Referat mavzu: Tashqi auditorlar uchun korporativ boshqaruvning ahamiyati. Tuzuvchi: Ikromov Ilhom
Download 38.22 Kb.
|
Auditga kirish tashqi auditorlar uchun korparativ boshqaruv
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar ro‘yxati 1. Axmedjanov K.B., Sattorov A.X. «Auditga kirish» (Darslik) – T.: 2021, 323 b.
*) Jаrimа miqdorini аniqlаshdа eng kаm oylik ish hаqining jаrimа solish to’g’risidа qаror chiqаrilgаn sаnаdаgi miqdoridаn foydаlаnilаdi. **) Byudjetdаn tаshqаri vа xаyriya jаmg’аrmаlаri uchun yalpi tushum degаndа аmаldаgi tushumlаr, shu jumlаdаn а’zolik bаdаllаri tushunilаdi. Bundа mаjburiy аuditorlik tekshiruvi o’tkаzilishidаn bo’yin tovlаngаn tаqdirdа xo’jаlik sub’ektigа jаrimа sud qarori asosidа solinаdi, xo’jаlik sub’ekti sodir etilgаn huquqbuzаrlikdа аybini tаn olgаn hаmdа jаrimаni ixtiyoriy rаvishdа to’lаgаn tаqdirdа esа - jаrimа soliq orgаni tomonidаn solinаdi. Jаrimа qonun hujjаtlаridа belgilаngаn tаrtibdа undirilаdi. Bundа xo’jаlik sub’ektining oxirgi hisobot sаnаsidаgi joriy аktivlаrining yigirmа foizidаn ortiq bo’lgаn yalpi jаrimа xo’jаlik sub’ektigа jаrimа solish to’g’risidа qаror qаbul qilingаn kundаn boshlаb undirilаdigаn summаni olti oy mobаynidа hаr oydа bo’lib-bo’lib to’lаsh huquqi berilgаn holdа undirib olinаdi. Jаrimа stаvkаlаri tаbаqаlаshtirilgаn vа mаjburiy tekshirilаdigаn xo’jаlik yurituvchi sub’ektning hisobot yili oxiridа mаhsulotlаr (ishlаr, xizmаtlаr)ni sotishdаn olingаn yalpi tushumi miqdorigа qаrаb belgilаnаdigаn miqdorlаrdа undirib olinаdi. Xo’jаlik yurituvchi sub’ekt jаrimа solish to’g’risidаgi qаror ustidаn qonun hujjаtlаridа belgilаngаn tаrtibdа shikoyat qilishi mumkin. To’lаnаdigаn jаrimаlаr to’liq miqdordа respublikа byudjetigа o’tkаzilаdi. Auditor firmalar odatda aksioner jamiyat yoki kooperativ shaklda faoliyat koʻrsatadi va toʻliq mustaqillikga ega boʻladi. Ular, oʻz ishini har bir mamlakatda yoki xalqaro miqyosda qabul qilingan hisob-kitob va taftish qoidalariga binoan olib boradi. Auditor firma ishida qatnashuvchi taftishchilar auditorlar deb ataladi.Bozor infratuzilmasi va uning qarab chiqilgan unsurlari barcha bozor turlarining faoliyat koʻrsatishi hamda davlatlararo iqtisodiy munosabatlarni tartibga solishni taʼminlaydi. Auditorlik tashkilotlari o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga, auditorlik faoliyatining standartlari hamda boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarga amal qiladilar. Auditorlik tashkilotlari, auditorlik tekshiruvni buyurtmachisi, xo‘jalik yurituvchi subyektlar va moliyaviy hisobot boshqa foydalanuvchilar, shu jumladan tijorat banklari, moliya tuzilmalari hamda investorlar oldida xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy hisoboti va boshqa moliyaviy axboroti haqida noto‘g‘ri auditorlik xulosalarini tuzishi oqibatida ularga keltirilgan zarar uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan javobgarlikka tortiladi. Sifatsiz yoki batafsil bo‘lmagan auditorlik tekshiruvi natijasida xo‘jalik yurituvchi subyekt va (yoki) auditorlik tekshiruvi buyurtmachisiga keltirilgan zarar, shu jumladan boy berilgan foyda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanadi. Tijorat banklarida korporativ boshqaruv to‘g‘risidagi nizomnig 18-bandida shunday yozilgan: Audit qo‘mitasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: moliyaviy hisobot va ichki audit siyosatini ishlab chiqish hamda tasdiqlash jarayonida ishtirok etish; nazoratga oid, moliyaviy va boshqa hisobotlarning taqdim etilishini, to‘liqligini, ishonchliligini nazorat qilish; o‘z vakolati doirasidagi masalalar yuzasidan kengash yig‘ilishlariga ma’lumotlar tayyorlash va kengashga hisobotlar taqdim etish;
bankning ichki va tashqi auditorlar bilan o‘zaro aloqasini nazorat qilib borish; ichki audit xizmati rahbarini tayinlash (lavozimidan ozod qilish) masalasini ko‘rib chiqib, kengashga taklif kiritish; ichki audit xizmatining choraklik hisobotlarini o‘rganib chiqish va kengashga taqdim etish; bankning ichki nazorat tizimi va ichki auditi faoliyati samaradorligi va monandligini ta’minlash uchun ularni baholash, ichki audit tekshiruvlari rejasi va ularning davriyligini ko‘rib chiqish, ichki audit xizmati rahbari o‘z vazifa va majburiyatlarini qay darajada amalga oshirayotganligini baholashda ishtirok etish va o‘z fikrlarini bildirish; har chorakda kamida bir marta ichki audit xizmati rahbari bilan uchrashuv o‘tkazib, ichki audit xizmati faoliyatiga oid masalalarni muhokama qilish; tashqi auditor takliflarini baholashda kengashga amaliy yordam berish, tashqi auditorni tanlashda kengashga tavsiyalar tayyorlash; tashqi auditorlarning xizmatlariga to‘lanadigan eng ko‘p haq miqdori va u bilan shartnoma tuzilishi (bekor qilinishi) to‘g‘risida kengashga takliflar kiritish; tashqi auditorlar uchun texnik vazifalarni ishlab chiqishda kengashga amaliy yordam berish; ichki va tashqi audit hisobotlarini qabul qilib olish hamda ularda va boshqa nazoratni amalga oshiruvchi bo‘linmalar tomonidan aniqlangan qonunchilik hujjatlari, bankning siyosatlari va ichki hujjatlariga nomuvofiqliklar va kamchiliklarni bank boshqaruvi tomonidan o‘z vaqtida bartaraf etilishini nazorat qilish; tashqi auditorlik hisobot va xulosalarni ko‘rib chiqish va ularni kengashga taqdim etish; tashqi auditorlar faoliyati qoniqarsiz deb baholangan taqdirda, ularni o‘zgartirish yuzasidan kengashga tavsiyalar berish; bank faoliyatining shaffofligi va ma’lumotlarning oshkor qilinishi yetarli darajada va aniq ekanligini ko‘rib chiqish; Adabiyotlar ro‘yxati 1. Axmedjanov K.B., Sattorov A.X. «Auditga kirish» (Darslik) – T.: 2021, 323 b. 2. https://yuz.uz/uz/news/auditorlik-faoliyati-yangi-davrga-mos-tartib--tamoyillar 3. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining qarori, 30.06.2020 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3254 4. Xodiyev B. Korporativ boshqaruv: o ‘quv qo'ilanm a/ B.Xodiyev, D.Qosimova; 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy va o ‘rta maxsus t a ’iim vaziriigi. - Toshkent: Cho'lpon noinidagi nashriyot-matbaa iiodiv uvi, 2012. - 144 b. Download 38.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling