Referat mavzu: xulosa chiqarishning umumiy mantiqiy tavsifi, mohiyati va strukturasi. Bajardi: Qabul qildi: Toshkent 2020 Reja
III figuraning to`g`ri moduslari oltita
Download 74.56 Kb.
|
Referat mavzu xulosa chiqarishning umumiy mantiqiy tavsifi, moh
- Bu sahifa navigatsiya:
- IV figuraning beshta to’g’ri modusi mavjud: AAI, AEE, IAI, EAO, EIO.
III figuraning to`g`ri moduslari oltita:
AAI, AII, IAI, EAO, EIO, OAO. AAI-Darapti modusi. AAII-datisi modusi. IAI-Disamis modusi. EAO-Felapton modusi. EIO-ferison modusi OAO-Bokardo modusi. Oddiy qat’iy sillogizmning IV figurasi quyidagi maxsus qoidalarga ega: 1.Asoslarning biri inkor hukm bo’lsa, kattaasos umumiy hukm bo’ladi. 2.katta asos tasdiq hukm bo’lsa, kichik asos umumiy hukm bo'ladi. IV figuraning beshta to’g’ri modusi mavjud: AAI, AEE, IAI, EAO, EIO. AAI- Bramalip modusi. AEE-camenes modusi. IAI-Dimaris modusi. EAO-Fesapo modusi. EIO-fresison modusi. Nomukammal sillogizmlarni mukammal sillogizm ko’rinishiga keltirish. Aretoteldan boshlab barcha mantiqshunoslar sillogizmning I figurasi va uning moduslarigakatta e’tobor berganlar. Ular I figurani mukammal, deb bilganlar, uning xulosalarini aniq va yaqqol, deb hisoblaganlar. Sillogizmning boshqa figuralarini nomukammal deb,ularning xulosalarini chin ekanligini aniqlash uchun I figuraga keltirisgh zarur, deb hisoblaganlar. Bu mantiqiy amal bajarilganda moduslarning nomiga e’tibor beriladi: 1.Modusning nomida “s” harfi bo’lsa, undan avval keluvchi unli harf orqali ifodalanadigan hukm to’liq almashtirilishi shart (conversio simplex). 2.Modusning nomida “p” harfi bo’lsa, undan avval keluvchi unli harf orqali ifodalanadigan hukm qisman almashtiriladi (per accidens). 3.Modusning nomida “m” harfi bo’lsa, unda sillogizm asoslarining o’rnini almashtirish (metathesis yoki mutatio pramissarum) zarur. 4. Moduslarning bosh harflari (Bo'ladi, C, D, F) ularni I figuraning qaysi modusiga keltirilishini ifodalaydi. II va IV figuralarning Cesare, camestres va camenes moduslari I figuraning celarent modusiga keltiriladi. II figuraning darapti, Disamis moduslarini q figuraning dariii modusiga, Fresission ni 1 figuraning ferio modusiga keltiriladi. 5.Modusning nomidagi “k” harfi shu modusningI figura moduslaridan birortasi orqali alohida usul vositasida isbotlanishi bildiradi. Bu usul reductio adabsurdum deb ataladi. Endi bu qoidalarga asoslangan holda bir necha misollarni ko’rib chiqamiz: II figuraning cesare modusi I figuraning Celarent modusiga keltiriladi (4-qoida). 1-qoidaga ko’ra II figuraning katta asosi to’liq almashtiriladi. II figura Cesare. I figura Celarent. E. hech bir P-M emas. E. Hech bir M-P emas. A. hamma S-M A. Hamma S-M _________________ ____________________ E. hech bir S-P emas. E. Hech bir S-P emas. Shakllarni taqqoslash katta asosni to’liq almashtirish orqali II figuraning I figuraga keltirilganligini ko’rsatadi. Sillogistik xulosa chiqarishda keng tarqalgan xatolar. I figura bo’yicha kichik asos inkor hukm bo’lganda hosil qilingan xulosa noaniq (ko’pincha xato) bo'ladi. Masalan: Hamma o’qituvchilar pedagogdir. Bu ayol o’qituvchi emas. __________________________ Bu ayol pedagog emas. II figurada xulosa asoslarining har ikkalasi tasdiq hukm bo’lganda hosil qilingan xulosa noaniq (ko’pincha xato) bo'ladi. Hamma o’qituvchilar pedagogdir. Bu ayol-pedagog. __________________________ Bu ayol o’qituvchi. Faqat o’qituvchilargina pedagog bo’lmaydi, shuning uchun har ikkala xulosa noaniqdir. Download 74.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling