Referat mavzu: Tashqi auditorlar uchun korporativ boshqaruvning ahamiyati. Tuzuvchi: Ikromov Ilhom
Download 38.22 Kb.
|
Auditga kirish tashqi auditorlar uchun korparativ boshqaruv
Tashqi audit – korxona taqdim etayotgan yillik moliyaviy hisobotlarning
BXMSga asosan tuzilganini tekshirish maqsadida shu korxonaga nisbatan to’liq mustaqil xisoblangan auditor tomonidan o’tkaziladigan tekshiruvdir. Tashqi audit asosan biz yuqorida ko’rib o’tgan moliyaviy hisobotlar auditdan iborat. Lekin, bu tur auditga qo’shimcha tarzida, muvofiqlik yoki operatsion audit xam o’tkazilishi mumkin. Tashqi audit tekshiruvini o’tkazishning muxim shartlaridan biri shuki, bu tekshiruvda qatnashayotgan auditor shu audit tekshiruvidan o’tayotgan korxonada xech qanday iqtisodiy manfaatga ega bo’lmasligi kerak. Misol uchun, tekshiruvni o’tkazayotgan auditor shu korxona ta’sischisi, egasi, aksiyadori, rahbari yoki boshqa mansabga ega bo’lishi, shuningdek, korxona rahbariyati bilan o’zaro qarindoshlik munosabatlariga ega bo’lishi mumkin emas. Shuningdek, agar auditorlik firmasi, qo’shimcha xizmat sifatida korxonaga buxgalteriya xizmatini ko’rsatsa, moliyaviy hisobotlarni tuzib bersa, bu auditorlik firmasi shu korxonada audit tekshiruvini o’tkazishi ta’qiqlanadi. Bunga asosiy sabab, biz o’tgan bobda ko’rib o’tgan mustaqillik tamoilining buzilishidir. Tashqi auditni o’kazishdan maqsad quyidagilardan iborat bo’ladi: - buxgalteriya hisoboti to’g’ri va to’liq ma’lumotlarni aks ettirayotganini o’rganish yoki ishonchsiz ma’lumotlarni aks ettirayotgan hollarni aniqlash; - korxona o’z buxgalteriya hisobi va hisoboti tizimini ma’lum qonun hujjatlarga asosan yuritayotganini tekshirish; - audit tekshiruvidan o’tayotgan davr uchun korxona o’z daromad, xarajat va yakuniy moliyaviy natijalarini to’g’ri aks ettirayotganini o’rganish. Tashqi audit yakunida auditorlik hisoboti va xulosasi taqdim etiladi. Bularga qo’shimcha sifatida, auditorlik firmasi tomonidan tavsiyaviy xarakterga ega bo’lgan turli qo’shimcha hujjatlar xam tayyorlanib taqdim etilishi mumkin. Tashqi auditni o’tkazish uchun auditorlik firmasini korxonaning o’zi mustaqil ravishda tanlaydi. Tashqi audit o’z xususiyatiga ko’ra quyidagi ikki ko’rinishga ega: Download 38.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling