Referat mavzu: viruslar va antivirus dasturlari bajardi: Amonov Ramiz toshkent 2023 reja
Download 53.06 Kb.
|
Amonov.R Referat Viruslar
Troya tulpori virusi. Bu shunday programmaki, u asosan xujjatlarda yozilmagan qo’shimcha harakatlarni bajaradi. Qadimgi Rim Troya tulporining analogi bo’lmish "Troya tulpori" shubha uyg’otmaydigan qobiq programmalarga ta’sir ko’rsatib, avtomatlashtirilgan sistema xavfsizligiga ta’sir ko’rsatuvchi jiddiy taxdid hisoblanadi. Xarakteriga ko’ra "Troya tulpori"paket rejimida ishlovchi programma vositalari yordamida amalga oshiriladigan faol taҳdidlar turiga kiradi. U sistemaning ixtiyoriy ob’ektiga taxdid solishi mumkin. Eng xavflisi -"Troya tulpori" bir foydalanuvchi vakolatlari doirasida harakat qiladi, lekin boshqa foydalanuvchi borasida esa uning shaxsini aniqlash mumkin emas.
"Troya tulpori" xavfi asosan keyinchalik sistema foydalanuvchilariga taklif etiladigan (in’om etiladigan, sotiladigan yoki almashtiriladigan) zararsiz programmaga u yoki bu usul bilan qo’shilgan qo’shimcha komandalar blokiga ta’sir etishidadir. Bu komandalar bloki biror shart (oy, yil, kun, vaqt, tashqi komanda) kiritilganda yoki bajarilganda ishga tushadi. Bunday programmani ishga tushiruvchi, o’zi va o’zi bilan birga butun sistemani xavf ostida qoldiradi. Agar «troya tulpori»ni ishga tushirgan foydalanuvchi keng imtiyozlar naboriga ega bo’lsa, bu holda uning xavfi ancha yuqori bo’ladi. Bunday hollarda «troya tulpori» ni tuzgan va o’zlashtirgan hamda keng imtiyozlar naboriga ega bo’lmagan buzg’unchi boshqalarning qo’li bilan ruxsatsiz imtiyozli funksiyalarni bajarishi mumkin. Yoki, masalan, bunday programmani ishga tushirgan foydalanuvchining ma’lumotlar nabori buzg’unchini juda qiziqtirib qolishi mumkin, bunda buzg’unchining hatto keng imtiyozlar naboriga ega bo’lmasligi uning sistemaga ruxsatsiz ta’sirlariga to’siq bo’la olmaydi. Bunga misol qilib, 1999-yil yanvarda internetda paydo bo’lgan tekin tarqatiluvchi Screen saver (заставка, ekranda hosil bo’ladigan har xil tasvirlar) ni olish mumkin, u kompyuterda DES algoritmi asosidagi shifrlovchi programmani qidirishni amalga oshiradi va agar uni topsa, shifrlash kalitlarining almashinish jarayonini nazorat qilib, bu kalitlarni elektron pochta orqali Xitoydagi anonim-serverga uzatadi. Undan himoyalanishning radikal uslubi – bu programmani ijro etishda berk muhitni tashkil etishdir. Ayniqsa tashqi internet va ichki tarmoqlarni lokal protokollar sathida bir-biridan ajratish (agarda bu jarayon fizik satxda amalga oshirilsa yanada yaxshi bo’lardi) lozim. Shuningdek, imtiyozli va imtiyozsiz foydalnuvchilar turli ko’rinishdagi, individual ravishda saqlanishi va himoyalanishi shart bo’lgan programmalar bilan ishlagani ma’qul. Bu tadbirlardan foydalangan holdagina «troya tulpori» kabi programmalarning qabul qilinishi kamayadi. Qurt virusi. Viruslardan farqli ravishda o’z nusxasini axborot eltuvchida qoldirmaydigan, tarmoq orqali tarqaluvchi programmalar. Ushbu virus tarmoqning biror zararlangan uzelini aniqlash mexanizmidan foydalangan holda, o’zining tanasi yoki biror qismini ushbu uzelga uzatadi hamda shu paytning o’zida ishga tushadi yoki biror payt poylab ishga tushadi. Bunday turdagi viruslarning eng mashxuri – «Morris qurti» bo’lib, 1988 yilda Internet xalqaro tarmog’iga katta zarar etkazgan. Download 53.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling