Referat mavzu: viruslar va antivirus dasturlari bajardi: Amonov Ramiz toshkent 2023 reja


Download 53.06 Kb.
bet1/4
Sana18.06.2023
Hajmi53.06 Kb.
#1577995
TuriReferat
  1   2   3   4
Bog'liq
Amonov.R Referat Viruslar




REFERAT

MAVZU: VIRUSLAR VA ANTIVIRUS DASTURLARI


Bajardi: Amonov Ramiz
TOSHKENT - 2023
REJA:


I. KIRISH
II. ASOSIY QISM
1. Virus va uning turlari
2. Kompyutеr viruslaridan axborotlarga ruxsatsiz kirish va ulardan foydalanishni tashkil etish
3. Antivirus dasturlari
4. Viruslarga qarshi chora-tadbirlar
III. XULOSA
IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


I. KIRISH
Kompyuter viruslari bugungi kunda ko'pchilikning eng dolzarb muammosidir. Bu hammani tashvishga solmoqda. Bu mavzuga o’nlab kitoblar va yuzlab maqolalar yozilgan. Kompyuter viruslariga qarshi minglab professional mutaxassislar ko’plab kompaniyalarda ish olib borishmoqda. Bu mavzu juda dolzarb va muhimki ko’p e’tiborni talab qilmokda. Viruslar ko’plab tashkilot va kompaniyalarni ishlarini buzishga olib kelganligi ma’lum. Shunday ma’lumotlar mavjudki, Niderlandiya gospitallaridan birida bemorga kompyuter kuygan tashxis buyicha iste’mol qilingan dori oqibatida bemor olamdan o’tgan. Bu kompyuter virusining ishi bulgan.
Hozirgi paytda butun dunyo buyicha 200000 dan ortiq virus dasturlari mavjud. Ular kompyuter viruslari bo'lib, kompyuterdagi ma'lumotlarga zarar etkazadi yoki kompyuterning ishlash samaradorligini tushirib yuboradi.
Zamonaviy antivirus dasturiy vositalari muammosi xuddi "Hujum quroli - himoya quroli" muammosiga o'xshaydi. Himoya vositalari ko'paygan sari hujum vositalari ham takomillashib, uni yaratuvchilari rag'batlantirilmoqda. Nachora, hayot shunday kurashdan iborat. Shuning uchun aytish darkorki, kompyuter viruslari hali ko'p vaqt dolzarb muammo bo'lib qolaveradi, har ikki tomon ham rivojlana boraveradi.
E’tiborsizlik bilan qilingan ishdan kompyuter tezda virus bilan zararlanadi. Inson kasallik virusi bilan zararlansa issiqligi o’zgarishi, vazni o’zgarishi, xolsizlanish va og’riqning paydo bulishi kuzda tutiladi. Kompyuter virusi bilan zararlangan kompyuterlarda quyidagilar kuzatiladi: dasturlarning ishlashining sekinlashishi, fayllar xajmi uzgaradi, gayritabiiy va ba’zi bir noma’lum xatoliklar, ma’lumotlar va sistema fayllari yo’qotilishi. Ba’zi viruslar zararsiz ko’payadi, lekin qo’rqinchli emas. Bu viruslar ekranga xato ma’lumot chiqaradi. Ammo, bir turdagi viruslar xujum qiluvchi, ya’ni, yomon asoratlar qoldiruvchi hisoblanadi. Masalan, viruslar qattiq diskdagi ma’lumotlarni ham o’chirib tashlaydi.
II. ASOSIY QISM
Kompyuter virusi o'zi nima? Ular ma'naviy qashshoq, hayotdan va boshqalardan alamzada dasturchilar tomonidan yoki aniq bir g’arazli maqsadlar uchun yozilgan dastur. Ular odatda, ko'p martalab nusxalanadi va ijrochi fayllarga yopishib oladi. Ularning ishga tushishi oqibatida goh displeyda turli yot yozuvlar paydo bo'lishi, goh diskdagi yozuvlar (fayllar) ni o'chirib yuborishi mumkin. Virus dasturi kompyuterdagi ma'lumotlar butunligini buzishga yoki ularni o'chirishga mo'ljallangan bo'ladi. Ilk bor virus dasturlari AQShda ishlab chiqarilgan, chunki aynan bu davlatda shaxsiy kompyuterlar keng tarqalgan edi. Ilk bor ishlab chiqarilgan virus dasturlari foydalanuvchini hotirjamligini buzishga va asabiga tegishga qaratilgan edi. Lekin keyinchalik ular zarar yetkazishni o'zining maqsadi sifatida qabul qilib oldi.
Kompyuter viruslarini ishlash tartibi taxminan quyidagicha bo’ladi: Birinchi buyruq «kuchirish-nusxa olish» bo’lsa, kompyuter buni bajaradi va virus boshqa dasturlarga o’tib oladi. Agar kompyuter biror zararlangan dasturni ishga tushursa virus boshka dasturlarga tarkalib borib butun kompyuterni egallashi mumkin.
Agar bir dona virusning ko’payishiga 30 sekund vaqt ketsa, bir soatdan keyin bu 1000000000 dan ortib ketishi mumkin. Aniqrog’i kompyuter xotirasidagi bo’sh joylarni band qilishi mumkin. Shunga o’xshash voqea 1988 yili Amerikada sodir bo’lgan. Global set orqali uzatilayotgan axborot orqali virus bir kompyuterdan boshqasiga o’tib yurgan. Bu virus Morris qurti virusi deb atalgan.

Biologik viruslardan farqli o’larok, kompyuter viruslarini inson tomonidan tuziladi. Viruslar kompyuter foydalanuvchilariga katta zarar yetkazadi. Ular kompyuter ishini to’xtatadi yoki qattiq diskdagi ma’lumotlarni o’chiradi. Virus sistemaga bir necha yo’llar bilan tushishi mumkin: disketalar, dasturiy ta’minot yuklangan CD-ROM, tarmoқ interfeysi yoki modemli boglanish, global internet tarmog’idagi elektron pochta va hokazolar
Mashhur viruslardan yana ba’zi birlarini sanab o’tamoqchiman:

Download 53.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling