9.Zamonaviy bank operatsiyalari.
Fоrfеyting (inglizchа “forfeiting”, frаntsuzchа “а forfait” dеgаn so’zlаrdаn оlingаn bo’lib, butunlаy, to’lаligichа, umumiy, yalpi summа dеgаn mа’nоlаrni аnglаtаdi) bir mаrtаlik to’liq to’lоv evаzigа to’lоvchigа mа’lum bir huquqlаr tаqdim etilishini bildirib, fоrfеt kоmpаniya yoki bаnk tоmоnidаn vеksеllаrni hаmdа bоshqа qаrz mаjburiyatlаrini to’liq muddаtgа, оldindаn bеlgilаngаn shаrtlаr аsоsidа sоtib оlinishi hisоblаnаdi. Fоrfеyting zаlqаrо sаvdо vа zizmаtlаr ko’rsаtish sоhаsidа mаhsulоtlаr vа zizmаtlаr bo’yichа kеlаjаkdа оlinishi lоzim bo’lgаn tushumlаr o’rnigа mаblаg’lаrni o’shа kunning o’zidа оlish imkоniyatini yarаtgаnligi uchun hаm kеng qo’llаnilаdi.
Overdraft, kontokorrent kreditlari.
Mavzuga tegishli quyidagi atama va birikmalarga izoh yozing:
Xalqaro hisob-kitob -– tashqi iqtisodiy faoliyatda xorijiy mamlakatlar bilan oldi- berdi faoliyatida yuz beradigan hisob-kitoblar.
Inkasso –haridor hisobvarag’idan pul summasini olib, sotuvchi ixtiyoriga o’tkazish bo’yicha bank operatsiyalaridir.
«sof» inkasso –to’lanadigan vekselni aktseplash ko’chiriladigan veksel cheklar yoki pul to’lovlarini olish uchun foydalaniladigan hujjatlar taqdim etilishi bilan amalga oshiriladi.
«hujjatlashtirilgan» inkasso – to’lov yoki ko’chiriladigan veksel hisob-kitoblar, yuk jo’natish hujjatlari, mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlar hamda vekselni akseptlash asoslarini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar taqdim etilgandagina aktseplanadigan inkasso tushuniladi.
Chaqirib olinadigan akkreditiv - Chaqirib olinadigan akkreditiv mablag‘larni to‘lovchining banki tomonidan mablag‘larni oluvchi bilan oldindan kelishilmasdan o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin. Akkreditivning chaqirib olinishi to‘lovchining banki uchun hech qanday majburiyatni vujudga keltirmaydi.
Chaqirib olinmaydigan akkreditivda –. Chaqirib olinmaydigan akkreditiv mablag‘larni oluvchining roziligisiz o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |