustivor bo'lsalar kerak. Keyingi yillarda tashkilotlarning o'zini o'zi tashkil qiluvchi tizimlar sifatidagi chegaralarining shaffofligi oshmoqda, bu aslida chegaralarini amalda aniqlash mumkin bo'lmagan chegarasiz tizimlarni tashkil qiladi. Bu tizimlarning xronik nomutanosibligini yaratadi, chunki resurslar tizimining ichiga va tashqarisiga oqadilar va shuning bilan tizimning tebrangichini muvozanatdan chiqaradilar. Shuning bilan bir vaqtda zamonaviy tashkilotlarning shaffofligi, ochiqligi quyidagilarga yordam beradi: salohiyatli investorlar va ishga doir sheriklarni birgalikdagi faoliyatga jalb qilish; zamonaviy ilg'or ishlab chiqarish, tijorat va axborot texnolo-giyalarini tarqalishi va tezroq o'zlashtirilishi, ilmiy tadqiqotlarning ma'lumotlari va ilg'or tajribadan foydalanish; -tashkilot xodimlarining kasbiy mahoratini oshishi; tashkilotlar tomonidan tashqi iqtisodiy aloqalarni yo'lga qo'yilishi; xo'jalik yurituvchi sub'yektlar tomonidan qonunchilik va me' yoriy hujjatlarga rioya qilinishi; bozor munosabatlari ishtirokchilari va aholini xo'jalik yurituvchi sub'yektlarning faoliyati va ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar va xizmatlar haqida xabardor qilinishi. Bu pirovorida tashkilotlarning raqobatbardashligini oshirilishiga, ular faoliyatining samaradorligini ko'tarilishiga yordam beradi. Keyingi o'n yillar yana jamiyatni axborotlashganligini oshganligi bilan ham ta' riflanadilar. Bu tashkilotlarni yakkalanib qolishini buzib yubordi, ulardan bu sifatni(mexanik, korporativ) ta'minlovchi tuzilmalaridan foydalanadiganlarini kamroq samaraliroq qilib qo'ydi. Shuning bilan bir vaqtda axboratlashtirish tashqi muhit o'zgarishlarini hushyorlik bilan his qiluvchi, iste'molchilar so'rovlariga jadallik bilan javob qaytaruvchi tashkilotlarni tashkil bo'lishiga ko'maklashdi. Ishlab chiqaruvchini iste'molchi bilan ancha yaqinlashuvi buning muhim oqibatlaridan biri bo'ladi. Bu esa, o'z navbatda, ishlab chiqaruvchini iste'molchi talablaridagi o'zgarishlarga jadallik bilan javob qaytarishga majbur qildi, ko'proq darajada tashkilot tuzilmasini belgilab bera boshladi. Vujudga kelayotgan sharoitlardagi raqobat kurashida o'z tashkilotini axborotli jamiyat tomonidan shakllantirilayotgan, tashqi muhitning yangi talablariga yaxshiroq moslashtira olaganlargina g'alaba qozonishi mumkin. Ko'rsatib o'tilgan jarayonlar keyingi vaqtlarda shakllanayotgan tashkilotlarning yangi turlarida aniq nomoyon bo'lishlari mumkin, ularga edxokratik, ko'po'lchamli, partisipativ, tadbirkorlik tashkilotlari va bozorga qaratilgan tashkilotni kiritish mumkin. Edxokratik (ing. adhocracy so'zidan), tashkilotlar nostandart va murakkab ishlarga, qiyin belgilanadigan va tez o'zgaruvchan tuzilmalarga nisbatan qo'llanilishlik bilan ta'riflanadilar. Bu tashkilotlarga maqsadlarga erishish vositalari ijrochilar tomonidan tanlaniladi. Har biri bevosita o'zining harakati uchun javob beradi. Bunda yakka shaxs tashqaridan kuchli bosimni boshidan kechiradi, u umumiylik hisini yaratuvchi ish tomonidan bir oz kuchsizlantiriladi. Bunday tashkilotlarda rasmiyatchilik judayam kamaytiriladi, bu narsa ierarxiyaga, ish sharoitlari va inshoatlarga, imtiyozlar, kiyimlar va h.k. ga tegishlidir. Tashkilotga xodimlar harakatidagi erkinlikning yuqori darajasi xosdir, uning cho'qqisi sifatli bajarish va muammoni hal qilishni bilishdir. Quyidagilar tashkilotning asosiy elementlaridir: xodimlar o'zlarining ishlarida yuqori malakali ekspertlar bo'ladilar, murakkab operatsiyalarni bajaradilar, bir birlari bilan yuqori samarali tartibda aloqa qilishni biladilar; qarorlar qabul qilish huquqiy va hukmron ierarxiyadagi o'ringa emas, balki ekspertli bilimlar va omilkorlikka asoslangan bo'ladi, moliyaviy nazorat yuqoridan amalga oshiriladi; mukofotlash tizimi ekspertli bilimlar, xodimning ulushi, uning omilkorligi va umumiy ishda ishtirok etish darajasida quriladi. Bu tashkilotning tuzilishi uzviy asosga ega va aniq belgilanmagan, unda norasmiy va gorizontal aloqalar ustivorlik qiladilar. Tuzilmaning qismlari kichik o'lchamlarda saqlanib qoladilar va doimo o'zgarib turadilar, ko'pgina menejerlarda qandaydir bir ishga qat'iy bog'lanish yo'q. Bunday tuzilma odatda konsentrik shakldagi chizma taassurotini qoldiradi, unda sanash nuqtasi bo'lib, undan tuzilma radial (radusli) yo'nalishlar bo'yicha doiralar bilan tarqalganday bo'ladi. Bunday tashkilot uchun doira uning xodimlarining barcha harakatlari bitta narsaga - kompaniyaning muvaffaqiyatiga olib kelishining alomati bo'ladi. Undagi qadriyatlar (birinchi navbatda-uning xodimlarining sifati) darajalar bo'yicha ranjirovka qilinmaydi. Tashkilot edxokratiklikning har xil darajasiga ega bo'lishi mumkin, bu texnologiyaning darajasi, xodimlarning sifati va rahbarlarning tayyorlanganligi bilan belgilanadi. Bunday tashkilotlar ijodni, innovatsiyalarga o'chlik va birgalikda samarali ishlashni talab qiluvchi yuqori va murakkab texnologiyalar sohasida eng foydalidirlar. Bular maslahat-yangilik kiritish, kompyuter-elektron, tibbiyot, tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va h.k. sohalaridir. Oldinroq departamentlashtirishning ikki o'lchamli modeli va tashkilotlarni qurishning matritsa modeli ko'rib chiqilgan edi. U yerda resurslar va natijalar ikki o'lchamli bo'lganlar, ularni mo'ljallash bilan ishlarni matritsa uyachalar shaklida bir vaqtda birlashtirish sodir bo'lgan. Ammo xudud, bozor va iste'molchi kabi o'zgaruvchanlar bunday tashkilotlarning tashqarisida qolganlar, ularning mo'ljallash bilan ishlar ham tashkilotlarga birlashishlari mumkin. Bu uchinchi o'lchovni qo'shishda ko'p o'lchamli tashkilot paydo bo'ladi. Odatda foydaning markazi statusini oluvchi avtonom ishchi guruh bunday tashkilotning asosi bo'ladi. U bir vaqtda uchta vazifani bajaradi: asosiy (ishlab-chiqarish va boshqa) faoliyatni resurslar bilan ta' minlash; aniq iste'molchi, bozor yoki xudud uchun mahsulot yoki xizmatlarni ishlab chiqarish; aniq iste'molchiga xizmat ko'rsatish, rivojlanish yoki aniq bozorga kirib borish. Bu tashkilotlarda bo'linmalar byudjetlari bo'linmalarning o'zlari tomonidan ishlab chiqiladi, tashkilot rahbariyati faqat ularga mablag'larni investitsiya qiladi, qarzlar beradi. Bu yerda avtonom guruh a'zolarining tashkilot rahbariyati va boshqa bo'limlar bilan munosabatlari mijozlar bilan munosabatlardan farqlanmaydi. Bir qator hollarda umuman tashkilot emas, balki ma'lum xo'jalik birligi ko'p o'lchamli qilinadi va u yirikroq tashkilot tuzilmasi taribida qanchalik iloji bo'lsa, shuncha avtonom bo'lishi mumkin. Shunday qilib, tashkilot ichidagi ichki bozorga iloji boricha ko'proq darajada yaqinlashtirilgan ko'p o'lchamli model bir vaqtda faoliyat ko'lamidagi sinergiyaning samarasi va iqtisodidan foydalanadi. Ko'p o'lchamli tashkilotning ko'pgina afzalliklariga qaramasdan, hatto uning yordami bilan ham barcha a'zolarini qoniqtira oladigan va ular faoliyatini adekvat ravishda motivatsiyalaydigan tashkilotni tashkil qilish qiyindir. Agar tashkilot a'zolariga o'zlarning ishlariga tegishli bo'lgan qarorlarni qabul qilishda ishtirok etish huquq berilsagina, Ushbu muammo, ushbu mu ammo muvaffaqiyatli hal qilinadi. Bu Download 221.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling