Referat mavzu: Yosh va pedagogik psixologiya fanining tadqiqot sohasi va muammolari. Psixik rivojlanish va uni davrlashtirish muammosi


Download 29.15 Kb.
bet2/3
Sana01.04.2023
Hajmi29.15 Kb.
#1317801
TuriReferat
1   2   3
Bog'liq
referat

Pedagogik psixologiya esa ta’lim va tarbiyaning psixologik qonuniyatlarini o‘rganadi. O‘quvchining bilish faoliyati va ularning aqliy rivojlanishi bilishning muloqotga kirishishi va mehnatining ongli sub’ektlari sifatida shakllanib borishi pedagogik psixologiyaning predmeti hisoblanadi.
Bo‘lajak o‘qituvchilar uchun mazkur kurs bo‘yicha olinadigan bilimlar juda muhim ahamiyatga ega. O‘qituvchi o‘z faoliyatida yosh psixologiya ma’lumotlarini qo‘llay olish kerak.
Yosh davr psixologiyasi fanini o‘rganish ham nazariy, ham amaliy ahamiyatga ega. Bu ham biologik va genetika, meditsina, sotsiologiya kabi fanlar bilan o’zviy aloqada rivojlanadi. Yosh davr va pedagogik psixologiya fani dialektikaning prinsiplariga oliy nerv faoliyati qonunlariga, diferensiyaning psixofiziologiyasi qonunlariga psixologlar to‘plagan materiallarga tayanib, inson psixikasi rivojlanishi, ma’lum bir Yosh davrda uning kechishi, o‘zgarishi yo’zasidan baho yuritadi.
O‘z navbatida bolaning psixik rivojlanishidagi barcha bosqichlarda o‘quv tarbiya jarayonining samaradorligini oshirishda pedagogik psixologiya to‘laqonli javob beradi.
Har bir Yosh davrning psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda tarbiyaviy ta’sir o‘tkazish insonda o‘z vaqtida o‘zini anglashni vujudga keltiradi. Bolada o‘zini anglash tuyg‘usi qancha erta uyg‘onsa shaxsiy nuqtai nazar, o‘z huquqini his etish, o‘zining aqliy va jismoniy imkoniyatlarini baholash shunchalik tez paydo bo‘ladi. Xuddi shu asnoda injiqlik, o‘jarlik va qaysarlik kabi illatlar tarkib topishiga ruhiy to‘siq vujudga keladi. Shaxslararo munosabatdagi qarama-qarshilik, inqiroz rivojlanish qonunlariga loqayd qarashning oqibatidir.

2. Yosh davrlari psixologiyasi va pedagogik psixologiyaning tadqiqot metodlari.
Tadqiqot metodlarining birinchi - tashkiliy guruhi o‘z ichiga qiyoslash, longityud (o’zluksiz), kompleks (ko‘pyoqlama) deb atalgan turlarni oladi. Qiyoslash metodidan umumiy psixologiya, sotsial psixologiya (katta yoki kichik guruhlarni hamda ularning har xil toifalarini o‘zaro taqqoslash), meditsina psixologiyasi (sog‘lom va bemor kishilarning psixik xususiyatlariga qiyoslash), sport psixologiyasi (sportchilarning holati, o’quvliligi va ishchanligini o‘zaro taqqoslash) kabi fanlarda unumli foydalaniladi.
a) Yosh davri psixologiyasida esa qiyoslash metodi turli Yoshdagi olamlarning bilish jarayonlari, shaxs xususiyatlari, bilimlarni o‘zlashtirishi, aqliy qobiliyati, salohiyati, rivojlanish dinamikasi, jinslarning tafovutlari va o‘zaro xosligi kabilarni o‘rganishda qo‘llanadi. Psixologlardan L.S.Vigostkiy, P.P.Blonskiy, A.A.Smirnov, B.G.Ananev, D.B.Elkonin, P.YA.Galperin va ularning shogirdlari olib borgan tadqiqotlar (chaqaloqlik, go‘daklik, ilk bolalik, kichik maktab Yoshi, o‘smirlik, o‘spirinlik Yosh davrlarini o‘zaro solishtirish) shu metoddan foydalanib amalga oshirilgan.
b) Yosh davr psixologiyasida qiyoslash metodi bilan bir davrda longityud (o’zluksiz) metodi ham qo‘llaniladi. Uning boshqa metodlardan farqi bir yoki bir necha sinaluvchilar o‘zaro uzoq muddat, hatto, o‘n yillab tekshirilishidir. Logityud psixologlardan nemis SH.Shtern, franso’z psixologlari R.Zazzo, rus psixologlari N.AMenchinskaya, A.N.Gvozdev, I.S.Leytis, V.S.Mo’zxina va boshqalar ko‘p yillardan beri foydalanmoqdalar.
Mazkur metod orqali bir xil jinsli (Xasan-Xusan, Fotima-Zuxra) yoki aralash jinsli (Hasan-Zuhra, Fotima-Xusan) egizaklar ko’zatilgan. SHuning uchun qator tadqiqotlarning “ona kundaligi” (N.A.Menchinskaya, V.S. Muxina) deb nomlanishi bejiz emas. Uzoq vaqt bir shaxsni (kichik guruhni) ko’zatish unda paydo bo‘layotgan yangi fazilatlarning rivojlanish dinamikasini, xulq-atvoridagi illatlarni (xatti-xarakat) va ularning oldini olish tadbirlarini, murakkab psixologik munosabatlarni, ichki bog‘lanish qonuniyatlari, mexanizmi to‘g‘risida mukammal, ishonchli, barqaror, ma’lumotlar to‘plash imkonini yaratadi.
Kompleks dastur yordamida amalga oshirilgan tadqiqot natijasi ilmiy ahamiyatga molik bo‘lib, insonshunoslik muammolarini xal qilishda katta yordam beradi.
Ilmiy tadqiqot metodlarining ikkinchi guruhi emperik metodlardan iborat bo‘lib, bu guruhda ko’zatish (o‘zini o‘zi ko’zatish), eksperiment (tabiiy, laboratoriya), test, anketa, so‘rov, sotsiometriya, suhbat qilish, tarjimai hol (shaxsiy guvohnoma, hujjat, turmush faoliyati voqealarini tahlil qilish) kabilar kiradi va ular sinash, tekshirish, diagnoz (aniqlash) va prognoz (oldindan belgilash) vazifalarini bajaradi. Insonda tug‘ilganidan umrining oxirigacha sodir bo‘ladigan psixologik o‘zgarishlarni chuqurroq va obektivroq tadqiq qilish uchun empirik metodlardan navbati bilan foydalanish yaxshi natija beradi.
Ilmiy tadqiqot metodlarining uchinchi guruhi natijalarni qayta ishlashga mo‘ljallangan bo‘lib, ular statistik (miqdor) va psixologik (sifat) tahlil turlariga bo‘linadi. Psixologik-pedagogik tadqiqotda ko‘pincha quyidagi statistik metodlardan foydalaniladi.
To‘plangan miqdorlarni ishlab chiqishda mana bu formulalarni qo‘llash mumkin:


  1. formulasi o‘rtacha arifmetik qiymatni topish uchun

ishlatiladi. M – yig‘indi, v – variatsion miqdor, n – sinaluvchilar yoki ob’ektlarning sonog‘ini bildiradi.







  1. formulasi son qatoridagi o‘rta kvadrat og‘ishni

h isoblashda yoki standart og‘ishni aniqlashda ishlatiladi. -kvadratlik og‘ish, S-dispersiya, “n” - miqdor.

3 . - son qatoridagi miqdorlar tarqoqligini aniqlash formulasi. U ba’zan “S” - dispersiya deb ham ataladi.

Ilmiy tadqiqot metodlarining to‘rtinchi sharxlash guruhi genetik, va donalash metodlaridan iboratdir. Genetik metod bilan tadqiqot davomida to‘plangan ma’lumotlar yaxlit holda maqsadga muvofiq yo‘sinda sharhlanadi. Bu metoddan foydalanishning asosiy maqsadi – sinaluchida vujudga kelayotgan yangi shaxs fazilatlarining rivojlanishi va bilish jarayonlarining o‘zgarishiga tajriba natijasiga suyanib ta’rif berishdir. SHuningdek, bunda mazkur fazilat xususiyatlarning namoyon bo‘lish davri, bosqichi hamda ba’zi mashaqqatli daqiqalarga, paytlarga qo‘shimcha sharhlar berish imkoniyati tug‘iladi.


Genetik metodga asoslanib o‘zgarishlar bilan rivojlanish bosqichining bevosita bog‘liqligining ildizi aniqlanadi. Tanlash metodi bilan tadqiqot ob’ektiga kirgan shaxs psixikasining barcha o‘zgarishlar, o‘ziga xoslik, o‘zaro aloqa, o‘zaro ta’sir va uyg‘unlikning o‘zaro bog‘lanishlari o‘rganiladi.

Download 29.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling