Referat Mavzu: Tashkilotda operatsion protseduralarni boshqarish
Download 221.77 Kb.
|
Referat Mavzu Tashkilotda operatsion protseduralarni boshqarish-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bozorga qaratilgan tashkilot .
- Tarmoqli tashkilotlar
Istemolchilar
rasm. Tadbirkorlik tashkilotining chizmasi Tashkilotni bunday qurilishi uning "yuzini iste'molchi tomoniga qaratadi", unga yaqinlashtiradi, uning talablaridaga o'zgarishlarga epchillik bilan javob qaytarishga imkon beradi. Bunda huquqlar va majmuriyatlarni bevosita biznes bilan shug'ullanuvchilarga iloji boricha ko'proq topshirish bilan amalga oshiriladi. Odamlarda motivatsiya va ular ishlarining samaradorligi oshadi. Bozorga qaratilgan tashkilot. Tashqi muhit, ya'ni bozor bilan o'zaro hamkorlikning xarakteriga ko'ra, bu o'zidan tashqarida bo'layotgan o'zgarishlariga tez moslashadigan tashkilotning tashkiliy turidir. Tashkilot ichidagi qismlar o'zaro hamkorligining xarakteri bo'yicha bu yo divizional, yoki matritsiyali tuzilma, yakka shaxsning tashkilot bilan o'zaro hamkorligining xarakteriga ko'ra esa - yakka shaxsli turdir. Tashkilotning boshqalardan tubdan farqi shundan iboratki, agar oldingi hollarda bevosita bozorning atrofida tashkilotning faqat bir qismi guruhlangan bo'lsa, bu holda gap uning barcha qismlarning guruhlanishi haqida ketmoqda. Tashkilotda mahsulotni iste'molchiga moslashtirish uchun katta harakatlar qilinadi. Bunda mahsulotni tez-tez o'zgarishi sodir bo'ladi. Barcha narsa qaror qabul qiluvchilarni bu qarorini xarid qiluvchilar-iste'molchilar bilan yaqinlashtirishga qaratilgan. Bu, o'z navbatida, boshqaruv darajalarining sonini kamaytirish va javobgarlikni iste'molchiga yaqinroq joylashgan va xatarni o'ziga oluvchi ierarxiyaning pastki darajalariga topshirishni talab qiladi. Guruhli ish, rolli hulk va ishonchga asoslangan o'zaro hamkorlik muhim ahamiyat kasb etadi. Tashkilotdagi aloqalar vazifalar o'rtasidagi munosabatlar bilan emas, balki ko'proq tashkilotning iste'molchi(jarayonlar) bilan munosabatlarining ta'siri ostida shakllanadilar. Tashkilot iste'molchining ehtiyojidan kelib chiqqan holda loyihalashtiriladi, buning natijasida qat'iy ierarxiyaning o'rniga yetarlicha avtanom guruhlar vujudga keladilar, ularga odatda " foyda markazi" yoki biznes-guruh statusi beriladi. Barcha narsa uchun javob beradigan guruhlarning o'zlari o'zlariga biriktirilgan jarayon doirasida faoliyat yuritadilar. Tashkilot tuzilishining umumiy chizmasi odatda kuyidagicha quriladi. Tashkilotning yuqorisida faqat uning bozordagi holatini belgilab beruvchi asosiy vazifalar markazlashadilar. Keyingi darajadagi ishlab chiqarish operatsiyalari markazlashtirilmaydilar. Pastki darajada tashkilot foyda markazlarini tashkil qilish bilan mahsulotini yoki geografik tamoyil bo'yicha guruhlashtiriladi, bu yerdan tashkilotni iste'molchiga, ya'ni bozorga chiqishi boshlanadi. Ushbu va yuqorida turgan darajalar o'rtasidagi aloqa mahsulot va xududni birlashtiruvchi matritsa asosida quriladi. Tarmoqli tashkilotlar - bu, qoidaga ko'ra, yirik vertikal bo'yicha integratsiyalangan kompaniya, uning ichidagi bo'linmalar faoliyatini muvofiqlashtirish vazifasi rejalashtiruvchi va taqsimlovchi o'rta bo'g'in menejerlari tomonidan emas, balki bozor mexanizmlari orqali amalga oshiriladi. Tarmoqli tashkilot tuzilmasining prinsipial chizmasi 5.14. rasmda berilgan. Download 221.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling