Referat mavzu: viruslar va antivirus dasturlari bajardi: Amonov Ramiz toshkent 2023 reja
Download 53.06 Kb.
|
Amonov.R Referat Viruslar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Chuvalchang-lukmalar
- Talaba
- Polimorfik-ajina-mutantlar
- I LOVE YOU
Hamjihat-yo’ldoshlar virusi. U fayllarni o’zgartirmaydigan viruslar turiga kiradi. Bu viruslar EXE kengaytmali fayllardan qo’shimcha nusxa olib, bu nusxani .som yoki .bat kengaytmali fayl qilib yozib qo’yadi. Bunday faylga murojaat etilganda birinchi .som yoki .bat kengaytmali fayl ishga tushadi so’ngra esa virus .exe kengaytmalisini ishga tushurib yuboradi.
Chuvalchang-lukmalar virusi. Bu viruslar kompyuter setlariga tarqaydi, fayl va disk sektorlarini o’zgartirmaydi. Ular kompyuter seti orqali xotiraga kiradi. Boshka viruslar adreslarini topib ularga o’z nusxalarini yozib qo’yadi. Bunday viruslar ba’zida fayllar tuzadi, lekin umuman kompyuter resurslariga murojaat qilmaydi. Talaba viruslari. Juda ko’p xatoliklar keltirib chiqaruvchi hisoblanadi. Ular har-xil harflarni paydo qilishi ko’zda tutiladi. Ko’rinmas Stels virusi. O’zining imkoniyatidan kelib chiqib operativ sistemada fayllarni zararlantirib o’z o’rniga boshqa ma’lumotlarni qo’yib qochib qoladi. Bu viruslar AVP (antivirus programmalari) ni aldab ketadi. Polimorfik-ajina-mutantlar virusi. Yetarlicha tutish qiyin bo’lgan viruslar hisoblanadi. Ular aniq bir joyda turmaydi (ko’chib yuradi). Ko’p hollarda polimorfik viruslar o’zining bir xil nusxasiga ega bulmaydi. Makro viruslari. Asosan ma’lumotlarni qayta ishlashga to’sqinlik qiladi va matn muharrirlariga zarar yetkazadi. Xozirgi vaqtda Microsoft Word, Excel va Access muharrirlarida tayyorlangan hujjatlarda ko’plab uchrab turadi. I LOVE YOU virusi. Ushbu virus 2000-yilda Ispaniyada eng yirik Telefonika uyali aloqa tarmog’ida bu virus tarqaldi. Bu virus mobil telefonlar uchun mo’ljallangan bo’lib, matnli ma’lumotni uzatadi. U telefonni buzmaydi, ammo aloqani qiyinlashtiradi. Bu virus dunyo bo’ylab tarqalishiga yo’l qo’yilmadi, ammo Handheld asboblar deb ataluvchi portativ kompyuterlar tarmog’ini zararlantiruvchi yangi turdagi viruslarni yaratish uchun asos bo’ldi. Internet ma’lumotlar almashinishiga katta imkoniyat yaratadi. Lekin, kompyuter viruslari va zararli dasturlar tarkalishi uchun yaxshi muhit ham yaratadi. Albatta Internetdan olingan barcha ma’lumotlarda virus bor deb bo’lmaydi. Kompyuterda ishlovchi ko’pchilik mutaxassislar va operatorlar qabul qilinadigan ma’lumotlarni viruslardan tekshirishni doimo bajaradi. Internetda ishlayotgan har bir kishi uchun yaxshi antivirus ximoya zarur. «Kasperskiy laboratoriyasi» texnik ta’minot xizmati statistikasiga ko’ra, viruslardan zararlangan holatlarning 85% i elektron pochta orqali sodir bo’lgan. 1999 yilga nisbatan xozirgi kunda bu ko’rsatkich 70% ni tashkil etadi. «Kasperskiy laboratoriyasi» elektron pochtalarga yaxshi antivirus ximoyasi kerakligini ta’kidlaydi. Zararlangan kompyuterda eng muhimi virusni aniqlash. Buning uchun virusni asosiy belgilarini bilish kerak: 1. Funksional dasturlarni ishini to’xtatish yoki noto’g’ri ishlashi; 2. Kompyuterni sekin ishlashi; 3. OS ni yuklanmasligi; 4. Fayl va kataloglarni yo’qolishi yoki ulardagi ma’lumotlarni buzilishi; 5. Fayllar modifikatsiyasining sana va vaktining o’zgarishi; 6. Fayl xajmining o’zgarishi; 7. Diskdagi fayllar miqdorining keskin ko’payishi; 8. Bo’sh operativ xotira hajmining keskin kamayishi; 9. Kutilmagan ma’lumotlar va tasvirlarning ekranga chiqishi; 10.Kutilmagan tovushlarning paydo bo’lishi; 11 .Kompyuterning tez-tez osilib qolishi. Virusga qarshi kurashning bir tomoni sifatida Hozirgi paytda virusga qarshi programmalar sistemasi ishlab chiqilmoqda. Ularning ko’pchiligi mos tibbiy atamalar: «Vakstina», «Antitoksin», «Interferon» va hokazo atamalar bilan atalmoqda. Umuman olganda virusga qarshi programmalarni 3 guruhga ajratish mumkin: 1. Filtlovchi programmalar;2. Virus detektorlar (virus ushlovchilar, revizor programmalar, infeksiyaga qarshi programmalar); 3. Fag programmalar. Filtrlovchi programmalar – zaxarlanishni bartaraf etish uchun ishlab chiqilgan programmalar. Ular kompyuter xotirasiga joylashib olib virusning urinishlarini va signallarini kuzatib, olib borayotgan ishlarini nazorat qiladi. Virus detektorlar – sistema holatining foto tasvirini olib, uni doimiy ish faoliyati holati bilan taqqoslab turadi. Agarda biror o’zgarish sodir bo’lsa, xavf to’g’risidagi signalini beradi. Boshqa revizor programmalar matematik formulalar yordamida programma va ma’lumotlar butunligini aniqlab beruvchi nazorat kodlari yig’indisini hisoblashga asoslanadi. Fag programmalar – oddiy viruslarni topib, ildizini yo’qotishga o’rgatilgan programmalar. Ular ko’proq eski viruslarni topib yo’qotishga qulaydir. Har bir turdagi virusning zararli harakatlari juda xilma-xil bo'lishi mumkin. Bunga muhim fayllarni yoki hatto "прошивка" BIOS-ni o'chirish va shaxsiy ma'lumotlarni, masalan, parollarni ma'lum bir manzilga o'tkazish, ruxsatsiz pochta jo'natmalari va ba'zi saytlarga hujumlarni tashkil etish kiradi. Shuningdek, mobil telefon orqali pulli raqamlarga qo'ng'iroq qilishni boshlash mumkin. Yaxshiyamki, bu muammolarning barchasi bilan muvaffaqiyatli kurashish mumkin va bu kurashda asosiy qurol, albatta, antivirus dasturlari hisoblanadi. Kasperskiy antivirusi. "Kasperskiy Anti-Virus" Rossiyada ushbu turdagi eng mashhur mahsulotdir va "Kasperskiy" Касперский Евгений Валентинович familiyasi nomiga qo’yilgan bo’lib antivirus dasturi zararli kodlarga qarshi kurashuvchining sinonimiga aylandi. Xuddi shu nomdagi laboratoriya nafaqat o'zining xavfsizlik dasturiy ta'minotining yangi versiyalarini doimiy ravishda chiqaradi, balki kompyuter foydalanuvchilari o'rtasida o'quv ishlarini ham olib boradi. Kasperskiy Anti-Virusning so'nggi versiyalarida, oldingi nashrlar kabi, barcha kerakli yordamchi dasturlarni bir oynada birlashtirgan sodda va shaffof interfeysga ega. O'rnatish ustasi va intuitiv menyu opsiyalari bilan hatto tajribasiz foydalanuvchi ham ushbu mahsulotni sozlashi mumkin. Amaldagi algoritmlarning kuchi mutaxassislarni ham qoniqtiradi. Aniqlangan viruslarning har birining batafsil tavsifini to'g'ridan-to'g'ri dasturdan internetdagi tegishli sahifaga borish orqali topish mumkin. NOD32 – Kasperskyga nisbatan tez ishga tushadi va tizimga yuklamasi har daqiqa kamayib boradi, yangilanish olib turganda foydalanuvchi deyarli sezmaydi, turli xato yoki shu kabi holatlarda esa soddagina yozuvlarni aks etadi. Kasperskyda esa aksincha, foydalanuvchi qancha ko'p fayllarni ochsa shuncha tizimni og'irlashtiradi, agarda biror bir xato yuzaga kelsa yoki kompyuter internetga ulanmagan bo'lsa – "voxima" solishni boshlaydi. Qidiruv tizimiga kelsak, ESET – Kasperskyga qaraganda tez qidiradi, lekin samarasi jihatidan nisbatan past hisoblanadi. Kaspersky juda uzoq vaqt tekshiradi, lekin nisbatan ko'proq xatarli fayllarni topadi. Shunga yarasha tizim yuklanadi va qotadi. ESET da tashqi portlarni (fleshka portlari, diskovod) bloklash imkoniyati mavjud, qo'shimchasiga yangi versiyalarni tarmoqni ko'proq nazorat qilish imkonini beradi. Kasperskyda esa tizimni qayta tiklash, bulutli himoya va shu kabi noodatiy imkoniyati mavjud. D r. Veb. Kasperskiy antivirusi bilan mashhurlikda raqobatlashadigan yana bir mashhur rus antivirusi bu Dr. Veb. Uning sinov versiyasi qiziqarli xususiyatga ega: u internet orqali majburiy ro'yxatdan o'tishni talab qiladi. Bir tomondan, bu juda yaxshi - ro'yxatdan o'tgandan so'ng darhol antivirus ma'lumotlar bazalari yangilanadi va foydalanuvchi so'nggi imzo ma'lumotlarini oladi. Boshqa tomondan, sinov versiyasini avtonom tarzda o'rnatish mumkin emas va tajriba ko'rsatganidek, beqaror ulanish bilan muammolar muqarrar. Yuqoridagilardan tashqari yana ko’p tarqalgan antiviruslar deb “DrWeb for DOS, DrWeb for Windows, Antiviral Tool Kit Pro, AVP Platinium, Norton Antivirus, McAfee, Aidstest” larni aytishimiz mumin. Bundan tashqari ham viruslar ko’p bo’lganiga parallel ravishda antiviruslarni ham ko’plab turlari mavjud. Kompyuterni viruslardan himoya qilish choralarini ko’rishdan oldin viruslarni qanday qilib qurilmaga kirib kelishini asosiylarini sanab o’taylik 1. noma'lum disketadagi ma'lumotlarni o'qish natijasida (hujjat, o'yin va boshqalar); 2. internet tarmog'idan ba'zi xil dasturlarni yuklash natijasida; 3. elektron-pochta orqali; 4. lokal tarmoq orqali; 5. noqonuniy ko'chirilgan va tarqatilayotgan dasturlardan foydalanish oqibatida; Kompyuterni viruslarga duchor qilmaslik va xavfsizlikni ta'minlash uchun quydagi qoidalarga rioya qilish tavsiya etiladi -Kompyuterni zamonaviy antivirus dasturlari bilan jihozlash, masalan, kaspersky security,Aidstest, Doctor Web va ularning versiyalarini doimiy ravishda yangilab turish. Boshqa kompyuterlarda saqlangan ma'lumotlarni HDD disklardan o'qishdan oldin, har doim kompyuterda antivirus dasturlarini ishga tushirish orqali ushbu HDD disklarda virus mavjudligini tekshirish. -Ziplangan fayllarni kompyuterga oʻtkazayotganda ularni qattiq diskda ochgandan soʻng darhol tekshirish, skanerlash maydonini faqat yangi yozilgan fayllar bilan cheklash. -Vaqti-vaqti bilan viruslarni tekshirish. - Boshqa kompyuterlarda ishlaganda, agar ular ma'lumot yozmasa, fleshka yoki dvd disklarni har doim yozishdan himoya qilish -Biz uchun qimmatli ma'lumotlarning fleshka yoki disklarida arxiv nusxalarini yaratishga ishonch hosil qilish. Kompyuterni yuklash viruslari bilan yuqtirmaslik uchun operatsion tizimni yoqish yoki qayta yuklashda disketlarni A drayverining cho'ntagida qoldirmaslik. -Kompyuter tarmoqlaridan olingan barcha bajariladigan fayllarni kirish nazorati uchun antivirus dasturlaridan foydalanish -Kaspersky security,Aidstest va Doctor Web-dan foydalanishni xavfsizroq qilish uchun uni Adinf disk auditoridan kundalik foydalanish bilan birlashtirish kerak va hokazolar Download 53.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling