Referat mavzu: To'qima xillari va ularning vazifalari Bajardi: Jurayeva H. Tekshirdi: Safarov A. K


Download 38.76 Kb.
bet1/5
Sana05.11.2023
Hajmi38.76 Kb.
#1749598
TuriReferat
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Referat mavzu To\'qima xillari va ularning vazifalari Bajardi J





REFERAT
Mavzu: To'qima xillari va ularning vazifalari

Bajardi: Jurayeva H.
Tekshirdi: Safarov A.K.

Toshkent-2022


T
oʻqima — kelib chiqishi, tuzilishi va funksiyasiga koʻra oʻxshash hujayralar sistemasi. Odam va hayvonlar toʻqimasi epiteliy, biriktiruvchi, muskul va nerv toʻqimalariga boʻlinadi. Epiteliy toʻqimasi odam va hayvonlar tanasini qoplab turadi, ichki organlarda parda hosil qiladi, himoya funksiyasini; uning hosilalari, masalan, jigar va meʼda osti bezining serektor epiteliysi sekretor funksiyasini bajaradi. Xususiy biriktiruvchi toʻqima va uning xreilalari (qarang Krn, Limfa, Togʻay, Suyak) himoya, tayanch va trofik funksiyani bajaradi. Mezenximadan rivojlanadi. Muskul toʻqimasi qisqarish xususiyatiga ega. Shu tufayli organizm fazoda harakat qiladi va uning organlarida qisqarish harakati sodir boʻladi; silliq muskul toʻqimasi mezenximadan, koʻndalangtargʻil muskul toʻqimasi mezodermadan rivojlanadi. Nerv toʻqimasi ektodermadan hosil boʻlib, organizmning hayot faoliyatini boshqaradi, tashqi muhitdan signallar qabul qiladi va organizmning javob reaksiyasini belgilab beradi. Toʻqimaning xosil boʻlishi (gistogenez) embrionning rivojlanishi jarayonida dastlabki hujayraning ixtisoslashuvi bilan bogʻliq. Koʻpincha gistogenez voyaga yetgan organizmda ham sodir boʻladi. Toʻqimaning regeneratsiyalash, baʼzan oʻsishini taʼminlaydi. Har bir organizmning oʻziga xos funksiyasi, odatda, bitta toʻqima yoki bir qancha ixtisoslashgan hujayralar bilan bogʻliq. Barcha organlarda bir necha xil toʻqima boʻladi. Ular birgalikda organizm funksiyasini boshqarib turadi. Funksional jihatdan nerv va muskul toʻqimasi, ayniqsa, chambarchas bogʻlangan. Tuban koʻp hujayralilarda toʻqima kuchli ixtisoslashmagan. Bir xil tipdagi toʻqimaning tuzilishi organizmning har xil qismida va turli darajada tuzilgan organizmlarda bir xilda boʻlmaydi. Toʻqima evolyutsiya davomida hujayralarning funksional ixtisoslashuvi natijasida hosil boʻlgan.
Oʻsimliklarda toʻqima bir xil hujayralardan iborat boʻlsa — oddiy (mas., kollenxima), har xil hujayralardan iborat boʻlsa — murakkab toʻqima deyiladi. Oʻsimlikning hayoti davomida oʻsishini taʼminlovchi toʻqima meristema bilan bogʻliq. Ildiz va poyaning uchki qismidagi toʻqima birlamchi meristema deyiladi. Poya va ildiz diametrining oʻsishi ikkilamchi meristema — kambiy va fellogen bilan bogʻliq. Odatda, oʻsimliklarda 3 xil: qoplovchi, oʻtkazuvchi va asosiy toʻqima sistemasi ajratiladi. Qoplovchi sistema birlamchi toʻqima (epiderma, epiblema, yaʼni rizoderma, ekzo, derma)dan hamda himoya va soʻrish funksiyasini bajaradigan havo, baʼzan, tuproq (ildizlar) va ikkilamchi toʻqima (himoya funksiyasini bajaradigan) peridermadan iborat boʻlishi mumkin. Pust deb ataladigan uchlamchi qoplovchi toʻqima daraxtlar ildizi va poyasida sirtqi peridermaning nobud boʻlishi tufayli hosil boʻladi. Oʻtkazuvchi sistema 2 xil: birlamchi va ikkilamchi floema hamda birlamchi va ikkilamchi ksilemadan iborat. Asosiy sistema birlamchi parenxima toʻqimasi — xlorenxima, aerenxima hamda mexanik toʻqima — kollenxima va sklerenximani uz ichiga oladi. Bundan tashkari, ajratish, shamollatish funksiyasiga ega boʻlgan Toʻqima ham bor.
Odam va hayvonlar Toʻqimasini gistologiya, oʻsimliklar Toʻqimasini anatomiya oʻrganadi.

Agar siz bir hujayrali organizm boʻlganingizda va ozuqa moddalariga boy joyda yashaganingizda, tirik qolish juda oson boʻlar edi. Masalan, agar siz hovuzda yashaydigan amyoba boʻlganingizda, oziq moddalarini oʻz atrofingizdagi muhitdan oʻzlashtirishingiz mumkin boʻlardi. Metabolizm uchun zarur boʻlgan kislorod hujayra membranasi orqali hujayra ichiga diffuz yoʻl bilan kirishi, yana shu tarzda karbonat anigrid va boshqa chiqindi moddalar chiqib ketishi mumkin. Koʻpayish vaqti kelganda, ikkiga boʻlinish kifoya!


Ammo siz hozir amyoba emasligingiz aniq va shuni aytish mumkinki, yuqoridagi kabi jarayonlar odam singari yirik, koʻp hujayrali organizmlarda u qadar oddiy tarzda kechmaydi. Sizning murakkab tuzilishga ega boʻlgan tanangizda 30 trilliondan ortiq hujayralar mavjud va ularning aksariyati tashqi muhit bilan bevosita aloqaga ega emas.
Tananing ichki qismlaridagi hujayralar, masalan, suyakdagi yoki jigardagi hujayralar zarur boʻlgan ozuqa moddalarini yoki kislorodni atrof-muhitdan bevosita ololmaydi.
Xoʻsh, tana oʻz hujayralarini qanday oziqlantiradi va oʻz faoliyatini qanday davom ettiradi? Keling, sizning ajoyib tana tizimingiz buni qanday qilib amalga oshirishini batafsil koʻrib chiqamiz.

Koʻp hujayrali organizmlar ixtisoslashgan tizimlarga muhtoj


Aksariyat koʻp hujayrali organizmlardagi hujayralarning koʻpchiligi va tashqi muhit oʻrtasida ozuqa moddalari hamda chiqindi moddalarning toʻgʻridan toʻgʻri almashinishi sodir boʻlmaydi, buning oʻrniga ular ichki muhit hisoblanuvchi hujayra tashqarisidagi suyuqlik bilan oʻralgan. Hujayralar ushbu suyuqlikdan kislorod va ozuqa moddalarini oladi va unga chiqindi moddalarini chiqaradi. Odamlar va boshqa murakkab organizmlar hujayralar ehtiyojlarini qondira oladigan holda ichki muhitni barqaror saqlovchi maxsus tizimlarga ega.
Tananing turli tizimlari turli xil funksiyalarni bajaradi. Masalan, ovqat hazm qilish tizimi ovqatni qabul qilish va oʻzlashtirish uchun javobgar, nafas olish tizimi esa qon aylanish tizimi bilan birga ishlagan holda kislorodni qabul qilish va karbonat angidriddan xalos boʻlish uchun javobgardir. Mushak va skelet tizimlari harakatlanishda muhim ahamiyatga ega; reproduktiv tizim koʻpayish jarayonlarini amalga oshiradi; ayirish tizimi organizmni metabolik chiqindi moddalardan xalos qiladi.
Ixtisoslashgani sababli ushbu turli xil tizimlar bir-biriga bogʻliqdir. Ovqat hazm qilish, mushak, skelet, reproduktiv va ayirish tizimlarini tashkil etuvchi hujayralar nafas olish tizimi orqali oʻzlashtiriladigan kislorodga muhtoj, shu oʻrinda nafas olish sistemasi hujayralari (boshqa tizim hujayralari singari) ozuqa moddalariga muhtoj va metabolik chiqindilardan xalos boʻlishlari kerak. Tananing barcha tizimlari organizmning doimiy ravishda ushlab turilishi va ishlashi uchun birgalikda faoliyat olib boradi.

Download 38.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling