Referat mavzu: Texnologiyalarning vujudga kelishining tarmoq rivojlanishiga ta’siri


Ta’lim jarayonida innavatsion texnalogiyalarning tadbiq etish zarurati


Download 0.98 Mb.
bet3/6
Sana08.06.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1462778
TuriReferat
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Iqtisodiy o`sish Referat

2.Ta’lim jarayonida innavatsion texnalogiyalarning tadbiq etish zarurati
Ta’lim jarayonining mohiyati davlat ta’lim standarti fan bloklarida ko’rsatilgan bilimlarni yuqori darajada o’zlashtirib olish, zarur malaka, ko’nikmalarni egallashdan iborat. Talaba bilimlarni o’qib, tushunib, anglab esda saqlashi, gapirib(yozib) bera olishi, ularni tahlil qila olishi, boshqa o’quv topshiriqlarini bajarishda va amaliyotda qo’llay olish malakalarini ham egallashi zarur. Ta’limda innovatsion texnologiyalar va o’quv jarayonining muhim vazifalaridan biri yoshlardagi aqliy qobilyatni o’stirish, tug’ma iqtidor kurtaklarini rivojlantirish, yangiliklardan bohabar bo’lishi, ularni barkamol shaxs, raqobatbardosh mutaxasis sifatida shakllantirishdan iborat. Oliy o’quv yurtlarida talaba o’z bilimlarini muntazam oshira borishga tayyorlanishi, bugunning eng yangi ilmiy-texnikaviy g’oyalaridan bohabar bo’lishi, mustaqil o’qib-o’rganishi malaka va ko’nikmalarini hosil qilishi lozim. Buning uchun ta’lim jarayonidagi o’qituvchi va murabbiylar yangi va eng yangi innovatsion texnologiyalar bilan qurollangan bo’lishi, qolaversa bu texnologiyalardan ta’lim jarayonida yuqori samnardorlikda foydalana olishlari talab etiladi. Bugungi kunning talabi bu o’qituvchilar qaysi fandan dars berishlaridan qat’iy nazar o’uvchilarni o’z faniga qiziqtira olishi, ularda o’ziga xos motiv yarata olishi lozim.
Motiv – kishini biror ish-harakatni bajarishga undovchi ichki ruhiy kuch, da’vat, turtki hisoblanadi. Motiv atamasi ehtiyoj, intilish, mayl, qiziqish kabi ma’nolarni ham anglatadi. Pedagogik, psixologik adabiyotlarda ta’kidlanganidek, agar o’quv ishi talaba uchun biror shaxsiy va ijtimoiy qimmatga ega bo’lsagina, Kishida unga qiziqish, motiv uyg’onishi va ta’limning maqsadi talabaning o’z ehtiyojiga aylanishi mumkin. Professor o’qituvchilar talabada o’qishga motiv hosil qilishga intilishlari, ta’lim jarayonini mavjud motivlarni hisobga olib va rivojlantirib tashkil etishlari, boshqarishlari zarur. Buning uchun esa o’quvchilarning qiziqishlarini o’rganish talab etiladi. Bugungi kun o’quvchilarining qiziqishlari esa texnika va texnologiyalardir. Hozirgi kunda hayotimizni texnika va texnologiyalarsiz tasavvur etishimiz qiyin. Shu sababdan o’qituvchilardan innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda o’uvchilarda motivlar yaratish talab etiladi.
Motiv hosil qilishning oddiy usullaridan biri – o’uv mashg’uloti yoki darslikdagi matnning qiziqarliligidir. “Qiziqarli geografiya”, “qiziqarli fizika”, “qiziqarli kimyo”, “mo’jizasiz mo’jiza” kabilar bunga misol bo’la oladi. Demak, talabada shu fanni o’rganishga motiv hosil bo’lishi uchun professor-o’qituvchi, avvalo, o’quv mashg’ulotini qiziqarli tashkil eta bilmog’i lozim. Buning uchun esa innovatsion texnologiyalardan foydalanmaslikning iloji yo’q, chunki, avval ham ta’kidlaganimizdek bugungi kun yoshlarining qiziqishlari innovatsion texnika va texnologiyalardan foydalanishni talab etadi.
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” da ta’kidlanganidek, “Zamonaviy iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyalarni rivojlantirish asosida kadrlar tayyorlashning takomillashgan tizimini yaratish-mamlakatni taraqqiy ettirishning eng muhim sharti hisoblanadi. Tizimning amal qilishi kadrlarning istiqbolga mo’ljallangan vazifalarini hisobga olish va hal etish qobilyatiga, yuksak umumiy va kasbiy madaniyatga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda yo’nalish ola bilish mahoratiga ega bo’lgan yangi avlodni shakllantirishni ta’minlaydi”
Rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni ko’rsatib turibdiki, yuqori malakali, raqobatbardosh kadrlar tayyorlashda quyidagilar hal qiluvchi ahamiyat kasb etar ekan:
1.Ta’lim, fan va ishlab chiqarishning o’zaro samarali aloqadorligi
2. Ta’lim korxonalari va professional ta’lim dasturlari turlarining xilma-xilligi, ularning fan va texnikaning eng so’ngi yutuqlari, iqtisodiyot va texnologiyalarning eng yuqori andozalari va ko’rinishlaridan foydalanish
3. Professional ta’lim tizimini ustuvor va foyda keltiruvchi iqtisodiy tarmoqqa aylantirish
4. Ta’lim muassasalarini zamonaviy o’quv metodik adabiyotlar bilan ta’minlash va ularning moddiy texnik bazasini yaratish hamda ularning moliyaviy ko’rsatkichlarini mustahkamlash
5. Professional ta’lim tizimiga eng yuqori va malakali o’qituvchilarni va mutaxassislarni jalb ettirish
6. O’quv jarayonini axborotlashtirish va kompyuterlashtirish








Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling