1. Ixtiyoriy audit;
2. Majburiy audit.
Ixtiyoriy audit – 2021 yil 25 fevralda (keyingi tahrirlar bilan) yangi taxrirda qabul qilingan “Auditorlik faoliyati to’g’risidagi qonun”ning 36-moddasiga muvofiq, korxona rahbariyatining o’z qaroriga binoan qonun hujjatlarda nazarda tutilgan tartibda o’tkaziladi. Ixtiyoriy auditni o’tkazishdan maqsad turlicha bo’lishi mumkin. Misol uchun, korxona buxgalteriya tizimining holatini Tahlil qilish, uning ustidan samarali nazorat o’rnatish, kompyuterlashgan buxgalteriya tizimi faoliyatini tekshirish va x.k.z. Ixtiyoriy audit kompleks va tematik asosda tashkil etilishi mumkin.
Kompleks ixtiyoriy audit tekshiruvida korxonaning buxgalteriya xisobiga oid
barcha boshlang’ich hujjatlari tekshiriladi, aktivlar va majburiyatlar yuzasidan
to’liq inventarizatsiya o’tkaziladi. Tematik ixtiyoriy audit tekshiruvida esa
korxona buxgalteriya hisobining faqatgina aloxida bir bo’limi, misol uchun, ish
xaqi yuzasidan xisob-kitoblarning to’g’ri yuritilayotgani, byudjet bilan soliq
yuzasidan xisob-kitoblar qonun-hujjatlarga asosan olib borilayotgani auditor
tekshiruvidan o’tadi.
Majburiy audit - “Auditorlik faoliyati to’g’risidagi qonun” ning 10 -
moddasiga muvofiq, qonun-hujjatlarda belgilangan tartibda, yuqori turuvchi
davlat muassasalarining talabi bilan korxona rahbariyati buyurtmasiga asosan
auditorlar tomonidan o’tkaziladigan audit tekshiruvidir. “Auditorlik faoliyati
to’g’risidagi qonun”ning 10-moddasiga asosan, O’zbekiston Respublikasida
majburiy audit tekshiruvidan quyidagi iqtisodiy sub’ketlar o’tishlari lozim:
1. Tashkiliy-huquqiy shakliga ko’ra: aktsiyadorlik jamiyatlari;
2. Faoliyat turiga ko’ra:
- bank va boshqa kredit tashkilotlari;
-sug’urta kompaniyalari;
- investitsiya fondlari xamda yuridik va jismoniy shaxslarning mablag’larini
jamlab turuvchi boshqa fondlar xamda ularning boshqaruv kompaniyalari;
Do'stlaringiz bilan baham: |