Referat mavzu: Yosh va pedagogik psixologiya fanining tadqiqot sohasi va muammolari. Psixik rivojlanish va uni davrlashtirish muammosi
Download 29.15 Kb.
|
referat
“Qo`qon davlat pedagogika’’ Instituti “Pedagogika va psixologiya’’ Fakulteti Logopediya yo`nalishi “Umumiy psixologiya” Fanidan REFERAT
Mavzu: Yosh va pedagogik psixologiya fanining tadqiqot sohasi va muammolari. Psixik rivojlanish va uni davrlashtirish muammosi. Tayorladi:Ortiqova Ruxshona Reja: Yosh davrlari va pedagogik psixologiya fanining predmeti va vazifalari. Yosh davrlari psixologiyasi va pedagogik psixologiyaning tadqiqot metodlari. Jahon psixologlari asarlarida yosh davrlari muammosi. Yosh davrlari psixologiyasi va pedagogik psixologiya fanlari mushtarak, bir-biriga uzviy bogliqdir, chunki ularning har ikkisi, bitta umumiy jarayonni – ulg’ayib borayotgan insonning psixik faoliyati hamda uning xulq-atvorini tadqiq etadi. Biroq, shunday bo’lsa-da, bu ikki fan psixologiya ilmining mustaqil sohalari hisoblanib, ularning har biri o’z predmeti va tadqiqot vazifalariga egadir. Ontogenez ~ (yunoncha optos-mavjud, jon,zot; genezis- kelib chiqish, paydo bo’lish) - individning paydo bo’lishidan, umrining oxirigacha psixik rivojlanish jarayoni. Yosh davrlari psixologiyasi ontogenezdagi turli yosh davrlari psixik taraqqiyotining umumiy qonuniyatlarini, psixik rivojlanishini hamda psixologik xususiyatlarini o’rganadi. Yoshning ulg’ayib borishi, psixik jarayonlarning inson rivojlanishidagi qonuniyatlari, undagi yetakchi omillar hamda inson hayot yo’lining turli bosqichlarida uning shaxsiga xos xususiyatlar - yosh davrlari psixologiyasi fanining tadqiqot predmeti qisoblanadi. Ma'lumki, shaxs tarkib topish jarayonining psixologik qonuniyatlarini, uning ilmiy asoslarini mukammal bilmay turib, ta'lim va tarbiyaning nazariy hamda amaliy masalalarini muvaffaqiyatli hal etib bo’lmaydi. Yosh davrlari psixologiyasi fani bu borada ham o’z-o’ziga tegishli masalalarni tor eksperimental ravishda o’rganish bilangina cheklanib qolmay, balki o’z muammolarini inson hayoti va faoliyatining tabiiy sharoitlarida, bolaga beriladigan ta'lim va tarbiyaning mazmun va mohiyatidan kelib chiqqan holda o’rgansa, yanada muvaffaqiyatli rivojlanishi, tabiiydir. Tabiat va jamiyatning qonunlari singari kamol topayotgan inson shaxsi rivojlanishining ham o’ziga xos qonunlari mavjud. Bu qonunlar yosh davrlari psixologiyasi fanining turli tarmoqlarida o’rganiladi, chunonchi: bolalar psixologiyasi, kichik maktab yoshidagi o’quvchilar psixologiyasi, o’smirlar psixologiyasi, o’spirinlar psixologiyasi, katta yoshdagi kishilar psixologiyasi va qariyalar (gerontopsixologiya) psixologiyasi kabi sohalardir. Yosh davrlari psixologiyasi fanining nazariy vazifalari shaxsning kamol topishi qonuniyatlari va turli yosh davrdagi odamlarda namoyon bo’ladigan psixik faoliyat, holat va shart-sharoitlarining o’zaro ta'siri xususiyatlarini o’rganishdan iboratdir. Shuningdek, "Pedagogik-psixologiya" ta'lim va tarbiya jarayonining tashkilotchisi bo’lgan - o’qituvchi shaxsini, uning pedagogik faoliyat xususiyatlarini ham o’rganadi. Bunda o’qituvchining ta'lim-tarbiya ishlaridagi yutuqlarni ta'minlovchi sifatlariga urg’u berish bilan birga, uning bilim, ko’nikma, malaka va qobiliyatlarining tarkib topishi hamda taraqqiyotining psixologik jarayonlari aniqlanadi. Yosh davrlari psixologiyasi ham pedagogik psixologiya singari umumiy psixologik qonuniyatlarni yoritib beradigan, psixik jarayonlarni, holatlarni va shaxsning individual psixologik xususiyatlarini o’rganadigan umumiy psixologiyaga asoslanadi. Shu bois, yosh davrlari psixologiyasi va pedagogik psixologiya fanini o’rganish qam nazariy, qam amaliy aqamiyatga ega bo’lib, u boshqa fanlar singari taraqqiyotning umumiy tamoyillariga: oliy nerv faoliyati va psixofiziologiya qonunlariga, bu soqada to’plangan ilmiy ma'lumotlarga tayanib, inson psixikasining kechishi, rivojlanishi, o’zgarishi yuzasidan bahs yuritadi. Download 29.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling